Bosh sahifa/Xabarlar/O‘zbekistonda “Beeline Academy” ochildi

O‘zbekistonda “Beeline Academy” ochildi

4 Oktyabr

Xabarlar
Barcha yangiliklarga qaytish
Beeline

3-oktabr kuni Toshkentda joylashgan “Tashkent International University of Education” (TIUE)da O‘zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlari uchun IT-mutaxassislarini tayyorlashga qaratilgan Beeline Akademiyasi ochildi.

“Beeline Academy” O‘zbekistonning yosh fuqarolariga ham onlayn, ham sirtqi ta’lim platformasidan foydalanish imkoniyatini beradi. Xususiy va davlat tashkilotlari maʼlumotlarini ehtimoliy tahdidlardan ishonchli himoya qilishni taʼminlash uchun kiberxavfsizlik boʻyicha mutaxassislarni tayyorlashga alohida eʼtibor qaratiladi.

Ilk bosqichda Beeline Uzbekistan IT-kasblarini ommalashtirish va O‘zbekiston yoshlarini mamlakat iqtisodiyotini raqamlashtirishda bevosita ishtirok etuvchi sohalarga jalb etishga qaratilgan loyihaga $150 ming sarmoya kiritdi. Universitet bilan hamkorlik yangi ufqlarni ochadi hamda IT-mutaxassislarni tayyorlash tizimi platformasini yaratishga imkon yaratadi.

TIUE — O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining real sektori ehtiyojlari uchun axborot texnologiyalari, ta’lim va biznes boshqaruvi yo‘nalishlari uchun oliy ma’lumotli yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan O‘zbekistondagi xususiy oliy o‘quv yurtlaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, “Beeline Academy” bilan hamkorlikda respublika bo‘ylab iqtidorli yoshlar uchun kurslar va treninglar o‘tkazish maqsadida o‘qituvchilarni tayyorlash rejalashtirilgan.

Nosir Xo‘jaev, TIUE rektori: “Ta’lim sohasi har doim ham mehnat bozorining talablari va yangi texnologiyalarning paydo bo‘lishi bilan mos kelavermaydi. Shu bois raqamli loyihalarni amalga oshirishda va IT sohasida keng tajribaga ega yirik korxonalarning ishtiroki juda muhim. Biz Beeline Uzbekistan’ga universitetimiz negizida shunday ulkan loyihani yaratgani uchun minnatdormiz. Ishonchim komilki, “Beeline Academy” bitiruvchilari axborot texnologiyalari sohasida eng muvaffaqiyatli va katta talabga ega mutaxassislar qatoriga qo‘shiladi”.

Andrzej Malinowski, Beeline Uzbekistan bosh direktori: “Yoshlarga sifatli ta’lim berish va raqamli texnologiyalar sohasida korporativ madaniyatni shakllantirish kompaniyaning digital-operatorga aylanish jarayonida muhim vazifaga aylanadi. Biz o‘z oldimizga EduTech yo‘nalishida ham yetakchi bo‘lishni maqsad qilganmiz. “Beeline Academy” ishga tushirilishi bu yo‘nalishdagi muhim qadamdir. Yangi taʼlim platformasi yosh isteʼdodlarni oʻqitish imkoniyatlarini yaratib, ularga IT, kiberxavfsizlik va sunʼiy intellekt sohasida ilgʻor bilim va koʻnikmalarni egallash imkonini beradi. Shuningdek, kelgusida hamkorlik qilish uchun talabalar orasidan eng iqtidorlilarini izlab, ularga hamkorlik taklifi bilan murojaat qilamiz”.

“Beeline Academy” loyihasining muhim jihati o‘quv xonalarini tayyorlash va jihozlashdan tashqari, o‘quv jarayonining ajralmas qismiga aylanadigan o‘zining interaktiv videostudiyasini yaratishdir. Studiya doirasida talabalar va o‘qituvchilar masofaviy ta’limni takomillashtirish, virtual videodarslarni ishlab chiqish, vebinarlar va videokonferensiyalar o‘tkazish, ta’lim jarayonini yanada qulay va interaktiv qilish uchun yuqori sifatli videokontent yaratishga yordam beradigan ilg‘or texnologiyalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ochilish kunida tarkibiga Beeline Uzbekistan kiruvchi VEON Group bosh direktori Kaan Terzioglu jonli efirda Beeline Akademiyasi talabalariga murojaat qildi: “O‘zbekistondagi ambitsiyalarimiz haqida gapirganimizda, boshidanoq bizning bitta asosiy maqsadimiz bor edi, bu — O‘zbekistonni mintaqaning IT-markaziga aylantirish. Bu sohada iqtidorlarli yoshlarni rivojlantirish mamlakatning global raqamli iqtisodiyotga integratsiyalashuviga yordam beradi. Men bu jarayonning bir qismi ekanligimdan faxrlanaman. Kelajakda sizning vazifangiz ma'lumotlarni qayta ishlash, dasturiy ta'minotlarni yaratish va sun'iy idrokni samarali joriy etish bo‘ladi. Sizlarga “Beeline Academy”da ajoyib tajriba orttirishingizga tilakdoshman va Beeline Akademiyasi biz O‘zbekistonda yaratayotgan merosning bir qismi bo‘lishini istayman”.

“Beeline Academy” loyihasi talabalarning axborot texnologiyalari bo‘yicha universitet o‘quv dasturi doirasidagi darslar bilan bir qatorda so‘nggi amaliy mashg‘ulotlar dasturlariga ham kirish imkoniyatini oshiradi.

Barcha yangiliklarga qaytish
Beeline
Ilovani ishlating

Shaxsiy kabinetda texnik ishlar olib borilmoqda, lekin siz bizning ilovamizdan foydalanishingiz mumkin