
Oleg Mishchenko
Ichki audit bo’limi boshlig’i
Oleg “Beeline Uzbekistan”ga 2020-yilning noyabr oyida qo‘shildi.
Auditorlik sohasidagi faoliyatini 2004- yilda boshlagan. U Coca-Cola, Metinvest Holding, Comfy Trade, FERREXPO GROUP, KERNEL TRADE, “Reforms Delivery Office” kabi yirik kompaniyalarda faoliyat yuritgan.
2011 yildan buyon boshqaruv lavozimlaridagi ish tajribasi iqtisodiyotning turli tarmoqlarida, jumladan, telekommunikatsiya, konchilik, metallurgiya, agrobiznes, elektron tijoratda noldan ichki audit funksiyalarini yaratgan. Uzoq vaqt davomida u xalqaro loyihada katta dastur menejeri sifatida ishlagan.
Oleg INSEAD (Fransiya/Singapur/BAA) biznes maktabining Executive MBA darajasiga ega, Taras Shevchenko nomidagi Kiyev Milliy universitetining Xalqaro munosabatlar institutini imtiyozli diplom bilan tamomlagan, magistr darajasiga ega.
Kasbiy yutuqlar ro’yhatigaga FCCA a’zoligi, ichki auditor (CIA) va firibgarlikni tergovchi mutaxassis (CFE) sifatidagi sertifikatlari kiradi.