Beelab Silk Road Finance & Technology Forumini qoʻllab-quvvatlaydi: VEON vakili Ahmet Kayhan Toshkentda soʻzga chiqdi

Xabarlar
25 Avgust
3 min.
Main Event Image

Toshkent – 2026-yil 25-avgust: “Raqamli moliyaning keyingi bosqichi tizimning ishonchliligi, barqarorligi va meʼyoriy asoslarini saqlagan holda, kapital va moliyaviy xizmatlarning bozorlar bo‘ylab harakatlanishiga imkon beruvchi, o‘zaro yanada bog‘langan hamda dasturlashtiriladigan moliyaviy infratuzilmani qanday barpo etishimiz bilan belgilanadi”.

Bu fikrni VEON kompaniyasining to‘lovlar va raqamli aktivlar bo‘yicha bosh direktori (Group Chief Payments & Digital Assets Officer) Ahmet Kayhan Toshkentda bo‘lib o‘tgan ilk “Silk Road Finance & Technology Forum”ida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.

Kayhanning soʻzlariga koʻra, asli telekom sohasi vakili bo‘lgan raqamli operatorlar uchun imkoniyat ularning miqyosi va texnologik infratuzilmasidan foydalanib, anʼanaviy ravishda alohida-alohida ishlab kelgan xizmatlarni bir-biriga bogʻlashda, insonlar va bizneslar tobora oʻzaro bogʻliq boʻlib borayotgan bozorlarda toʻlovlar va boshqa moliyaviy xizmatlar uchun foydalana oladigan platformalar yaratishda yotadi.

Kayhan Oʻzbekiston Markaziy banki, GFTN, Octobank, M2P Fintech, Speedinvest va Markaziy Osiyo Fintech Assotsiatsiyasi vakillari bilan birga Central Asian Expo Uzbekistan (CAEx) bosh sahnasida “Building the Open Ecosystem: Rails, Capital & the Rules That Connect Markets” mavzusidagi panel muhokamasida ishtirok etdi.

Oʻzbekiston Markaziy banki va Global Finance & Technology Network hamkorligida 24–26-avgust kunlari oʻtkazilayotgan forum markaziy banklar, tartibga soluvchi organlar, investitsiya fondlari va texnologiya kompaniyalarini ochiq banking, raqamli aktivlar, chegaralararo toʻlovlar, islom moliyasi, investitsiya va innovatsiyalarni muhokama qilish uchun bir joyga toʻplaydi. Forumning rasmiy homiysi — O‘zbekiston fintex kompaniyasi hamda Beepul to‘lov xizmati ishlab chiquvchisi bo‘lgan Beelab kompaniyasidir.

Kayhanning chiqishi VEON guruhining barcha bozorlaridagi moliyaviy xizmatlar biznesining oʻsib borayotganini aks ettiradi. 2026-yilning ikkinchi choragida moliyaviy xizmatlardan tushgan daromad yillik asosda 48,5 foizga oshib, 151 million AQSh dollariga yetdi – bu VEONʼning raqamli daromadlarining 44 foizini tashkil etadi, guruhning moliyaviy platformalari esa 2026-yil ikkinchi chorak yakuniga koʻra 59 million mijozga xizmat koʻrsatmoqda. VEONʼning portfeli toʻlovlar, elektron hamyonlar, raqamli banking, kreditlash va sugʻurtani qamrab oladi.

VEON har bir bozorda moliyaviy xizmatlarni mahalliy ehtiyojlar va qondirilmagan talab asosida rivojlantirib, mahsulotlarni har bir mamlakat sharoitiga moslashtiradi. Raqamli moliyaviy xizmatlar yanada barqarorlashib borar ekan, mijozlarga jamgʻarish va investitsiya qilish uchun koʻproq imkoniyat beruvchi mahsulotlarda, shuningdek raqamli aktivlarning keyingi avlodi uchun zarur infratuzilmada ham yangi imkoniyatlar ochilmoqda.

Oʻzbekistonda Beepul mamlakatningdaromad boʻyicha toʻrtinchi yirik toʻlov platformasiga aylandi: 2026-yilning ikkinchi choragida daromad 87 milliard soʻmdan oshdi, faol foydalanuvchilar soni esa 1 milliondan ortdi. Qozogʻistonda VEONʼning moliyaviy xizmatlar platformasi 5,3 million mijozga xizmat koʻrsatadi. Pokistonda JazzCash 2026-yil iyungacha boʻlgan oʻn ikki oy ichida 19,6 trillion Pokiston rupiysi (taxminan 70 milliard AQSh dollari) hajmida yalpi tranzaksiya amalga oshirdi. JazzCash, shuningdek, CNBC va Statista tomonidan tuzilgan Worldʼs Top Fintech Companies 2026 reytingida “Toʻlovlar” yoʻnalishi boʻyicha kiritildi. Bangladeshda Banglalink yangi PSP platformasini ishga tushirishga tayyorlanmoqda – tijorat ishga tushirilishi sentyabr oyiga rejalashtirilgan.

Beelab homiyligi moliyaviy bozorlarni bogʻlash va raqamli moliyaning keyingi bosqichiga oʻtish uchun zarur boʻlgan infratuzilma, investitsiya va tartibga solish asoslari boʻyicha mintaqaviy muloqotni qoʻllab-quvvatlaydi.

Beelab haqida

Beelab — 2018-yil 19-fevralda tashkil etilgan o‘zbek fintech kompaniyasi bo‘lib, Beeline Uzbekistan (VEON Ltd.) telekommunikatsiya operatorining sho‘ba korxonasi hisoblanadi. Kompaniya raqamli moliyaviy mahsulotlarni ishlab chiqish va ularga texnik qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi, jumladan, O‘zbekiston bozoridagi TOP-5 to‘lov ilovasi qatoriga kiruvchi Beepul xizmati uchun texnik qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydi hamda banklar va moliya tashkilotlari bilan faol hamkorlik qiladi.