Beeline Uzbekistan va DataVolt Markaziy Osiyoning raqamli transformatsiyasini qo‘llab-quvvatlash uchun data-markazlar bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

Xabarlar
17 Iyun
4 min.
Main Event Image

Beeline Uzbekistan kelishilgan tijorat shartlari imzolangandan so'ng DataVolt'ning Toshkent IT Parkidagi data-markazida asosiy ijarachilaridan biriga aylanadi; alohida memorandum Buxorodagi hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganishni nazarda tutadi.

2026-yil 17-iyun, Toshkent, O'zbekiston – Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Beeline Uzbekistan (VEON Group tarkibiga kiradi) va DataVolt (yirik data-markazlarini boshqaruvchi xalqaro operator) kompaniyalari bugun ikkita o'zaro anglashuv memorandumini imzoladilar. Tijorat shartlari kelishilgan birinchi memorandumga ko'ra, Beeline Uzbekistan DataVolt'ning Toshkent IT Parkidagi data-markazida yirik ijarachiga aylanadi. Ikkinchi memorandumga ko'ra esa, taraflar mamlakatning davom etayotgan raqamli transformatsiyasini qo'llab-quvvatlash bo'yicha umumiy qarashlari doirasida Buxoroda joylashgan data- markazi loyihasi bo'yicha qo'shma hamkorlikni o'rganib chiqishni ko'zda tutmoqdalar.

Hukumatning "Raqamli O'zbekiston – 2030" strategiyasiga muvofiq, ushbu kelishuvlar hisoblash quvvatlari, bulutli yechimlar va sun'iy intellektga asoslangan xizmatlarga bo'lgan talabning jadal o'sib borayotgan sharoitida har ikki tomonning raqamli infratuzilma loyihalarini rivojlantirishga bo'lgan sodiqligini ta'kidlaydi.

Birinchi memorandumga ko'ra, Beeline Uzbekistan DataVolt'ning TAS-1 deb nomlanuvchi Toshkent IT Parkidagi data-markazida katta hajmdagi quvvatdan foydalanish huquqiga ega bo'ladi va shu tariqa ushbu obyektning birinchi va eng yirik ijarachilaridan biriga aylanadi. Ikkinchi memorandum doirasida ikki tomon, shuningdek, Buxoroda potensial data-markazi infratuzilmasi loyihasi bo'yicha qo'shma hamkorlik va operatsion faoliyat imkoniyatlarini baholashga kelishib oldilar, bu esa DataVolt'ning O'zbekistondagi uzoq muddatli investitsiya rejalarini yana bir bor tasdiqlaydi. Bu nafaqat bozorga sezilarli qo'shimcha quvvat olib keladi, balki O'zbekistonning raqamli transformatsiyasini tezlashtiradi, bulutli va sun'iy intellekt xizmatlariga kirish imkoniyatlarini kengaytiradi hamda mamlakatning Markaziy Osiyodagi yetakchi raqamli markaz sifatidagi mavqeini mustahkamlaydi.

"Mijozlarimiz foydalanadigan har bir raqamli xizmat qayerdadir joylashgan data-markaziga bog'liq. Biz ishonamizki, Beeline Uzbekistan'ning raqamli xizmatlari uchun bu joy O'zbekiston bo'lishi kerak. Ma'lumotlarni suveren tarzda saqlash va qayta ishlash mijozlarga yuqori sifatli xizmat ko'rsatish imkonini beradi, chidamlilik va xavfsizlikni oshiradi, shuningdek, mamlakat ichida ko'proq iqtisodiy qiymat saqlanib qolishini ta'minlaydi. DataVolt bilan hamkorligimiz O'zbekistonning Markaziy Osiyo raqamli markaziga va keyingi avlod raqamli investitsiyalari uchun manzilga aylanishiga zamin yaratishga yordam beradi," – dedi VEON Group bosh direktori Kaan Terzioglu.

"Telekommunikatsiya tarmoqlari endi nafaqat odamlar va qurilmalarni bir-biriga ulaydi – ular hisoblash quvvati va raqamli intellektni tarqatish platformalariga aylanib bormoqda. DataVolt bilan birgalikda jahon darajasidagi data-markazi infratuzilmasini rivojlantirish orqali biz sun'iy intellekt xizmatlari, mahalliy ma'lumotlarni qayta ishlash va katta miqyosdagi raqamli innovatsiyalar uchun zamin yaratmoqdamiz. Bu hamkorlik O'zbekistonning Markaziy Osiyo raqamli va sun'iy intellekt markaziga aylanish maqsadini qo'llab-quvvatlaydi," – ta'kidladi Beeline Uzbekistan bosh direktori Evgeniy Nastradin.

DataVolt'ning Toshkent IT Parkidagi data-markazi Markaziy Osiyodagi sun'iy intellektga tayyor eng yirik data-markazlaridan biriga aylanishi kutilmoqda. IT Park Uzbekistan hududida joylashgan ushbu obyekt 12 MVt IT quvvatini ta'minlaydi, Tier-3 darajasidagi uzluksiz ishlash va korporativ darajadagi ishonchlilikni taqdim etadi. Yuqori zichlikdagi bulutli va sun'iy intellekt yuklamalarini, shuningdek, korporativ IT yechimlarini qo'llab-quvvatlash uchun mo'ljallangan ma'lumotlar markazi operator-neytral ulanish imkoniyatlarini hamda ilg'or xavfsizlik va zaxira tizimlarini taklif etadi. Barqarorlik DataVolt'ning uzoq muddatli strategiyasining muhim qismi bo'lib, kompaniya o'zining keng qamrovli "Net Zero" maqsadlari doirasida obyektni "yashil" elektr energiyasi bilan ta'minlash ustida ishlamoqda.

"Beeline Uzbekistan bilan bu hamkorlik DataVolt faoliyatida muhim bir bosqich bo‘lib, biz 2026-yil dekabr oyida O'zbekistondagi birinchi ma'lumotlar markazi obyektimizni ochishga tayyorlanmoqdamiz. Sun'iy intellektga tayyor muhim infratuzilmani yetkazib berish bo'yicha tajribamizni Beeline Uzbekistanning bulutli va aloqa xizmatlari bilan birlashtirish bizga bozorga to'liq qamrovli yechim taklif etish imkonini beradi, bu esa O'zbekistonning davom etayotgan raqamli transformatsiyasini tezlashtirishga va mamlakatning Markaziy Osiyodagi yetakchi raqamli markaz sifatidagi mavqeini mustahkamlashga yordam beradi," – dedi DataVolt bosh direktori Rajit Nanda.

Memorandumlarning imzolanishi O'zbekiston bozorining ma'lumotlarni qayta ishlash infratuzilmasi quvvatini faol ravishda kengaytirish bosqichiga yetib kelganligini aks ettiradi. DataVolt kabi kompaniyalarning xalqaro tajribasi va investitsiyalarining jamlanishi ma'lumotlar markazlari segmentining jadal o'sishini va mamlakatning "Raqamli O'zbekiston – 2030" strategiyasiga muvofiq mintaqaviy raqamli xizmatlar markazi sifatidagi mavqeining mustahkamlanishini qo'llab-quvvatlaydi.

DataVolt haqida

DataVolt — ma'lumotlar markazlariga investitsiya kiritadigan, ularni ishlab chiquvchi, egalik qiluvchi va boshqaruvchi kompaniya bo'lib, yuqori mavjudlikka ega ko'p texnologiyali qayta tiklanuvchi energiya infratuzilmasi yechimlarini sun'iy intellektga tayyor ma'lumotlar markazlari bilan birlashtiradi, bunda innovatsiya, barqarorlik va kengaytirilishga alohida e'tibor qaratiladi. Kompaniyaning bosh ofisi Saudiya Arabistonida joylashgan bo'lib, hozirda AQSh, O'zbekiston, Hindiston va BAAda vakolatxonalarga ega. DataVolt Yaqin Sharq, Afrika va Osiyo bo'ylab kuchli global ambitsiyalarga ega. DataVoltning asosiy faoliyati hisoblash quvvatlari yetkazib beruvchi yirik kompaniyalar (hyperscalers), neobulutli xizmat ko'rsatuvchilar (neoclouds), yirik korxonalar, moliya institutlari va davlat muassasalarining ehtiyojlarini qondirishga yo'naltirilgan. www.data-volt.com