Andrzej Malinowski

Andrzej Malinowski

Bosh direktor

Andrzej Malinowski kompaniya direktorlar kengashining 2021 yil 23-apreldagi qaroriga asosan “UNITEL” MChJ bosh direktori etib tayinlandi.

Andrzej uzoq yillar davomida “W. Kruk S. A” (Polsha), “Unilever Polska S.A/Unilever CEE Food Division Poland”, “Schoeller Foods” (Polsha) kabi kompaniyalarning boshqaruv lavozimlarida faoliyat yuritgan.

VEON guruhiga qo’shilishidan avval, 2012-yilning iyulidan 2017-yilning mart oyigacha Andrzej Ukrainaning yetakchi internet-riteyleri “Lamoda.ua” kompaniyasining bosh direktori bo‘lgan. VEON kompaniyalar guruhida 5 yildan ortiq faoliyat yuritib kelmoqda. Andrzej Gruziyadagi “Beeline”ning bosh direktori lavozimidan “Beeline Uzbekistan”ga kelgan.

Andrzej “University Collage Galway” (Irlandiya) da biznes tadqiqotlar va “University of Wroclaw” (Polsha) da moliyaviy huquq bo‘yicha ilmiy darajaga ega.