30 GB + 15 GB YouTube bonusi
- Ulanish narxi85 000 so'm / 30 kun
- GB barcha yo'nalishlarga30 GB / 30 kun
- GB YouTube uchun15 GB / 30 kun
Ulanish kodi *1*30#
Sizda avtomatik uzaytiriladigan internet-paketni ulash imkoniyati mavjud. Ya’ni, siz USSD-kod yordamida yoki hambi ilovasi orqali xizmatni mustaqil o‘chirmaguningizga qadar sizga har oy internet-trafik taqdim etiladi.
Avtomatik uzaytiriladigan paketning ulanish kodi *5*30#
Avtomatik uzaytiriladigan paketning o‘chirish kodi *5*0#
Abonent to‘lovi qayta yechib olinganda, barcha yo'nalishga taqdim etilgan trafik qoldig'i bir-biriga qo'shiladi va muddati uzaytiriladi, YouTube uchun trafik bo'yicha qoldiq kuyadi va yangi trafik taqdim etiladi.
Avtomatik uzaytiriladigan internet-paketni o'chirib qo'yganingizda, barcha yo'nalishga taqdim etilgan trafik qoldig'i kuymaydi va ushbu paket uchun abonent to'lovi oxirgi marta yechib olingandagi belgilangan muddatgacha foydalanishingiz mumkin bo'ladi, YouTube uchun trafik bundan mustasno. Boshqa paketdan sarflanmagan MB qoldig‘i bo‘lgan holatda, trafiklar qo‘shiladi va muddati eng kech bo‘lgan paketning muddatiga ko‘ra amal qiladi.
Abonent to‘lovi har 30 kunda, oxirgi muvaffaqiyatli yechib olingan vaqt bilan bir paytda yechib olinadi va trafik taqdim etiladi.
Bundan oldin taqdim etilgan oylik avtomatik uzaytiriladigan paket bo‘yicha sarflanmagan trafik bo‘lgan holda, keyingi oylik abonent to‘lovi yechib olinganda trafiklar qo‘shiladi, amal qilish muddati esa oxirgi taqdim etilgan megabaytlarning muddatiga qarab (ya’ni, to‘lov yechib olingan vaqtga muvofiq) belgilanadi.
Misol: agar paket soat 15:43 da faollashtirilgan yoki uzaytirilgan bo‘lsa, 30 kundan keyin to‘lov aynan 15:43 da yechib olinadi va yangi trafik taqdim etiladi. Barcha to‘plangan trafik ham 15:43 gacha mavjud bo‘ladi.
Paketning navbatdagi to‘lovi uchun abonent hisobida yetarli mablag‘ bo‘lmasa, abonent to‘lovi yechilmaydi va paket bo‘yicha belgilangan trafik taqdim etilmaydi. Sarflanmagan trafik esa kuyadi. Paket bo‘yicha abonent to‘lovini to‘lash uchun yetarli mablag‘ jamlanishi bilan xizmat uchun darhol to‘lov yechiladi va kiritilgan internet trafik taqdim etiladi. Internet-paketning shartlariga muvofiq, amal qilish muddati paketning oxirgi abonent to‘lovi yechilgan kuniga ko‘ra o‘rnatiladi. Internet-paket bo‘yicha trafik abonent raqami faol holatida amal qiladi.
Taqdim etilgan trafik tugaganida yoki paket muddati yakunlanganda, internet trafikning keyingi sarflanishi Abonentning tarif rejasi shartlariga muvofiq narxlanadi.
Raqam ma’muriy blok holatiga tushirilganda, abonent to‘lovi yechilmaydi, trafik taqdim etilmaydi. Blokdan chiqarilgandan so‘ng, agar abonent hisobida abonent to‘lovini yechib olish uchun mablag‘ yetarli bo‘lmasa va to‘lov kuni kelgan bo‘lsa, bunday holda minusga yechib olish amalga oshirilmaydi.
Avtomatik uzaytiriladigan internet-paket ulangan holatda, istalgan boshqa avtomatik uzaytiriladigan internet-paketni faollashtirib bo‘lmaydi. Avtomatik uzaytiriladigan internet-paketini qayta yoqish uchun amaldagi internet-paketni o‘chirish lozim.
Agar abonent raqamida boshqa internet-paketlar mavjud bo‘lsa, bu holda avtomatik uzaytiriladigan internet-paketlar trafigidan oxirgi o‘rinda sarflanadi.
Paket mavjudligida tarifni o‘zgartirish
Agar tarif rejani avtomatik uzaytiriladigan internet-paket xizmati amal qiladigan tarifga o‘zgartirilsa, xizmat va paket bo‘yicha trafik qoldig‘i saqlanadi. Agar o‘tish amalga oshirilgan tarifda avtomatik uzaytiriladigan paket amal qilmasa, xizmat avtomatik ravishda o‘chiriladi, qolgan trafik kuymaydi va abonent to‘lovi oxirgi marta yechib olinganda belgilangan muddatgacha amal qiladi. Boshqa paketlardan sarflanmagan MB trafiklar bo‘lgan holatda, trafiklar qo‘shiladi va muddati eng kech bo‘lgan paketning muddatiga ko‘ra amal qiladi.
Internet-paketlar quydagi tariflar turkumida «Status+»; «BeeHome», «XIT», «XIT+», «Erkin Muloqot» va «Silver», «Gold», «Platinum», «Bayramga marhamat», «G'alaba!», «Kunlik», «ProInternet 1 GB», «ProInternet 3 GB», «Bolajon», «Click+», «Bravo MIX», «Bir Oy» tariflarda amal qilmaydi.
Oylik internet-paketlarning amal qilish muddati ulanish vaqtidan boshlab 30 kunni tashkil etadi. Taqdim etilgan trafik tugaganida yoki paket muddati yakunlanganda, internet trafikning keyingi sarflanishi abonentning tarif rejasi shartlariga muvofiq narxlanadi.
Bir vaqtning o‘zida bir nechta paketlar ulanganida ularning trafiklari qo‘shiladi. Ulangan paketlarning ichida eng maksimal muddat amal qilish muddati etib belgilanadi. Raqam faol bo‘lmagan yoki blok holatiga tushirilgan vaqtda oxirgi ulangan internet paketning amal qilish muddati o‘zgarmaydi.
Shuni ma’lum qilamizki, tarif bo‘yicha internet-trafik, daqiqalar, SMS qoldig‘i va boshqa qo‘shimcha xizmatlar qoldig‘i haqida xabarlar 06:00 dan 00:00 gacha yuboriladi.
Avtomatik uzaytirilmaydigan internet-paketlar O‘zbekiston Respublikasi hududida oldindan to‘lov tizimining
«ProInternet 1GB», «ProInternet 3GB», «Bolajon», «Shifokor», «BeeHome 10» va «BeeHome 20» tariflaridan tashqari, barcha jismoniy shaxslar uchun tariflarida amal qiladi.
Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 KB aniqlikda yaxlitlanadi. Internet-sessiyasi ochilganda, Kompaniya tizimi tarifga kiritilgan, internet-paketlar va boshqa xizmatlar doirasida taqdim etilgan internet trafikining bir qismini zaxiraga olib qo‘yadi. Zaxiraga olinadigan trafik hajmi qoldiqda mavjud bo‘lgan trafik hajmiga bog‘liq bo‘lib, 1 MBdan 500 MBgacha bo‘lishi mumkin. Tarif yoki internet-paketlar bo‘yicha trafik mavjud bo‘lmaganda yoki tugaganda, standart tariflash bo‘yicha 10 MB qiymatiga teng miqdordagi pul mablag‘lari zaxiraga olinadi.
Internet-sessiyasi davomida zaxiraga olingan trafik va (yoki) pul mablag‘lari boshqa xizmatlardan foydalanish uchun vaqtincha yopilishi mumkin, shu sababli balans tekshirilganda tizim hisobni to‘ldirish zarurligi haqida xabar berishi mumkin. Internet-sessiyasi tugashi va foydalanilgan trafik bo‘yicha hisob-kitoblar amalga oshirilgandan so‘ng, zaxiradagi sarflanmagan qoldiq keyingi foydalanish uchun ochiladi.
Smartfonlarda standart sozlamalar qo'llanilganda fon rejimida quyidagilarga asosiy internet trafik sarflanadi: tizim yangilanishlari, ilovalarni yangilash, vidjet va ijtimoiy tarmoq ma'lumotlarini sinxronlash, shuningdek, tahliliy hisoblagichlar uchun. Asosiy internet-trafik mavjud bo'lmaganda, internet xizmati ishlamaydi va YouTube uchun trafikdan foydalanish imkoniyati abonentda asosiy internet trafik yoki hisobida mablag' paydo bo'lgunga qadar to'xtatiladi.
YouTube uchun taqdim etilgan GB ushbu xizmatlarning rasmiy ilovalaridan foydalanganda va ma'lum bir IP-manzillar to'plami doirasida sarflanadi. Xizmatlarning egalari tomonidan IP manzillar o'zgartirilganda, shuningdek, “YouTube”ga aloqador bo'lmagan trafik uchun trafik sarflanishi tarif rejangiz shartlariga muvofiq asosiy internet-paket yoki asosiy hisobdan amalga oshiriladi (ushbu kategoriyaga smartfonning ilovalardan foydalanayotgan vaqtdagi operatsion tizim uchun trafik sarflanishi ham kiradi).
Proksi-serverlar (shu jumladan VPN) orqali ishlaydigan ilovalardan foydalanganda YouTube uchun bo'lgan GB sarflanmaydi.
Barcha narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan.