2001 yilda Toshkent Davlat Texnika Universitetining biznes boshqaruvi sohasida bakalavriatni tamomlagan va 2004 yilda moliyaviy menejment sohasida magistr darajasini oldi.
2008 yil – Telekomda Mini MBA - Akademiyasida (Buyuk Britaniya) ta'lim oldi.
2013 yil - Markaziy Yevrosiyo yetakchilik akademiyasida (AQSh) ijro etuvchi va tashkiliy yetakchilik dasturlari, menejment, muzokaralar va biznes yo'nalishlari bo'yicha tahsil oldi.
2015 yil - Stokgolm iqtisodiyot maktabining (Shvetsiya) rahbarlar dasturi bo'yicha, biznes boshqaruvi va menejmentni tamomlagan.
Alisher o'z faoliyatini Toshkent Davlat Texnika Universitetining talabasi bo'lganida, O'zbekiston tovar xom-ashyo birjasida bosh iqtisodchi lavozimida boshlagan.
2003 yilda u British Airways kompaniyasining taklifini qabul qilib, savdo va marketing bo'yicha menejer lavozimini egalladi. 2007-2008 yillarda u Aviation Services Management (Dubay) va Air Arabia (Sharja, BAA) kabi kompaniyalarda tajriba orttirdi.
Alisher Khamidov, telekommunikatsiya sohasida o'z faoliyatini 2008 yilda, TeliaSonera QK (Ucell, Toshkent) kompaniyasida B2B savdo menejeri sifatida boshlagan. 2019 yilda muvaffaqiyatli ish tufayli kompaniyaning savdo va xizmat ko'rsatish bo'yicha bosh direktorining o'rinbosari etib tayinlangan edi.
2019 yilda muvaffaqiyatli ish tufayli kompaniyaning savdo va xizmat ko'rsatish bo'yicha bosh direktorining o'rinbosari etib tayinlangan edi.
2020 yil avgust oyidan boshlab, O'zbekistondagi Beeline jamoasiga qo'shildi va tijorat direktori lavozimini egalladi.
Oilali, ikkita qizi va o'g'li bor. U 33 yoshida tibbiyot fanlari doktori bo'lgan rafiqasi - kardiolog bilan faxrlanadi. O'zbek, rus, ingliz va turk tillarini yaxshi biladi. Sayohat va avtomobillarni yaxshi ko'radi. Xronologiyani yaxshi ko'radi (soatsozlik). Faol hayot tarzini olib boradi.