Ilovada oching Beeline Uzbekistan Ochish

Zarqaynar

Tarif tafsilotlari
O'zbekiston bo'ylab cheksiz qo'ng'iroqlar *
Internet
10 GB/oy
O'zbekiston bo'yicha SMS *
1 000 SMS/oy
Tarif rejaga ulanish faqat Zarafshon va Uchquduq shaharlarida mavjud. Tarif rejaga o’tish imkoniyati mavjud emas.
Tarif rejaga o’tish imkoniyati mavjud emas.
Tarif
Zarqaynar
Tarif shartlari

«Perezagruzka» xizmatini yoqtirish orqali siz tarif rejangiz bo’yicha taqdim etiladigan daqiqa, SMS va GB paketlarini muddatidan avval olishingiz mumkin.
«Perezagruzka» xizmatining narxi har bir so’rov uchun – 2000 so’m.
«Perezagruzka» xizmati ulanganda hisobdan xizmat narxi va tarif reja bo’yicha oylik abonent to’lovi yechiladi. So’ng tarifga kiritilgan oylik daqiqa, GB va SMS paketlarining miqdori to’liq hajmda beriladi.
«Perezagruzka» xizmati yoqilganidan so’ng, tarif bo’yicha avval taqdim etilgan GB, daqiqalar va SMS paketlarning qoldig’i kuyadi.
Yangi taqdim etilgan oylik trafikning amal qilish muddati va oylik abonent to’lovi yechilishining navbatdagi sanasi oylik abonent to’lovining oxirgi yechilishi sanasidan boshlab 1 oy muddat qilib belgilanadi.

Xizmatga ulanish kodi : *5#

Daqiqalar qoldig’i uchun *106#

SMSlar qoldig’i uchun  *105#

Mb*103#

Oylik abonent to’lovining yechilish sanasini aniqlash *202#

Ushbu tarifdan «OSON 10» va «Kunlik» tariflariga o’tish – 2 000 so’m, boshqa tariflarga o’tish bepul.

O’zbekiston bo’ylab chiqish qo’ng’iroqlari  100  so’m/daq.

O’zbekiston bo’yicha 1 SMS   100 so’m.

Internet, 1 MB 100 so’m.

Markaziy Osiyoga (Qozog`iston, Tojikiston, Qirg`iziston, Turkmaniston) 2280 so’m/daq.
Boshqa MDH mamlakatlariga 3280 so’m/daq.
Yevropaga  6820 so’m/daq.
Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Singapur, Turkiya, Malayziyaga 8840 so’m/daq.
Boshqa Osiyo mamlakatlariga 10350 so’m/daq.
Amerika va Afrikaga  7830 so’m/daq.
Avstraliyaga  11370 so’m/daq.
Bitta xalqaro SMS xabar yo`llash 500 so’m

Sputnik aloqa

1- yo`ldosh – Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT (kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476) 25260 so’m/daq.
2 – yo`ldosh – Inmarsat V, Thuraya (kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037, 87038, 88216) 37890 so’m/daq.
3 – yo`ldosh – Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium (kodlar: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817) 92620 so’m/daq.
4 – yo`ldosh – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD, Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M (kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069) 126300 so’m/daq.

¹ Birinchi oy uchun abonent to‘lovi 25 000 so‘m.
Keyingi oydan oylik abonent to‘lovi 20 000 so‘m/oy.
Birinchi oydagi taqdim qilinadigan paket hajmi 500 daqiqa va 500 MB ga oshdi.

* Tarif reja bo’yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanish pullik bo’ladi va mablag’ asosiy balansingizdan tarif rejada belgilangan narxda yechiladi. O’zbekiston bo’ylab chiqish qo’ng’iroqlarining texnologik cheklovi abonent to’lovi yechilgan kundan boshlab oyiga 45 000 daqiqani tashkil etadi. Qo’ng’iroqlar bir oy davomida ushbu limitdan oshsa, O’zbekiston bo’ylab qo’ng’iroqlar uchun to’lov tarif rejaga asosan yechiladi. Cheksiz qo’ng’iroqlar hisob-kitobi 1ta abonentga belgilanadi, konferens-aloqa vaqtidagi guruh qo’ng’iroqlarini hisobga olmaydi.

• Yangi ulanganda abonent to’lovi to’liq yechiladi va tarif bo’yicha trafik ham to’liq taqdim etiladi.
• Navbatdagi oylik abonent to’lovi to’lanishi kerak bo’lgan sanada abonent balansida yetarli mablag’ bo’lsa oylik abonent to’lovi yechiladi va bir oylik trafik paketi taqdim etiladi. Agarda abonent balansida bir oylik abonent to’lovi uchun yetarli mablag’ bo’lmasa abonent to’lovi yechilmaydi va tarif bo’yicha belgilangan trafik taqdim etilmaydi. Ushbu holatda aloqa xizmatlari uchun to’lov tarif reja shartlariga asosan narxlanadi.
• Bir oylik abonent to’lovini to’lash uchun yetarli mablag’ jamlanishi bilan u darhol yechiladi va bir oylik paketlar taqdim etiladi. Keyingi oylik abonent to’lovi yeсhilishi sanasi oxirgi abonent to’lovi yechilgan sanadan 1 oyga uzaytiriladi.
• Tarifda belgilangan oylik trafik qoldig’i amal qilish muddati tugashi bilan kuyadi, keyingi oyda taqdim etiladigan trafikga qo’shilmaydi.
• Tarif bo’yicha taqdim etilgan GB, daqiqa va SMSlarni faqatgina raqam faol holatda bo’lganida sarflash mumkin.
• Internetdan foydalanganda avval tarif bo’yicha, so’ng internet paketlar bo’yicha trafik sarflanadi.
• Tarifga kiritilgan oylik paket tugagandan so’ng uyali aloqa xizmatlaridan foydalanishingiz tarif rejangizda belgilangan narxlarga asosan amalga oshiriladi.
• Tarifga kiritilgan paketlar taqdim etilgungacha internet, SMS va qo’ng’iroqlar narxlanishi tarif bo’yicha standart narxlar asosida amalga oshiriladi. Tarifga kiritilgan paketlardan foydalanishni boshlashdan oldin, trafik sizga taqdim etilganiga ishonch hosil qiling. Gigabaytlarni tekshirish uchun *103#, daqiqalar uchun – *106#, SMSlar uchun -*105#.
• Abonent to’lovi yuqori bo’lgan tariflarga o’tilganda sarflanmay qolgan asosiy internet trafik qoldig’i saqlanib qolinadi va yangi tarif bo’yicha taqdim etiladigan asosiy internet trafikka qo’shiladi. Shuningdek amal qilish muddati so’nggi taqdim etilgan trafik muddatiga o’zgaradi. Tarif bo’yicha taqdim etilgan boshqa trafik (asosiy bo’lmagan GBlar, daqiqalar va SMSlar) qoldig’i kuyadi.
• Raqam ma’muriy blok holatiga tushirilganda blok holati uchun 421 so’m kunlik abonent to’lovi yechiladi. Shunda tarif bo’yicha oylik abonent to’lovi yechilmaydi. Raqam blok holatidan chiqarilganidan so’ng, agar abonent hisobida yetarli mablag’ mavjud bo’lsa, tarif rejaning oylik abonent to’lovi yechiladi va tarif bo’yicha yangi oylik limitlar taqdim etiladi. Sarflanmay qolgan avvalgi limitlar kuyadi. Keyingi abonent to’lovi yechilishi sanasi oxirgi oylik abonent to’lovi yechilgan kundan boshlab 1 oy muddatga suriladi. Agar oylik abonent to’lovi yechilishiga yetarli mablag’ bo’lmasa, u holda aloqa xizmatlaridan foydalanish tarifda belgilangan standart narxlarga asosan amalga oshiriladi. Agar raqam blok holatidan chiqarilgandan so’ng abonent hisobida abonent to’lovi yechilishi uchun yetarli mablag’ bo’lmasa, hisobdan mablag’ yechilmaydi va yangi trafik taqdim etilmaydi. Avvalgi oydan qolgan tarif reja trafiki mavjud bo’lsa, uning amal qilish muddati o’zgarmaydi va taqdim etilgan kundan 1 oy o’tgandan so’ng kuyadi.
• Tarif rejalarda balans nolga teng yoki qarz holatida bo’lganda ham, abonentlar barcha mobil raqamlardan qo’ng’iroqlar va SMS-xabarlar qabul qilishi mumkin
• O’zbekistonning chegara hududlarida (Qozog’iston, Tojikiston, Afg’oniston, Qirg’iziston, Turkmaniston chegaralarida) Camel-rouming uchun mablag’ yechilishini oldini olish uchun telefoningizning sozlamalar bo’limida «Beeline Uz» tarmog’ini tanlab qo’yib, telefon ekranida ko’rsatilayotgan operator nomiga ahamiyat berishingizni so’raymiz
• Хalqaro aloqa uchun hisob-kitob xalqaro aloqa narxi va shahar telefonlariga chiquvchi qo’ng’iroq narxini qo’shgan holda amalga oshiriladi. Qo’ng’iroqni qabul qiluvchi abonent tomonidan raqamni aniqlash xizmati, ovozli pochta xizmati, apparatida faksimil xizmati yoki modem ishga tushishi ulanish hisoblanadi.
• Barcha tariflarda ovozli xizmatlar uchun bir ulanishning davomiyligi 60 daqiqani tashkil etadi.
• Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 KB aniqlikda yaxlitlanadi.
• Internet sessiyasi ochilganda, Kompaniya tizimi balansdagi pul mablag’larini zaxiraga olib qo’yadi, ya’ni balansdagi pul mablag’lari boshqa pullik xizmatlardan foydalanish uchun yopilishi mumkin va balans tekshirilganda tizim hisobni to’ldirish zarurligi haqida xabar beradi.
• Agar abonentda internet-paket mavjud bo’lsa va sessiya uchun internet-paketda yetarli MB bo’lmasa (2 MBdan kam), bu holda keyingi hisoblashlar asosiy balansdan amalga oshiriladi (asosiy balansda mablag’ mavjud bo’lsa). Zaxiralangan pul mablag’lari summasi ishlatiladigan internet trafigi miqdoriga bog’liq bo’ladi. Internet sessiyasi tugashi bilan va ushbu sessiya uchun pul to’langach, abonent hisobidagi qolgan pul mablag’lari ishlatish uchun ochiladi.
• Mobil qurilmaning IMEI-kodini ro’yxatdan o’tkazish uchun Abonent raqami faol holatida bo’lishi kerak.