Rauf Mamedsaatov

Rauf 2023-yil dekabr oyida Beeline Uzbekistan ichki audit xizmati rahbari lavozimini egallagan.
U o‘z mehnat yo‘lini 2006-yilda Deloitte xalqaro audit va konsalting kompaniyasida boshlagan. Faoliyati davomida Rauf “Deloitte CIS”da auditorlik bo‘yicha direktor lavozimiga ko‘tarildi. Keyin u faoliyatini Deloitte Global Office kompaniyasida audit direktori sifatida davom ettirdi.
Beeline Uzbekistan kompaniyasiga kelishdan avval Rauf “Asian-Pacific Banki”da bosh auditor lavozimida ishlagan hamda u yerda ichki audit funksiyasini isloh qilish va boshqarish uchun mas’ul bo‘lgan.
Rauf, G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetini tamomlagan hamda ACCA moliya va buxgalteriya sohasidagi global professional assotsiatsiyasining a’zosi hisoblanadi.