«Beeline Pressa» xizmatiga obuna bo'lish va taqdim etish qoidalari

1. «Beeline Pressa» xizmatining tavsifi

«Beeline Pressa» xizmati Beeline Abonentlariga real vaqti davomida nashriyot kontentiga – jurnal va gazetalarga kirish imkoniyati hamda Abonent uchun quyidagi qulayliklarni taqdim etadi:
• «Beeline Pressa» xizmatining barcha yangi Foydalanuvchilariga abonent to'lovisiz kirish uchun bir martalik muddat taqdim etilib, uning amal qilish muddati 3 kalendar kun;
• Xizmat doirasida jurnallar, gazetalar, yangiliklarni o'qish;
• «Mening lentam» da maqola va yangiliklarni qiziqishlar bo'yicha tanlovini shakllantirish imkoniyati;
• Saqlanganlarga jurnallarni qo'shish imkoniyati;
• Zakladkalarga jurnallar, maqolalar va yangiliklar qo'shish imkoniyati;
• Jurnallar, maqolalar va yangiliklarni qidirish imkoniyati.

2. «Beeline Pressa» xizmatini yoqish va o'chirish»

2.1. «Beeline Pressa» xizmatini o'rnatish uchun Abonent quyidagilarga ega bo'lishi kerak:
2.1.1. Abonent qurilmasi;
2.1.2. Kontentni o'qish uchun amaldagi Internet tarmog’iga ulanishda kafolatlangan 128 kb/s dan kam bo’lmagan tezlik bo’lishi kerak;
2.2. Xizmatga ulanish uchun Abonent xizmatning web-saytida abonent raqamini kiritish orqali xizmatga ro'yxatdan o'tishi kerak.
2.3. Xizmat «UNITEL» MChJ mobil operator tarmog'i orqali taqdim etiladi. Abonent to'lovining miqdori va narxlanishi Operator tomonidan belgilanadi. Xizmatni taqdim etish haqida batafsil shartlarni beeline.uz sayti orqali aniqlashtirish mumkin.
2.4.  Xizmatga birinchi marta ulanganda, Abonentga quyidagi matnda bir martalik muddati bo’yicha, xizmatdan bir martalik abonent to'lovisiz foydalanish haqida ya’ni 3 kunlik foydalanish muddati (Sinov muddati) va sinov muddati tugaganidan keyin olinadigan abonent to'lovi miqdorini ko'rsatuvchi tegishli xabarnoma yuboriladi. Sinov muddatining narxi xizmat narxiga kiritilgan.
2.5.  Agar sinov muddati davomida abonent xizmatni o'chirsa va keyinchalik xizmatga qayta ulanadigan bo’lsa, abonentga sinov muddati boshqa taqdim etilmaydi.
2.6. Xizmatga ulangandan so'ng va Abonent to'lovi o'z vaqtida to'langan taqdirda, Abonent tomonidan o'rnatilgan mobil ilova orqali Internet tarmog’i, o'rnatilgan mobil ilova orqali, shuningdek shaxsiy kompyuterlardan istalgan vaqtda foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladi (agar Abonent mobil ilovada ilgari obunani xarid qilgan bo'lsa), pressa.beeline.uz internet-manzilida joylashgan saytdan Beeline abonent raqami kiritilgandan keyin olingan kirish kodini kiritgan holda kirib foydalanish mumkin.
2.7. Xizmatni o’chirishda quyidagi usullardan amalga oshiriladi:
• Xizmatning web-saytidagi «Profil» bo'limida.
• 17100 qisqa raqamga «0» sonini yuborish kerak.

3. Xizmat uchun abonent to'lov narxi:

•    kunlik to'lov: 499 so'm
Abonent to'lovini o'z vaqtida to’lash xizmatdan foydalanishning majburiy shartlaridan biridir. Obunaning turiga qarab, xizmatdan foydalanish uchun abonent to'lovi yechilgan vaqtidan boshlab va keyingi to'lov muddati Toshkent vaqti bilan soat 00:00 gacha taqdim etiladi.

4. Internet-trafikning narxlanishi:

4.1. Xizmat Beeline Abonentlariga real vaqti davomida, xizmat uchun abonent to'lovini o'z vaqtida to'lanishi sharti bilan kitob kontentiga kirish imkonini beradi.
4.2. Xizmat Internetga kirish imkoni mavjud bo'lganda taqdim etiladi.
4.3. Beeline abonentlari uchun xizmatning doirasida bo’lgan kiruvchi va chiquvchi mobil internet-trafik narxlanmaydi.
4.4. O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida xizmatga ulanadigan bo’lsa, kiruvchi va chiquvchi internet-trafik belgilangan rouming tariflariga muvofiq narxlanadi.
4.5. Agar Abonent uchinchi tomon operatorlarining internet-trafigidan foydalanadigan bo'lsa, kiruvchi va chiquvchi internet-trafik sarflanishi uchinchi tomon operatorlarining belgilangan tariflariga muvofiq narxlanadi.
«Beeline Pressa» xizmati haqida savollaringiz bo'lsa, Abonent quyidagi qisqa raqam orqali Mijozlarga xizmat ko'rsatish markaziga (ish vaqti: 24 soat) murojaat qilishi mumkin:
•    0611 - Beeline mobil raqamlardan
•    (90) 185-00-55 – barcha raqamlardan

5. Qo'llanadigan qurilmalar:

Xizmatni barcha qurilmalarda mavjud bo'lgan Safari, Google Chrome, Mozilla Firefox brauzerlari orqali ochish mumkin.