Ulangandan so'ng har kuni avtomatik ravishda uzaytiriladigan internet-paketlar.
Paketni bir marta ulab, sizga belgilangan miqdorda kunlik internet-trafik taqdim etiladi.
Paketlar bo'yicha trafik joriy kunning oxirigacha taqdim etiladi. Keyinchalik abonentga har kuni (abonent paketning o'chirish kodini termaguniga qadar) trafik taqdim etiladi va abonent to'lovi yechiladi;
Paketning amal qilish muddati - 1 kun, sarflanmagan trafik qoldig'i bekor qilinadi;
Paket o’chirilganda asosiy trafik qoldig'i bekor bo’lmaydi va paketning muddati abonent to'lovi yechilganda o'rnatilgan muddatgacha amal qiladi, TAS-IX hududi saytlari uchun trafik qoldig'i bekor qilinadi.
Paket o’chirilganda va balansda boshqa internet-paketdagi qoldiq mavjud bo'lganda, faqat asosiy paket bo'yicha trafik jamlanadi, amal qilish muddati kechroq bo’lib, ushbu ikki paketning amal qilish muddatidan kelib chiqqan holda, TAS-IX hududidagi saytlar uchun trafik qoldig'i bekor qilinadi.
Kun 10 paketi ulanganda, Kun 20 paketini ulash imkoniyati va aksincha amalga oshirish mumkin, xizmat qayta yoqiladi va trafik qoldig'i jamlanadi;
- Shuni ma’lum qilamizki, internet trafik qoldig'i, paketlar va tariflar uchun daqiqalar va SMS-xabarlar, shuningdek boshqa qo'shimcha xizmatlar uchun ma'lumot berish 06:00 dan 00:00 gacha qabul qilinadi.
- Abonent to'lovining yechilishi va internet-paketlar bo'yicha internet-trafikning yechilishi har kuni soat 00.00 dan 06.00 gacha amalga oshiriladi;
- Mablag' yetarli bo'lmagan taqdirda, shuningdek abonent hisobi salbiy bo'lgan taqdirda, internet-paketlar uchun to'lov yechilmaydi va tegishli trafik ham taqdim etilmaydi;
- Raqam faol bo'lmaganda yoki blok holatida oxirgi xarid qilingan paketning muddati o'zgarmaydi, shu bilan birga paket uchun abonent to'lovi yechilmaydi, megabaytlar taqdim etilmaydi;
- Raqam blok holatidan chiqarilganda paket uchun to'lov yechiladi va trafik taqdim etiladi;
- Tas-ixga kirmaydigan trafikning sarflanishi tarif rejangizga muvofiq asosiy internet-paketdan yoki balansdan amalga oshiriladi;
-Proksi-serverlar (shu jumladan VPN) orqali ishlaydigan ilovalardan foydalanganda megabaytlardan sarflanmaydi;
- Kompaniya tizimi internet-sessiya ochilganda balansdagi pul mablag'larini zaxiralaydi, ya'ni balansdagi pul mablag'lar qoldig'i boshqa pullik xizmatlardan foydalanish uchun imkon bo’lmaydi va hisob tekshirilganda tizim hisobni to'ldirish zarurligiga javob beradi;
- Agar abonentda internet-paket mavjud bo'lib va sessiya uchun internet-paketdagi (3 Mb dan kam) Mbdan yetarli bo'lmasa, unda hisob-kitoblar asosiy balansdan (unda pul mablag'lari mavjud bo'lgan taqdirda) amalga oshiriladi. Zaxiralangan mablag' miqdori foydalanilayotgan internet-trafik miqdoriga bog'liqdir. Internet sessiya tugashi bilan, uning uchun to'lovlar abonent hisobidagi mablag'laridan sarflanishi mumkin bo'ladi.
- Paketlar faqat O'zbekiston Respublikasi hududida jismoniy shaxslar uchun amal qiladi.