Istalgan paytda siz qo’shimcha paket buyurtma berishingiz va qulay narxlarda internetdan foydalanishda davom etishingiz mumkin! Balansdagi trafik qoldig'ini *103# kodi yordamida nazorat qilish mumkin (ma'lumot kilobaytlarda ko'rsatiladi).
Diqqat! Sizda boshqa internet-paket va aksiyalar bo’yicha internet trafik qoldiqlari mavjud emasligiga ishonch hosil qiling. Har bir navbatdagi internet paketga ulanish chog’ida amaldagi paketning amal qilish muddati oxirgi xarid qilingan paketning amal qilish muddatiga muvofiq o’rnatiladi, megabaytlar esa jamlanadi («Klik» va «Cliсk+» tarif rejalaridagi tungi megabaytlardan tashqari).
Agar abonentda internet paketi mavjud bo'lsa va sessiya uchun internet paketidan (2 Mb dan kam) MB yetarli bo'lmasa, hisob-kitoblar asosiy balansdan (unda pul mablag'lari mavjud bo'lgan taqdirda) amalga oshiriladi.
Zaxiralangan mablag' miqdori foydalanilayotgan internet-trafik miqdoriga bog'liqdir. Internet sessiya tugashi bilan, uning uchun to'lovlar abonent hisobidagi mablag'laridan sarflanishi mumkin bo'ladi.
- Shuni ma’lum qilamizki, internet trafik qoldig'i, paketlar va tariflar uchun daqiqalar va SMS-xabarlar, shuningdek boshqa qo'shimcha xizmatlar uchun ma'lumot berish 06:00 dan 00:00 gacha qabul qilinadi.
- Internet-paket barcha oldindan to'lov tizimi abonentlari uchun amal qiladi.
- «Kun+» paketining amal qilish muddati ulanish vaqtidan boshlab (keyingi kunni oxirigacha) 1 kunni tashkil etadi.
- Paket faollashtirilgan kundan boshlab 1 kun o'tganidan so'ng, yangi paket faollashtirilmasa, foydalanilmagan trafik bekor bo’ladi.
- Ulangan trafik yoki paket muddati tugagandan so'ng, trafik narxnomaga muvofiq narxlanadi.
- «Klik» va «Click+» tarif rejalarida «Kun» yoki «Hafta» turkumidagi internet-paketlarni xarid qilishda tungi bonus taqdim etilmaydi.
- Internet xizmatining ishlashiga kafolati faqat hisobda 210,5 so'mdan kam bo'lmagan miqdorda amalga oshirilishi mumkin.
- Xizmatlar sessiya davomida jo’natilgan/qabul qilingan ma'lumotlar hajmi bo'yicha narxlanadi. Foydalanilgan trafik hajmi 16 KB ga teng bo'lgan katta tomonga yaxlitlanadi.
- Tarif reja yoki raqamni o'zgartirganda paketlarni taqdim etish shartlari o'zgarmaydi.
- Paketlar faqat O'zbekiston hududida amal qiladi.
- Barcha narxlar QQS bilan ko'rsatilgan.