Kunlik abonent to‘lovi

Doim aloqada bo‘lish uchun tarifingiz bo’yicha oylik abonent to‘lovini o‘z vaqtida to‘lashni tavsiya qilamiz. Buning uchun tarifingizda belgilangan oylik abonent to‘lovi summasini hisobingizga oldindan tushirib qo’ysangiz kifoya. 

Oylik abonent to‘lovining navbatdagi yechilish sanasini hambi ilovasida yoki *202# kodi orqali bilib olishingiz mumkin.

Oylik abonent to‘lovi yechilishi vaqtida hisobingizda yetarli mablag‘ bo‘lmasa, avtomatik tarzda kunlik abonent to‘lovi yechilishi faollashtiriladi.

Kunlik abonent to‘lovi - oylik abonent to‘lovi uchun yetarli mablag‘ bo‘lmagan vaziyatlarda aloqada qolishingiz va xarajatlaringizni kamaytirish uchun qulay yechimdir. U sizga kundalik ehtiyojingiz uchun kunlik daqiqa/SMS/GB limitini olish imkoniyatini ta’minlaydi.

Kuniga atigi 3 000 so‘mga 150 daqiqa, 600 MB va 150 SMS olasiz. Tarifingizning standart narxlarida bu limitlar 35 000 so‘mdan ortiq turadi.

Oylik abonent to’lovi to‘langan on avtomatik ravishda kunlik abonent to’lovi yechilishi to‘xtatiladi. Buning uchun hisobingizda tarifingizda belgilangan oylik abonent to‘lovi summasini bo’lishi kifoya.

Kunlik abonent to‘lovi quyidagi tarif rejalarida amal qiladi:

∙ Yana tariflar turkumi (Yana 1, Yana2, Yana 3, Yana 4) 
∙ Hammasi ZO‘R tariflar turkumi (Hammasi ZO‘R 1, Hammasi ZO‘R 2, Hammasi ZO‘R 3, Hammasi ZO‘R 4)
∙ Multi Kuch tariflar turkumi (Multi 1, Multi 2, Multi 3, Multi 4)
∙ Bemalol, Sizniki, Faqat Sizniki, Oson 1, Oson 10, Yangi XIT, Zavqli, Konstruktor tariflari.

Kunlik abonent to‘lovi parametrlari:

Parametrlar

Kuniga

Narxi

3 000 so'm

O‘zb. bo‘yicha chiquvchi daqiqalar

150 daq

SMS

150 SMS

Internet barcha yo‘nalishlarga

600 MB

Qoldiqni tekshirish: *101#

Oylik abonent to‘lovini yechish uchun hisobda yetarli mablag’ bo‘lganda, oylik abonent to’lovi o‘z vaqtida to‘langanda yoki abonent hisobi salbiy holatda bo‘lganda - kunlik abonent to‘lovi yechilmaydi.

E’TIBOR BERING:
1. Tarif rejasi shartlariga muvofiq, kunlik abonent to‘lovi avtomatik tarzda yechiladi – uni o‘chirib bo‘lmaydi. Kunlik abonent to‘lovi bo‘yicha trafik joriy kunning oxirigacha taqdim etiladi, uzaytirilmaydi va kunlik yoki oylik trafik bilan qo‘shilmaydi. 
2.  Agar abonent hisobida abonent to‘lovini yechib olish uchun mablag‘ yetarli bo‘lmasa, balans minusga kirmaydi; hisob abonent to‘loviga teng yoki undan ortiq miqdorga to‘ldirilguniga qadar, aloqa xizmatlari tarif rejasi shartlariga ko‘ra taqdim etiladi.
3. Agar abonent, kunlik abonent to‘lovi bo‘yicha taqdim etilgan trafikdan foydalangan bo‘lsa, qolgan narxlanish tarifning standart narxiga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Kunlik abonent to‘lovining yechilishi va tarif bo‘yicha trafik taqdim etilishi tungi soat 00:00 dan ertalab 06:00 gacha bo‘lgan vaqtda amalga oshiriladi.
5. Kunlik abonent to‘lovi balans ijobiy holatda bo‘lgan taqdirdagina yechiladi.
6. Trafik taqdim etuvchi kunlik abonent to‘lovining yechilishi, abonentning balansida oylik abonent to‘lovini yechish uchun yetarli miqdorda mablag‘ bo‘lmagunga qadar davom etadi. Yetarli miqdorda mablag‘ bo‘lganda, oylik abonent to‘lovi darhol yechib olinadi va oylik trafik bilan paket taqdim etiladi,  keyingi abonent to‘lovi yechilishi sanasi oxirgi oylik abonent to‘lovi yechilgan kundan boshlab 1 oy muddatga suriladi. 
7. Agar abonentdan kunlik abonent to‘lovi yechilgan bo‘lsa va shu kunning o‘zida u oylik abonent to‘lovi yechilishi uchun hisobini yetarli bo‘lgan mablag‘ga to‘ldirsa, u holda oylik abonent to‘lovi yechib olinadi va trafik taqdim etiladi. Shu bilan birga, trafik quyidagicha sarflanadi: avval kunlik trafik sarflanadi, keyin oylik. 
8. O‘zgarishlar, tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovini o‘z vaqtida va muntazam to‘layotgan abonentlarga ta’sir etmaydi.