500 MB
- Ulanish narxi5000 so'm
- MB barcha tarmoqlar uchun500 MB / kun
Ulanish kodi *1*0*3#
MB *103#
Sizda avtomatik uzaytiriladigan internet-paketni ulash imkoniyati mavjud. Ya’ni, siz USSD-kod yordamida yoki Beeline Uzbekistan ilovasi orqali xizmatni mustaqil o‘chirmaguningizga qadar sizga har kuni internet-trafik taqdim etiladi. Birinchi kun trafik kunning oxirigacha taqdim etiladi.
Avtomatik uzaytiriladigan paketning ulanish kodi *5*0*3#
Avtomatik uzaytiriladigan paketning o‘chirish kodi *5*0#
Avtomatik uzaytiriladigan paket o‘chirilganda sarflanmagan trafik saqlanadi va ushbu paket uchun oxirgi abonent to‘lovi yechib olinganda belgilangan muddatigacha amal qiladi. Boshqa paketdan sarflanmagan MB qoldig‘i bo‘lgan holatda, trafiklar qo‘shiladi va muddati eng kech bo‘lgan paketning muddatiga ko‘ra amal qiladi.
Abonent to‘lovi yechilishi va trafikning taqdim etilishi har 1 kunda oxirgi muvaffaqiyatli yechib olingan vaqtda amalga oshiriladi. Bundan oldin taqdim etilgan kunlik avtomatik uzaytiriladigan paket bo‘yicha sarflanmagan trafik bo‘lgan holda, paketlar trafigi qo‘shilib, amal qilish muddati oxirgi taqdim etilgan paket (ya’ni, to‘lov yechib olingan vaqtga muvofiq) muddatiga ko‘ra o‘rnatiladi.
Masalan: agar paket dushanba kuni soat 15:43 da faollashtirilgan yoki uzaytirilgan bo‘lsa, keyingi to‘lov yechilishi va trafik taqdim etilishi seshanba kuni ayni 15:43 da amalga oshiriladi.
Paketning navbatdagi to‘lovi uchun abonent hisobida yetarli mablag‘ bo‘lmasa, abonent to‘lovi yechilmaydi va paket bo‘yicha belgilangan trafik taqdim etilmaydi. Sarflanmagan trafik esa kuyadi. Paket bo‘yicha abonent to‘lovini to‘lash uchun yetarli mablag‘ jamlanishi bilan xizmat uchun darhol to‘lov yechiladi va kiritilgan internet trafik taqdim etiladi. Internet-paketning shartlariga muvofiq, amal qilish muddati paketning oxirgi abonent to‘lovi yechilgan kuniga ko‘ra o‘rnatiladi. Internet-paket bo‘yicha trafik abonent raqami faol holatida amal qiladi.
Taqdim etilgan trafik tugaganida yoki paket muddati yakunlanganda, internet trafikning keyingi sarflanishi Abonentning tarif rejasi shartlariga muvofiq narxlanadi.
Raqam ma’muriy blok holatiga tushirilganda, abonent to‘lovi yechilmaydi, trafik taqdim etilmaydi. Blokdan chiqarilgandan so‘ng, agar abonent hisobida abonent to‘lovini yechib olish uchun mablag‘ yetarli bo‘lmasa va to‘lov kuni kelgan bo‘lsa, bunday holda minusga yechib olish amalga oshirilmaydi.
Avtomatik uzaytiriladigan internet-paket ulangan holatda, istalgan boshqa avtomatik uzaytiriladigan internet-paketni faollashtirib bo‘lmaydi. Avtomatik uzaytiriladigan internet-paketini qayta yoqish uchun amaldagi internet-paketni o‘chirish lozim.
Agar abonent raqamida boshqa internet-paketlar mavjud bo‘lsa, bu holda avtomatik uzaytiriladigan internet-paketlar trafigidan oxirgi o‘rinda sarflanadi.
Paket mavjudligida tarifni o‘zgartirish
Agar tarif rejani avtomatik uzaytiriladigan internet-paket xizmati amal qiladigan tarifga o‘zgartirilsa, xizmat va paket bo‘yicha trafik qoldig‘i saqlanadi. Agar o‘tish amalga oshirilgan tarifda avtomatik uzaytiriladigan paket amal qilmasa, xizmat avtomatik ravishda o‘chiriladi, qolgan trafik kuymaydi va abonent to‘lovi oxirgi marta yechib olinganda belgilangan muddatgacha amal qiladi. Boshqa paketlardan sarflanmagan MB trafiklar bo‘lgan holatda, trafiklar qo‘shiladi va muddati eng kech bo‘lgan paketning muddatiga ko‘ra amal qiladi.
Avtomatik uzaytiriladigan internet-paketlar oldindan to‘lov tizimining «ProInternet 1GB», «ProInternet 3GB», «Bolajon», «Shifokor», «BeeHome 10» va «BeeHome 20» tariflaridan tashqari, barcha jismoniy shaxslar uchun tariflarida amal qiladi.
Kunlik internet-paketlarning amal qilish muddati ulanish vaqtidan boshlab (keyingi kunni oxirigacha) 1 kunni tashkil etadi.
Taqdim etilgan trafik tugaganida yoki paket muddati yakunlanganda, internet trafikning keyingi sarflanishi Abonentning tarif rejasi shartlariga muvofiq narxlanadi.
Bir vaqtning o‘zida bir nechta paketlar ulanganida ularning trafiklari qo‘shiladi. Ulangan paketlarning ichida eng maksimal muddat amal qilish muddati etib belgilanadi. Raqam faol bo‘lmagan yoki blok holatiga tushirilgan vaqtda oxirgi ulangan internet paketning amal qilish muddati o‘zgarmaydi.
Internet-paketlar O‘zbekiston Respublikasi hududida oldindan to‘lov tizimining «ProInternet 1GB», «ProInternet 3GB», «Bolajon», «Shifokor», «BeeHome 10» va «BeeHome 20» tariflaridan tashqari, barcha jismoniy shaxslar uchun tariflarida amal qiladi.
Shuni ma’lum qilamizki, tarif bo‘yicha internet-trafik, daqiqalar, SMS qoldig‘i va boshqa qo‘shimcha xizmatlar qoldig‘i haqida xabarlar 06:00 dan 00:00 gacha yuboriladi.
Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 KB aniqlikda yaxlitlanadi. Internet-sessiyasi ochilganda, Kompaniya tizimi tarifga kiritilgan, internet-paketlar va boshqa xizmatlar doirasida taqdim etilgan internet trafikining bir qismini zaxiraga olib qo‘yadi. Zaxiraga olinadigan trafik hajmi qoldiqda mavjud bo‘lgan trafik hajmiga bog‘liq bo‘lib, 1 MBdan 500 MBgacha bo‘lishi mumkin. Tarif yoki internet-paketlar bo‘yicha trafik mavjud bo‘lmaganda yoki tugaganda, standart tariflash bo‘yicha 10 MB qiymatiga teng miqdordagi pul mablag‘lari zaxiraga olinadi.
Internet-sessiyasi davomida zaxiraga olingan trafik va (yoki) pul mablag‘lari boshqa xizmatlardan foydalanish uchun vaqtincha yopilishi mumkin, shu sababli balans tekshirilganda tizim hisobni to‘ldirish zarurligi haqida xabar berishi mumkin. Internet-sessiyasi tugashi va foydalanilgan trafik bo‘yicha hisob-kitoblar amalga oshirilgandan so‘ng, zaxiradagi sarflanmagan qoldiq keyingi foydalanish uchun ochiladi.
Barcha narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan.