«Mobil to'lov» xizmatini faollashtirish uchun foydalanuvchi Beepul ilovasining 3.0.4 versiyasini yuklab olishi/yangilashi kerak, Beeline raqami orqali ilovadan ro'yxatdan o'tib, xizmatni yoqishi kerak bo’ladi.
«Mobil to'lov» xizmatiga ulanish va undan foydalanishni boshlash uchun:
1. Beepul mobil ilovasini ochib, Beeline raqami orqali ro'yxatdan o'tish;
2. «Mening kartalarim» bo'limiga o'tib, xizmatni faollashtirish kerak;
3. Xizmatni faollashtirishda raqamga maxfiy kod bilan SMS-xabar yuboriladi, uni mobil ilovaga kiritish kerak bo’ladi;
4. Xizmatga ulangandan so'ng «Mening kartalarim» bo'limida Beeline raqamining mobil balansi ko'rsatiladi;
5. Xizmatdan foydalanishni boshlash uchun «To'lov» bo'limiga kirib, xizmat ko'rsatuvchini tanlab, shaklni to'ldirib va «To'lov uchun karta» bo'limida Beeline mobil balansini tanlash kerak;
6. To'lovni tasdiqlash kerak.
«Mobil to'lov» xizmati yordamida Siz Beepul mobil ilovasidan xizmat ko'rsatuvchilarga to'lovni amalga oshirishingiz mumkin.
Hozirgi vaqtda «Mobil to'lov» xizmati Beeline mobil aloqa, Buzton xalqaro kartalari, Buzton telefoniya va Beeline Data center to'lovlari hamda bank kartasiga mablag' o'tkazish uchun amal qilmaydi. «Mobil to'lov» xizmati «Ishonchli to'lov» xizmati ulangan abonentlar uchun amal qilmaydi.
Qo'shimcha ma'lumot:
- «Mobil to'lov» xizmati «Beeline» ning oldindan to'lov tizimidagi (jismoniy shaxslar) Beepul mobil ilovasining foydalanuvchilari uchun amal qiladi;
- Xizmat narxi to'lov miqdoridan 4% ni tashkil etadi (xizmat narxi mobil hisobdan yechiladi);
- «Mobil to'lov» xizmatidan foydalangandan so'ng, mobil hisobdagi mablag’ qoldig’i kamida 2000 so'm bo’lishi kerak.