Qidiruv so'zini kiriting
Ommabop so'rovlar
Foydali havolalar
MEGA XIT
«Perezagruzka» xizmatini yoqtirish orqali siz tarif rejangiz bo‘yicha taqdim etiladigan daqiqa, SMS va MB paketlarini muddatidan avval olishingiz mumkin.
«Perezagruzka» xizmatining narxi har bir so‘rov uchun – 2000 so‘m.
Xizmatni ulash uchun hisobda tarifga ulanish summasining minimal miqdori va «Perezagruzka» xizmatining narxi – 2000 so‘m bo‘lishi kerak.
«Perezagruzka» xizmati ulanganda hisobdan xizmat narxi – 2000 so‘m va tarif reja bo‘yicha abonent to‘lovi yechiladi. So‘ng tarifga kiritilgan daqiqa, MB va SMS paketlarining miqdori to‘liq hajmda beriladi.
«Perezagruzka» xizmati yoqilganidan so‘ng, tarif bo‘yicha avval taqdim etilgan MB, daqiqalar va SMS paketlarning qoldig‘i kuyadi.
Yangi taqdim etilgan trafikning amal qilish muddati va abonent to‘lovi yechilishining navbatdagi sanasi abonent to‘lovining oxirgi yechilishi sanasidan boshlab 14 kun muddat qilib belgilanadi.
Xizmatga ulanish kodi : *5#
Tarmoq ichidagi chiquvchi qo’ng’iroqlarning narxi daq. 100 so’m
Boshqa yo’nalishga chiquvchi qo’ng’iroqlarning narxi daq. 125 so’m
Mahalliy SMS narxi 120 so’m
Internet-trafikning narxi 1 MB 630 so’m
Markaziy Osiyo (Qozog’iston, Tojikiston, Qirg’iziston, Turkmaniston) 2280 so’m
Boshqa MDH davlatlar 3280 so’m
Yevropa 6820 so’m
Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Singapur, Turkiya, Malayziya 8840 so’m
Boshqa Osiyo mamlakatlari 10350 so’m
Amerika, Afrika 7830 so’m
Avstraliya 11370 so’m
Bitta xalqaro SMS yuborish 500 so’m
Sputnik 1 – Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT (kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476) 25260 so’m
Sputnik 2 – Inmarsat В, Thuraya (kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037, 87038, 88216) 37890 so’m
Sputnik 3 – Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium (kodlar: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817) 92620 so’m
Sputnik 4 – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD, Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M (kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069) 126300 so’m
Tarif rejaga o’tish va ulanish yopilgan. Ushbu tarifdan «Status NEW» turkumiga, shuningdek «YANGI MEGA XIT», «YANGI TOP XIT» tariflariga o’tish – 0 so’m; «YANGI XIT» tarifi uchun – 10 000 so’m; «YANGI SUPER XIT» tarifi uchun – 6 000 so’m; boshqa tariflardan o’tish – 2 000 so’m.
* Tarif reja bo’yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanish pullik bo’ladi va mablag’ asosiy balansingizdan tarif rejada belgilangan narxda yechiladi.
– Shuni ma’lum qilamizki, internet-trafik, tariflar uchun daqiqalar va SMS-xabarlar, shuningdek boshqa qo’shimcha xizmatlar qoldig’i haqida ma’lumot berilishi soat 06:00 dan 00:00 gacha taqdim etiladi.
– Ushbu tarif rejaga yangi ulanganda yoki o’tilganda taqdim etilgan trafikning amal qilish muddati va abonent to’lovining keyingi yechilish sanasi 14 kunni tashkil etadi. Abonent to’lovi yechilishining keyingi sanalari 14 kunlik oraliq bilan amalga oshiriladi.
– Taqdim etilgan daqiqalar va MB paketi 14 kun muddat tugagandan so’ng bekor bo’ladi va jamlanmaydi.
– Tarif bo’yicha kiritilgan daqiqa va MB paketlari faqat abonent raqami faol holatida amal qiladi.
– Internetdan foydalanayotganda avval tarifdagi megabaytlar, so’ng Internet-paketdagi megabaytlar sarflanadi.
– Raqam ma’muriy blok holatiga tushirilganda, kunlik abonent to’lovning narxi – 421 so’m tashkil etadi. Blok holatidan yechilgandan so’ng, tarif rejaning 14 kunlik uchun abonent to’lovi yechilib, tarif bo’yicha kiritilgan daqiqa va MB paketlari taqdim etiladi. Shunda avvalgi berilgan paketdagi daqiqa va MB qoldig’i bekor bo’ladi. Keyingi abonent to’lovning hisobdan yechilish sanasi blok holatidan yechilgan kunidan boshlab 14 kun muddatiga suriladi.
– Tarif bo’yicha abonent to’lovi yechilishi va bonuslar taqdim etilishi soat 00:00 dan 06:00 gacha bo’lgan vaqt orasida amalga oshiriladi. Kiritilgan paketdan foydalanishni boshlashdan avval *103# / *106# kodini terib, sizga paketlar berilganligiga ishonch hosil qiling. Paketlar taqdim etilishiga qadar qo’ng’iroqlar va Internet tarifning standart qiymati bo’yicha narxlanadi.
– Agar abonent hisobida ijobiy mablag’ bo’lib, lekin oylik abonent to’lov yechilishi uchun yetarli mablag’ bo’lmasa, u holda abonent to’lov bir marta minusga yechiladi va tarif bo’yicha kiritilgan daqiqa va MB paketlarining to’liq miqdori taqdim etiladi.
– Abonent raqami nofaol holatda bo’lsa, abonent to’lovi yechilmaydi va trafik taqdim etilmaydi. Agar hisobni to’ldirgandan so’ng, blok holatidan chiqsa, oylik abonent to’lovning yechilishi soat 00:00 dan 06:00 gacha bo’lgan vaqtda yechilib, tarif bo’yicha kiritilgan daqiqalar va megabaytlarning hajmi to’liq taqdim etiladi.
– TAS-IX hududi, Facebook, Instagram, Odnoklassniki ijtimoiy tarmoqlari, IMO, Telegram, WhatsApp, Viber messenjerlar uchun mo’ljallangan megabaytlar ma’lum bir IP-manzillar to’plami (ushbu xizmatlarning ilovalarini o’z ichiga oladi) doirasida sarflanadi. Yuqorida sanab o’tilgan ro’yxat bo’yicha resurs egalari tomonidan IP-manzillar o’zgartirilganda, shuningdek TAS-IX hududi, Facebook, Instagram, Odnoklassniki ijtimoiy tarmoqlari, IMO, Telegram, WhatsApp, Viber messenjerlarga kirmaydigan trafik (ushbu turkumga kiruvchi ilovalardan foydalanishda paydo bo’ladigan smartfon operatsion tizimi trafigi, shuningdek, ushbu xizmatlarga tegishli bo’lmagan uchinchi tomon xizmatlarni o’z ichiga oladi) sarflanishi tarif rejangizga muvofiq asosiy internet-paket yoki hisobdan amalga oshiriladi.
-TAS-IX hududi uchun megabaytlar, Facebook, Instagram, Odnoklassniki ijtimoiy tarmoqlari, IMO, Telegram, WhatsApp, Viber messenjerlari proksi-serverlar (shu jumladan VPN) orqali ishlaydigan ilovalardan foydalanishda sarflanmaydi.
– Хalqaro aloqa uchun hisob-kitob xalqaro aloqa narxi va shahar telefonlariga chiquvchi qo’ng’iroq narxini qo’shgan holda amalga oshiriladi.
– Kompaniya boshqa mobil operatorlarning aniqlanmagan raqamidan va noto’g’ri prefiksdan kelgan kiruvchi qo’ng’iroqlar tariflanishining to’g’riligi yuzasidan javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi. Tariflash shahar raqamlari va boshqa mobil operatorlarining raqamlarini xalqaro formatda terishda to’g’ri bo’ladi (+99893, +99894xxx-xxxx Ucell; +99897xxx-xxxx Mobiuz; +99899xxx-xxxx UzMobile GSM; +99895xxx-xxxx UzMobile CDMA; +99898xxx-xxxx Perfectum Mobile).
– «Elektron» hisobidan mablag’ to’liq sarflanib bo’lgandan so’ng, Operator Abonentga aloqa xizmatlarini cheklash, shu jumladan tugallanmagan suhbatini to’xtashi va uni blok holatiga o’tkazish huquqiga ega. Shu bilan birga, abonent o’z tarmog’i abonentlaridan va boshqa mobil aloqa operatorlari abonentlaridan qo’ng’iroqni va SMSlarni qabul qilish, shuningdek, 0611 raqami orqali ma’lumot xizmatiga qo’ng’iroq qilish imkoniyatiga ega.
– Blok holatidan chiqish uchun (ya’ni pullik operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatini olish uchun – qo’ng’iroqlar, SMS yuborish, internetdan foydalanish va h.k.) «elektron» hisobni ijobiy qiymatga qadar to’ldirish kerak.
– Agar 90 kun davomida ketma-ket Abonentning «elektron» hisobidagi mablag’i nol yoki noldan past bo’lsa, Operator uchun bu abonentning aloqa xizmatlaridan foydalanishdan bir tomonlama voz kechishi hisoblanadi.
– Xizmatlar sessiya davomida jo’natilgan/qabul qilingan ma’lumotlar hajmi bo’yicha narxlanadi. Foydalanilgan trafik hajmi 16 KB gacha bo’lgan aniqlikda katta tomonga yaxlitlanadi. Balansdan mablag’ni to’g’ri yechilishi uchun joriy sessiyani to’xtatib, abonent to’lovi yechilganidan keyin yangi sessiyani boshlash kerak bo’ladi.
– Aloqa telekommunikatsiya kanallaridan eng maqbul foydalanish, shuningdek, abonentlarning manfaatlarini ularning uskunalaridan ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish maqsadida Kompaniya ovozli xizmatlar uchun bir ulanishning davomiyligini – 60 daqiqa etib belgilaydi.
– Ushbu tarif rejada «Erkin muloqot», «Mega hafta», «Do it», shuningdek, «Konferens-aloqa» xizmatlari amal qiladi.
– Tarif reja o`zgartirilganida unga kiruvchi trafik (daqiqa/MB/SMS) bekor bo’ladi. Xarid qilingan internet va SMS paketlari bo`yicha trafik saqlanib qoladi.
– Narxlar QQS bilan ko’rsatilgan.