Hurmatli mijozlar!

Bildirishnomalar
27 Aprel
1 min.
Main Event Image

Kompaniya taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda va muntazam ravishda tizimni optimallashtirish, modernizatsiya qilish va yangilash ishlarini olib bormoqda.

Shuni ma’lum qilamizki, 2026-yil 28-aprel kuni soat 00:00 dan 06:00 gacha aloqa sifati yomonlashishi kutilmoqda. Ushbu vaqt oralig‘ida quyidagi hududlarda "Unitel" mijozlari uchun ovozli aloqa va internet xizmatlarida 30 daqiqagacha uzilishlar kuzatilishi mumkin:

- Namangan viloyati Kosonsoy tumani
- Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahri va Quva tumani
- Navoiy viloyati
- Buxoro viloyati
- Xorazm viloyati
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz.