Facebook, Odnoklassniki, Telegram, Whatsapp, Viber, TAS-IX uchun
30
MB/kun
Ulanish uchun hisobdagi minimal mablag’ miqdori
2,000
so'm
Qisqacha ma'lumot
Har kunlik avtomatik tarzida belgilangan kunlik internet-paket.
Endi paketni ulash uchun kodni har safar terishning hojati yo'q!
Uni bir marta terganingizdan so'ng, har kuni odatdagi hajmda internet-trafik taqdim etiladi.
«Kun» paketini ulanishida sizga qo'shimcha bonus trafik beriladi. Ushbu trafikni Facebook, Odnoklassniki ijtimoiy tarmoqlariga, TAS-IX, shuningdek Viber, WhatsApp va Telegram messenjerlariga sarflashingiz mumkin!
«Kun» internet-paketi o’chirilganda, undagi trafik qoldig'i kuymaydi va ushbu paket uchun abonent to'lovi yechilishining o'rnatilgan vaqtini muddatigacha amal qiladi.
«Kun» internet-paketi o’chirilganda, balansda boshqa internet-paketning qoldig’i mavjud bo'lsa, trafiklar jamlanadi va amal qilish muddati ushbu ikki paketning amal qilish muddatidan kelib chiqqan holda yanada kechroq muddatga suriladi.
Istalgan vaqtda qo'shimcha paketga buyurtma berishingiz va internetdan qulay narxda foydalanishni davom ettirishingiz mumkin!
Balansingizdagi trafik qoldig'ini *103# kodi yordamida nazorat qilishingiz mumkin (ma'lumot kilobaytlarda ko'rsatiladi).
E'tibor bering! Boshqa internet-paketlar va aksiyalarda internet trafik qoldig'i yo'qligiga ishonch hosil qiling. Har bir keyingi internet-paketning ulanishida mavjud bo’lgan paketni amal qilish muddati oxirgi xarid qilingan paketning amal qilish muddatiga muvofiq belgilanadi, megabaytlar esa jamlanadi («Klik» va «Click+» tarif rejalaridagi tungi megabaytlardan tashqari).
Basharti abonentda internet paket mavjud bo’lsa va agar internet paketda sessiya uchun MB yetarli bo’lmasa (2 Mb dan kam), unday holda qo’shib hisoblash asosiy balansdan amalga oshiriladi (unda pul mablag’i mavjud bo’lgan hollarda).
Zaxira sifatida olib qo’yilgan pul summasi foydalanilayotgan internet trafik miqdoriga bog’liq bo’ladi. Internet sessiya tugashi bilan, uning hisobidan qo’shib yozish ham sodir bo’ladi, abonent hisobida qolgan pul mablag’i sarflash uchun ochiq bo’ladi.
- Shuni ma’lum qilamizki, internet trafik qoldig'i, paketlar va tariflar uchun daqiqalar va SMS-xabarlar, shuningdek boshqa qo'shimcha xizmatlar uchun ma'lumot berish 06:00 dan 00:00 gacha qabul qilinadi.
- Hisobda mablag' yetarli bo'lmagan hollarda, shuningdek abonentning hisobi salbiy balansda bo'lganda, kunlik «KUN» internet-paketlari uchun to'lov miqdori yechilmaydi va tegishli trafik taqdim etilmaydi;
- Internet-paket barcha oldindan to'lov tizimi abonentlariga amal qiladi.
- «Kun» paketining amal qilish muddati ulanish paytidan boshlab 1 kunni tashkil etadi, (ya'ni kunning oxirigacha taqdim etiladi). Bundan tashqari, Abonent, "Кun" Internet paketining o'chirish kodini termagunicha, har kuni MB taqdim etiladi va abonent to'lovi yechiladi
- Paket faollashtirilgan kundan boshlab 1 kunlik muddat o’tishi bilan, yangisini faollashtirish amalga oshirilmagan taqdirda, ishlatilmasdan qolgan trafik kuyib ketadi.
- Ulangan trafik tugashi bilan yoki paketning muddati o’tishi bilan, trafik narxnomaga muvofiq tarifikatsiyalanadi.
- «Kun» va «Hafta» paketlar qatoridan internet-paket xarid qilinganda «Klik» va «Click+» tarif rejalarida tungi bonuslar taqdim etilmaydi.
- «Kun» internet paketi bilan birga «Kun +», «Hafta», «Hafta +» va «Oy» internet-paketlarini ulash imkoniyati mavjud. Shu bilan birga, «Kun» internet-paketi boshqa paketlarning trafiki bilan qo’shilmaydi va aksincha teskari variantda ham qo’shilmaydi. Sarflanishi avval «Kun» paketidan, so'ng qolgan paketlar bo'yicha amalga oshiriladi;
- Hisobingiz 210 so'm 50 tiyindan kam bo'lgan holatda Internet хizmatining ishlashiga kafolat berilmaydi
- Xizmatlar sessiya davomida jo‘natilgan/qabul qilingan ma’lumotlar hajmi bo‘yicha tariflanadi. Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 KB aniqlikda yaxlitlanadi.
- Tarif rejasini yoki raqamni o’zgartirish chog’ida paketlar taqdim etish shartlari o’zgarmaydi.
- Paketlar faqat O'zbekiston hududida amal qiladi.
- Barcha narxlar QQS bilan keltirilgan.