Alina Akchurina

Alina Akchurina

Komplayens bo’yicha rahbar

Alina 2020 yil mart oyida “UNITEL” MChJ komplayens bo‘limi boshlig‘i etib tayinlangan.

Alina telekommunikatsiya sohasidagi mehnat faoliyatini 2012-yilda “Uzdunrobita” MChJda (MTS O‘zbekiston) shartnomalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bosh mutaxassis sifatida boshlagan. Uning mas’uliyatiga mobil uskunalarni yetkazib berish va texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha shartnomalarni tayyorlash, bajarish va boshqarish kirgan.

U 2013-yilda “Beeline Uzbekistan”ga shartnomalarni yuritish bo‘yicha katta mutaxassis sifatida qo‘shilgan. 2018-yilda u odob-axloq va komplayens bo‘yicha menejer lavozimida ishlab komplayens dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etgan. Uning samaradorligi kompaniyaning 3 yillik Monitor auditi muvaffaqiyatli yakunlashida o’z salmoqli hissasini qo’shgan.

Moskvaning po‘lat va qotishmalar institutini “Sanoat menejmenti va boshqaruvi” mutaxassisligi bo‘yicha imtiyozli diplom bilan tamomlagan.