Bosh sahifa/Tariflar/YANGI TOP XIT

YANGI TOP XIT

Cheksiz qo'ng'iroqlar
18 GB
5 000 SMS

bo'yicha

O'zbekiston bo'ylab cheksiz qo'ng'iroqlar*

Internet

18 GB/oy

O'zbekiston bo'yicha kiritilgan SMS paketi*

5 000 SMS/oy
YANGI TOP XIT

Tarif rejasi

85 000

so'm/oy

Shartlar

Agarda daqiqa, SMS yoki MB tugasa

«Perezagruzka» xizmatini yoqtirish orqali siz tarif rejangiz bo’yicha taqdim etiladigan daqiqa, SMS va GB paketlarini muddatidan avval olishingiz mumkin.

«Perezagruzka» xizmatining narxi har bir so’rov uchun – 2000 so’m.

Xizmatni ulash uchun hisobda tarifga ulanish summasining minimal miqdori va «Perezagruzka» xizmatning narxi – 2000 so’m bo’lishi kerak.

«Perezagruzka» xizmati ulanganda hisobdan xizmat narxi – 2000 so’m va tarif reja bo’yicha oylik abonent to’lovi yechiladi. So’ng tarifga kiritilgan oylik daqiqa, MB va SMS paketlarining miqdori to’liq hajmda beriladi.

«Perezagruzka» xizmati yoqilganidan so’ng, tarif bo’yicha avval taqdim etilgan MB, daqiqalar va SMS paketlarning qoldig’i kuyadi.

Yangi taqdim etilgan oylik trafikning amal qilish muddati va oylik abonent to’lovi yechilishining navbatdagi sanasi oylik abonent to’lovining oxirgi yechilishi sanasidan boshlab 1 oy muddat qilib belgilanadi.

Xizmatga ulanish kodi : *5#

Qoldiqni qanday tekshirish mumkin?

Daqiqa *106#

Tarif bo’yicha va boshqa internet-paketlar bo’yicha MB *103#

SMS  *105#

Abonent to’lovining yechilish sanasini aniqlash *202#

Mahalliy aloqa

Kiruvchi qo’ng’iroqlar  0 so’m/daq.    
O’zbekiston bo’yicha qo’ng’iroqlar  300 so’m/daq.
O’zbekiston bo’yicha SMS  300 so’m/SMS   
Internet  225 so’m/MB

Xalqaro aloqa va sputnik aloqa

Markaziy Osiyoga (Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston) 3 500 so’m/daq.
Rossiyaga 3 500 so’m/daq.
Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon, Ukraina, Belarus, Moldova davlatlariga 3 500 so’m/daq.
Yevropaga 9 000 so’m/daq.
Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Singapur, Turkiya, Malayziyaga 9 000 so’m/daq.
Boshqa Osiyo mamlakatlariga 9 000 so’m/daq.
Amerika va Afrikaga 9 000 so’m/daq.
Avstraliyaga 9 000 so’m/daq.
Bitta xalqaro SMS xabar yo’llash 1 000 so’m

Sputnik aloqa

1- yo`ldosh – Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT (kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476) 25260 so’m/daq.
2 – yo`ldosh – Inmarsat V, Thuraya (kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037, 87038, 88216) 37890 so’m/daq.
3 – yo`ldosh – Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium (kodlar: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817) 92620 so’m/daq.
4 – yo`ldosh – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD, Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M (kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069) 126300 so’m/daq.

Boshqa tariflarga o'tish

Tarif rejaga o'tish va ulanish yopilgan. 
Ushbu tarifdan boshqa tariflarga o'tish.

Qo'shimcha ma'lumot

* Tarif reja bo’yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanish pullik bo’ladi va mablag’ asosiy balansingizdan tarif rejada belgilangan narxda yechiladi.
O’zbekiston bo’ylab chiqish qo’ng’iroqlarining texnologik cheklovi abonent to’lovi yechilgan kundan boshlab oyiga 45 000 daqiqani tashkil etadi. Qo’ng’iroqlar bir oy davomida ushbu limitdan oshsa, O’zbekiston bo’ylab qo’ng’iroqlar uchun to’lov tarif rejaga asosan yechiladi. Cheksiz qo’ng’iroqlar hisob-kitobi 1ta abonentga belgilanadi, konferens-aloqa vaqtidagi guruh qo’ng’iroqlarini hisobga olmaydi.

•  Keyingi oylik abonent to’lov yechilishi va trafik taqdim etish vaqti 1 oylik oraliq bilan (oyning birinchi kuniga bog’liq bo’lmagan holda), ya’ni oxirgi yechilgan abonent to’lov sanasi asosida amalga oshiriladi. Navbatdagi oylik abonent to’lovining yechilishi soat 00:00 dan 06:00 gacha bo’lgan vaqtda amalga oshiriladi. Agar oylik abonent toʻlovi oyning oxirgi kalendar kunida yechib olingan boʻlsa va bu sana keyingi kalendar oyida yo‘q bo‘lsa, kunlar sonidan qatʼi nazar, keyingi abonent toʻlovini yechib olish sanasi kalendar oyining oxirgi kuniga belgilanadi. Keyingi oylik abonent to‘lovi yechilishining barcha kunlari kalendar oyining xuddi shu sanasida amalga oshiriladi.
•    Hisobda qarz bo’lsa yoki abonent to’lovi yechilishi uchun yetarli mablag’ bo’lmasa, oylik abonent to’lovi yechilmaydi, trafik taqdim etilmaydi va abonent hisobi qarzga kirmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanganda mablag’ asosiy balansingizdan tarif rejangizda belgilangan narxlarda yechiladi. Hisob yetarli mablag’gacha to’ldirilgandan so’ng oylik abonent to’lovi yechilib, tarif bo’yicha SMS, MB va daqiqalar taqdim etiladi. Abonent to’lovi yechilishining navbatdagi sanasi abonent to’lovining oxirgi yechilishi sanasidan boshlab 1 oy muddat qilib belgilanadi.
•    Raqam ma’muriy blok holatiga tushirilganda, kunlik abonent to’lovining narxi – 421 so’mni tashkil etadi. Raqam blok holatidan chiqarilganidan so’ng, agar abonent hisobida yetarli mablag’ mavjud bo’lsa, tarif rejaning oylik abonent to’lovi yechiladi va tarif bo’yicha paketlar taqdim etiladi. Blok holatiga tushirilishidan avval mavjud bo’lgan trafik kuyadi. Keyingi abonent to’lovi yechilishi sanasi blok holatidan chiqarilgan kundan boshlab 1 oy muddatga suriladi. Agar abonent hisobida tarif reja bo’yicha paketlar mavjud bo’lsa, ammo abonent to’lovi yechilishi uchun hisobda yetarli mablag’ mavjud bo’lmasa, raqam blok holatidan chiqarilgandan so’ng hisobdan mablag’ yechilmaydi, qoldiq paketlarning amal qilish muddati o’zgarmaydi va taqdim etilgan kundan 1 oy o’tgandan so’ng kuyadi.
•    Shuni ma’lum qilamizki, tarif bo’yicha internet-trafik, daqiqalar, SMS qoldig’i va boshqa qo’shimcha xizmatlar qoldig’i haqida xabarlar 06:00 dan 00:00 gacha yuboriladi.
•    Tarif bo’yicha taqdim etiladigan trafik qoldig’i yangi taqdim etilgan trafikka qo’shilmaydi va 1 oy tugaganda kuyadi.
•  Bepul muloqot paketi tugagandan so’ng uyali aloqa xizmatlaridan foydalanishingiz tarif rejangizda belgilangan narxlarga asosan amalga oshiriladi. Tarifga kiritilgan paketlardan foydalanishni boshlashdan oldin, MB – *103#/SMS -*105#/daqiqa – *106# terib, bonuslar taqdim etilganligiga ishonch hosil qiling.
•   Taqdim etilgan daqiqa, SMS va MB paketlaridan faqatgina raqam faol holatda bo’lganida foydalanish mumkin.
•  Internetdan foydalanayotganda avval tarifdagi megabaytlar, so’ng Internet-paketdagi megabaytlar sarflanadi.
•  «Yangi TOP XIT» tarif rejasi boshqa tarif rejalariga o’zgartirilganida «Yangi TOP XIT» tarifiga kiritilgan daqiqa, MB, SMSlardan foydalanilmagan qoldiq kuyadi («Status NEW» turkumidagi tarif rejasiga o’zgartirish bundan mustasno). Qo’shimcha xarid qilingan paketlar (daqiqa, MB, SMS) bo’yicha trafik saqlanib qolinadi.
•  Ushbu tarif rejadan boshqa (abonent to’lovi yuqoriroq bo’lgan) tarif rejaga o’tilsa, amaldagi tarif reja bo’yicha sarflanmagan asosiy internet-trafik qoldig’I saqlanib qolinadi va yangi o’tilgan tarifdagi asosiy internet trafikka qo’shiladi. Trafik amal qilish muddati ham o’tilgan tarifning trafiki muddatiga tenglashtiriladi. Tarif bo’yicha taqdim etilgan boshqa trafik (asosiy bo’lmagan Mblar, daqiqa va SMSlar) qoldig’i kuyadi.
•   O’zbekistonning chegara hududlarida (Qozog’iston, Tojikiston, Afg’oniston, Turkmaniston, Qirg’iziston chegaralarida) Camel-rouming uchun mablag’ yechilishini oldini olish uchun telefoningizning sozlamalar bo’limida «Beeline Uz» tarmog’ini tanlab qo’yib, telefon ekranida ko’rsatilayotgan operator nomiga ahamiyat berishingizni so’raymiz
•  Хalqaro aloqa uchun hisob-kitob xalqaro aloqa narxi va shahar telefonlariga chiquvchi qo’ng’iroq narxini qo’shgan holda amalga oshiriladi. Qo’ng’iroqni qabul qiluvchi abonent tomonidan raqamni aniqlash xizmati, ovozli pochta xizmati, apparatida faksimil xizmati yoki modem ishga tushishi ulanish hisoblanadi.
•   Kompaniya boshqa mobil operatorlarning aniqlanmagan raqamidan va noto’g’ri prefiksdan kelgan kiruvchi qo’ng’iroqlar tariflanishining to’g’riligi yuzasidan javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi. Tariflash shahar raqamlari va boshqa mobil operatorlarining raqamlarini xalqaro formatda terishda to’g’ri bo’ladi (+99893, +99894xxx-xxxx Ucell; +99897xxx-xxxx Mobiuz; +99899xxx-xxxx UzMobile GSM; +99895xxx-xxxx UzMobile CDMA; +99898xxx-xxxx Perfectum Mobile)
•    «Elektron» hisobda mablag’lar to’liq sarflanib bo’lganda Operator Abonentga aloqa xizmatlarini cheklash, shu jumladan tugallanmagan suhbatini uzish va uni bloklangan holatga o’tkazish huquqiga ega. Bunda, Abonent ham Beeline abonentlaridan, ham boshqa mobil operatorlari abonentlaridan qo’ng’iroqlar va SMS qabul qilish, shuningdek 0611 raqamiga qo’ng’iroq qilish imkoniyatiga ega.
•   Bloklangan holatdan chiqish uchun (ya’ni pullik tranzaksiyalar – qo’ng’iroqlar, SMS yuborish, Internetdan foydalanish uchun) «elektron» hisobni ijobiy holatgacha to’ldirish kifoya. Agar ketma-ket 90 kun davomida Abonent «elektron» hisobidagi mablag’ nol yoki noldan past bo’lsa, Operator uchun bu abonentning aloqa xizmatlaridan foydalanishdan voz kechganligini anglatadi.
•    Xizmatlar sessiya davomida jo‘natilgan/qabul qilingan ma’lumotlar hajmi bo‘yicha tariflanadi. Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 KB aniqlikda yaxlitlanadi. Abonent to’lovi yechilganidan so’ng hisob to’g’ri tariflanishi uchun joriy sessiyani yakunlab, yangisini boshlash kerak.
•  Barcha tariflarda ovozli xizmatlar uchun bir ulanishning davomiyligi 60 daqiqani tashkil etadi.

Boshqa tariflar

eSIMni onlayn xarid qiling

Yangi raqam tanlash
Beeline
Balansingizni onlayn to'ldiring
Balansni to'ldiring

+998

so'm
Beeline
To‘lov usullari
Beeline
Ilovani ishlating

Shaxsiy kabinetda texnik ishlar olib borilmoqda, lekin siz bizning ilovamizdan foydalanishingiz mumkin