Hurmatli mijozlar!
Bildirishnomalar29 Aprel
1 min.

Kompaniya taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda va muntazam ravishda tizimni optimallashtirish, modernizatsiya qilish va yangilash ishlarini olib bormoqda.
Shuni ma’lum qilamizki, 2026-yil 30-aprel kuni soat 00:00 dan 06:00 gacha aloqa sifati yomonlashishi kutilmoqda. Ushbu vaqt oralig‘ida quyidagi hududlarda "Unitel" mijozlari uchun ovozli aloqa va internet xizmatlarida 30 daqiqagacha uzilishlar kuzatilishi mumkin:
- Navoiy, Buxoro, Xorazm viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida
- Andijon viloyatining Paxtaobod, Qo‘rg‘ontepa, Jalolquduq tumanlarida, Xonobod va Qorasuv shaharlarida
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz.