Qidiruv so'zini kiriting
Ommabop so'rovlar
Foydali havolalar
Uydagidek
Abonent hisobida yetarli mablag’ bo’lmagan taqdirda, oylik abonent to’lovi qarzga yechilmaydi va mos ravishda, kiritilgan trafik paketi taqdim etilmaydi. Bunday holda, aloqa xizmatlaridan yanada foydalanish uchun to’lov tarif shartlariga muvofiq standart tarifikasiya bo’yicha amalga oshiriladi.
O’zbekiston bo’ylab chiqish qo’ng’iroqlari – 100 so’m/daq.
O’zbekiston bo’yicha SMS – 100 so’m
Internet, 1 MB – 100 so’m
Qozog’iston va Rossiyadagi mahalliy raqamlarga chiquvchi qo’ng’iroqlar, 1000 so’m/min
Internet 1 MB 100 so’m
Qozog’iston va Rossiyada roumingda barcha kiruvchi qo’ng’iroqlar, 2500 so’m
O’zbekistonga chiqish qo’ng’iroqlar, 2 500 so’m /1 daq.
Xalqaro boshqa davlatlarga chiqish qo’ng’iroqlar, 25 260 so’m /1 daq.
Qozog’iston va Rossiya bo’ylab chiquvchi SMS, 1 000 so’m /1 ta SMS
Yuqoridagi tariflar, shuningdek Qozog’iston va Rossiyadagi tarifga kiritilgan trafik faqat abonent Beeline Qozog’iston yoki Beeline Rossiya tarmog’ida bo’lganida amal qiladi.
Abonent boshqa mobil tarmoqlarda Qozog’iston va Rossiyada yoki boshqa davlatlarda bo’lganida, roumingdagi qo’ng’iroqlar va SMS-lar hududning standart tariflashi bo’yicha narxlanadi.
Roumingda internet tarif rejasida quyidagicha narxlanadi:
– Qozog’istoning Beeline yoki Rossiyaning Beeline tarmog’ida trafik tugagandan so’ng 1 megabayt 100 so’m,
– Qozog’iston yoki Rossiyaning boshqa tarmoqlarida 1 megabayt 10 000 so’m
– «VEON» va «MDH»ning boshqa mamlakatlarida 1 megabayt 10 000 so’m
– «Mashhur mamlakatlar» hudularida 1 megabayt 20 000 so’m,
– boshqa tarif zonalarida, standart rouming tariflariga asosan sarflanadi. Batafsil
Kiritilgan daqiqa, SMS va MBlar paketi tugagandan so’ng, sarflanish tarif rejaga muvofiq amalga oshiriladi.
«Perezagruzka» xizmatini yoqtirish orqali siz tarif rejangiz bo’yicha taqdim etiladigan daqiqa, SMS va MB paketlarini muddatidan avval olishingiz mumkin.
«Perezagruzka» xizmatining narxi har bir so’rov uchun – 2000 so’m.
Xizmatni ulash uchun hisobda tarifga ulanish summasining minimal miqdori va «Perezagruzka» xizmatning narxi – 2000 so’m bo’lishi kerak.
«Perezagruzka» xizmati ulanganda hisobdan xizmat narxi – 2000 so’m va tarif reja bo’yicha oylik abonent to’lovi yechiladi. So’ng tarifga kiritilgan oylik daqiqa, Mb va SMS paketlarining miqdori to’liq hajmda beriladi.
«Perezagruzka» xizmati yoqilganidan so’ng, tarif bo’yicha avval taqdim etilgan MB, daqiqalar va SMS paketlarning qoldig’i kuyadi.
Yangi taqdim etilgan oylik trafikning amal qilish muddati va oylik abonent to’lovi yechilishining navbatdagi sanasi oylik abonent to’lovining oxirgi yechilishi sanasidan boshlab 1 oy muddat qilib belgilanadi.
Xizmatga ulanish kodi : *5#
Xalqaro aloqa
Markaziy Osiyoga (Qozog`iston, Tojikiston, Qirg`iziston, Turkmaniston) 2280 so’m/daq.
Boshqa MDH mamlakatlariga 3280 so’m/daq.
Yevropaga 6820 so’m/daq.
Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Singapur, Turkiya, Malayziyaga 8840 so’m/daq.
Boshqa Osiyo mamlakatlariga 10350 so’m/daq.
Amerika va Afrikaga 7830 so’m/daq.
Avstraliyaga 11370 so’m/daq.
Bitta xalqaro SMS xabar yo`llash 500 so’m
Sputnik aloqa
1- yo`ldosh – Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT
(kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476) 25260 so’m/daq.
2 – yo`ldosh – Inmarsat V, Thuraya
(kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037, 87038, 88216) 37890 so’m/daq.
3 – yo`ldosh – Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium
(kodlar: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817) 92620 so’m/daq.
4 – yo`ldosh – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD, Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M
(kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069) 126300 so’m/daq.
«Uydagidek» tarif rejasiga «STATUS», «Status NEW», «Status+», tariflari turkumi, hamda «PLATINUM», «GOLD», «SILVER», «Status Silver OLD», «ZO’R 20», «ZO’R 15», «ProInternet 30 GB» tariflaridan o’tish – 5 000 so’mni tashkil etadi. Qolgan tariflardan o’tish – bepul.
¹ Birinchi oy uchun abonent to‘lovi 60 000 so‘m
Keyingi oydan oylik abonent to‘lovi 55 000 so‘m/oy.
Birinchi oydagi taqdim qilinadigan paket hajmi 500 daqiqa va 500 MB ga oshdi.
* Tarif reja bo’yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi.
• Tarif rejalarga yangi ulanganda yoki tarifga o’tganda oylik abonent to’lovining yechilishi va tarif bo’yicha trafik taqdim etilishi tungi soat 00:00 dan ertalab 06:00 gacha bo’lgan vaqtda amalga oshiriladi. Navbatdagi oylik abonent to’lovi yechilishi va tarif bo’yicha trafik taqdim etilishi 1 oylik vaqt oralig’ida (oyning birinchi sanasiga bog’liq bo’lmagan holda) amalga oshiriladi. Agar oylik abonent toʻlovi oyning oxirgi kalendar kunida yechib olingan boʻlsa va bu sana keyingi kalendar oyida yo‘q bo‘lsa, kunlar sonidan qatʼi nazar, keyingi abonent toʻlovini yechib olish sanasi kalendar oyining oxirgi kuniga belgilanadi. Keyingi oylik abonent to‘lovi yechilishining barcha kunlari kalendar oyining xuddi shu sanasida amalga oshiriladi.
• Tarif rejalarga ulanganda yoki o’tishda oylik abonent to’lovi va oylik trafikka ega paket to’liq hajmda, ya’ni, abonent to’lovining yechilishi va trafik taqdim etilishi oyning qolgan kunlaridan qat’iy nazar to’liq taqdim etiladi.
• Tarif rejalar bo’yicha oylik abonent to’lovining navbatdagi yechilishida, tizim oylik abonent to’lovining yechilishi uchun to’liq miqdor mavjudligini tekshiradi. Agar u mavjud bo’lsa – oylik abonent to’lovi yechiladi va oylik trafikli paket taqdim etiladi. Abonent hisobida yetarli mablag’ bo’lmagan taqdirda, oylik abonent to’lovi qarzga yechilmaydi va mos ravishda, kiritilgan trafik paketi taqdim etilmaydi. Bunday holda, aloqa xizmatlaridan foydalanish uchun to’lov tarif shartlariga muvofiq standart tarifikatsiya bo’yicha amalga oshiriladi.
• Bir oylik abonent to’lovini to’lash uchun yetarli mablag’ abonent hisobida bo’lishi bilan u darhol yechiladi va bir oylik trafik paketi taqdim etiladi, keyingi oylik abonent to’lovi yechilishi sanasi oxirgi yechilgan paytidan boshlab 1 oy muddatiga suriladi.
• Tarifda belgilangan oylik paketlaridagi trafik qoldig’i amal qilish muddati tugashi bilan kuyadi va keyingi taqdim etiladigan paketlarning trafikiga qo’shilmaydi.
• Kiritilgan daqiqalar, SMS va MBlar paketi faqatgina abonent raqami faol holatda bo’lganida sarflashi mumkin.
• Kiritilgan trafik paketi taqdim etishidan oldin internet, qo’ng’iroqlar va SMSlar tarifning standart narxida yechiladi. Tarifga kiritilgan paketlardan foydalanishni boshlashdan oldin, megabaytlar uchun – *103#, daqiqalar uchun – *106#, SMSlar uchun -*105# kodlari orqali taqdim etilgan trafiklarni tekshirib olishingizni tavsiya qilamiz.
• Kiritilgan daqiqalar, SMS va MBlar paketi tugagandan so’ng, narxlanish belgilangan tariflarga muvofiq amalga oshiriladi.
• Xizmatni ulash uchun hisobda 55 250 so’m va «Perezagruzka» xizmatning narxi – 2000 so’m bo’lishi kerak. «Perezagruzka» xizmati ulangandan so’ng tarifga kiritilgan oylik daqiqa, Mb va SMS paketlarining miqdori to’liq hajmda beriladi. «Perezagruzka» xizmati yoqilganidan so’ng, tarif bo’yicha avval taqdim etilgan MB, daqiqalar va SMS paketlarning qoldig’i kuyadi.
• Raqam ma’muriy blok holatiga tushirilganda blok holati uchun 421 so’m kunlik abonent to’lovi yechiladi. Shu bilan birga tarif bo’yicha abonent to’lovi yechilmaydi. Raqam blok holatidan chiqarilganidan so’ng, agar abonent hisobida yetarli mablag’ mavjud bo’lsa, tarif rejaning oylik abonent to’lovi yechiladi. Keyingi abonent to’lovi yechilishi sanasi blok holatidan chiqarilgan kundan boshlab 1 oy muddatga suriladi. Agar oylik abonent to’lovi yechilishiga yetarli mablag’ bo’lmasa, u holda aloqa xizmatlaridan foydalanish tarifda belgilangan standart narxlarga asosan amalga oshiriladi. Agar abonent hisobida tarif reja bo’yicha paketlar mavjud bo’lsa, ammo abonent to’lovi yechilishi uchun hisobda yetarli mablag’ mavjud bo’lmasa, raqam blok holatidan chiqarilgandan so’ng hisobdan mablag’ yechilmaydi, qoldiq paketlarning amal qilish muddati o’zgarmaydi va taqdim etilgan kundan 1 oy o’tgandan so’ng kuyadi.
• Abonentning balansida 180 kun davomida mablag’ 0 yoki 0 dan past bo’lsa, ushbu holatda Operator abonentni aloqa xizmatlaridan foydalanishdan bir tomonlama va butunlay voz kechganligi deb qabul qiladi.
• Mazkur narxnomaning 3-sonli bo’lim ro’yxatida ko’rsatilgan davlat va ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan veb-resurslardan foydalanish O’zbekiston hududida amaldagi tarif rejalari doirasida narxlanmaydi.
• Ushbu tarif rejalarda bo’lgan abonentlar, uyali aloqa operatorlari raqamlaridan kiruvchi qo’ng’iroqlar va SMSlarini hisobda hatto nol va salbiy bo’lgan taqdirda ham qabul qilish mumkin.
• O’zbekistonning chegara hududlarda Camel-rouming xizmati uchun ortiqcha mablag’ yechilmasligi uchun (Qozog’iston, Tojikiston, Qirg’iziston, Turkmaniston, Afg’oniston), telefon apparatingizdan «Beeline Uz» tarmoqni qo’l sozlama yordamida tanlab olishingiz lozim;
• Qo’ng’iroqni qabul qiluvchi abonent tomonidan apparatida faksimil xizmati, raqamni aniqlash xizmati, ovozli pochta xizmati, modem va hokazo qurilmalardan qabul qilingan qo’ng’iroqlarning qabul qilinishi fakti hisoblanadi;
• Barcha tarif rejalarda muloqot uchun maksimal suhbat davomliyligi 60 daqiqa etib belgilagan;
• Internet sessiya ochilishi bilan Kompaniyaning tizimi balansdagi pul mablag’larini zahira qiladi, ya’ni balansda qolgan pul mablag’i boshqa pulli xizmatlardan foydalanishni imkoniyati bo’lmasligi mumkin, hamda balans tekshirilganda tizim hisobni to’ldirish zarurligi haqida ma’lumot beradi.
• Agar abonentda internet-paket mavjud bo’lsa va sessiya uchun internet-paketda (2 Mbdan kam) yetarli Mb bo’lmasa, bu holda keyingi hisoblashlar asosiy balansdan amalga oshiriladi (unda pulli mablag’ mavjud bo’lgan holda). Hisobingizdan rezervlangan pul miqdori foydalangan internet trafikga bog’liq. Internet sessiya tugashi bilan harajat hisoblanadi va abonent hisobidan yechiladi, qolgan pul mablag’lari boshqa xizmatlarga foydalanish imkoniyati ochiladi.
• MChJ “Unitel” mijozlarni qo’llab-quvvatlash markaziga qo’ng’iroqlar «O’zbekistonga chiquvchi qo’ng’iroq» narxi bo’yicha baholanadi. Bizga yozma ravishda Onlayn qo’llab-quvvatlash chati orqali, Telegram +998901850055 yoki 0611@beeline.uz elektron manziliga murojaat qiling va biz siz bilan imkon qadar tezroq bog’lanamiz!