“Unitel” MChJ 2006-yilning 12-sentabridan boshlab “Beeline Uzbekistan” savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan VEON Group tarkibiga kiradi. 2024 va 2025-yillarda “Top Employer” maqomiga ega bo‘ldi.
VEON – 150 milliondan ortiq aloqa xizmati mijozlari va taxminan 120 million oylik faol raqamli foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatadigan raqamli operatordir. Dunyo aholisining 6% ko‘prog‘i istiqomat qiladigan beshta mamlakatda faoliyat yuritayotgan VEON, insonlarning imkoniyatlarini kengaytiruvchi va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiruvchi texnologiyalarga asoslangan xizmatlar orqali hayotni o‘zgartirmoqda. VEON bosh qarorgohi Dubayda joylashgan bo‘lib, aksiyalari NASDAQ birjasida sotiladi. Batafsil ma’lumot – rasmiy veb-saytda.
Beeline Uzbekistan’da 2 mingdan ortiq xodim ishlaydi. 2006-yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1.6 milliard AQSH dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Beeline SBning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2.1 milliard dollarga yaqin soliq to‘langan.