Shuni ma’lum qilamizki, internet trafik qoldig'i, paketlar va tariflar uchun daqiqalar va SMS-xabarlar, shuningdek boshqa qo'shimcha xizmatlar uchun ma'lumot berish 06:00 dan 00:00 gacha qabul qilinadi.
«Oy» turkumidagi internet-paketlarni ulashda «Klik», «Click+» va «Mi-Fi Click» tarif rejalari uchun «Oy 20 000», «Oy 35 000» va «Oy 70 000» paketlaridan tashqari, tungi soat 01-00 dan ertalab 9-00 gacha internet tarmog'idan foydalanish uchun xarid qilingan paket hajmidan 100% miqdorida qo'shimcha internet-trafik taqdim etiladi.
Istalgan vaqtda qo'shimcha "Internet-paket" buyurtma berishingiz va Internetdan past narxda foydalanishingiz mumkin!
Internet sessiyasi ochilganda, Kompaniya tizimi balansdagi pul mablag‘larini zaxiraga olib qo‘yadi, ya'ni balansdagi pul mablag‘lari boshqa pullik xizmatlardan foydalanish uchun yopilishi mumkin va balans tekshirilganda tizim hisobni to‘lash zarurligi haqida xabar beradi.
Agar abonentda internet-paket mavjud bo’lsa va sessiya uchun internet-paketda (2 Mbdan kam) yetarli Mb bo’lmasa, bu holda keyingi hisoblashlar asosiy balansdan amalga oshiriladi (unda pulli mablag’ mavjud bo’lgan holda).
Zaxiralangan pul mablag‘lari summasi ishlatiladigan internet trafigi miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Internet sessiyasi tugashi bilan va uning uchun pul to‘langach, abonent hisobidagi qolgan pul mablag‘lari ishlatish uchun ochiladi.
- Internet-paketlar oldindan to'lov tizimining barcha tariflari uchun amal qiladi.
- «Internet-to'plam»ning amal qilish muddati - ulangan kunidan boshlab 30 kun.
- Internet paketning amal qilish muddati davomida yana qo’shimcha paket xarid qilinsa, barcha sarflanmagan trafik hajmi qo’shilib va oxirgi yoqtirilgan paket kunidan boshlab 30 kunga uzaytiriladi.
- Internet paket ulangan kundan boshlab 30 kun o'tgach, yangi internet paket yoqtirilmasa, muddati bo’yicha ishlatilmagan trafik kuyadi.
- Taqdim etilgan trafik tugaganida yoki paket muddati nihoyasiga yetganda, internet trafikning sarflanishi tarif rejangiz shartlariga muvofiq baholanadi.
- Internet-paket Klik tarif rejasida xarid qilinganda yangi tungi bonus taqdim etiladi, bundan oldin taqdim etilgan tungi bonus esa, bekor qilinadi.
- Tungi bonuslar amal qilish vaqti - 01:00 - 09:00.
- Tungi bonus aniq ishlash uchun, joriy sessiyani uz ish va yangisini 01:00 dan keyin ochish zarur.
- «Klik» va «Click+» tarif rejadan boshqa tarif rejaga o’tilganda sotib olingan paketlar miqdori o’zgarmaydi, lekin tungi paytda foydalanish uchun taqdim etilgan tungi bonuslar kuyadi.
- Xizmatlar sessiya davomida jo‘natilgan / qabul qilingan ma’lumotlar hajmi bo‘yicha baholanadi.
- Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 KB aniqlikda yaxlitlanadi.
- Tarif reja yoki raqam almashtirilganda paketni taqdim etish shartlari o‘zgarmaydi.
- Paketlar faqat O‘zbekiston hududida amal qiladi.
- «Oy+» internet-paketi bilan birga «Oy» paketlarini ulaganda ushbu paketlar bo'yicha trafik bir-biriga qo’shilmaydi va amal qilish muddati uzaytirilmaydi. Internetdan foydalanganda avval «Oy» paketidan (asosiy va aksiya bo'yicha trafik) keyin esa «Oy+» paketidan sarflanadi.
- Bonus hajmida taqdim etilgan internet trafik bu faqat TAS-IX, ijtimoiy tarmoqlar uchun Facebook, Odnoklassniki va messenjerlar uchun Telegram, Viber, WhatsApp dan foydalanish uchun taqdim etiladi.
- Ijtimoiy tarmoqqa va messenjerga taqdim etilayotgan bonus trafik, maxsus IP manzil doirasi asosida foydalaniladi. Agar ijtimoiy tarmoq yoki messenjer foydalanuvchi tomonidan IP manzillari o'zgartirilsa, unda asosiy internet-paketlardan yoki mablag’dan sarflanishi mumkin.
- Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar uchun berilgan bonus trafikdan quyidagi hollarda foydalanib bo'lmaydi: agar brauzer proksi server (shu jumladan VPN) orqali ishlaganda, agar boshqa saytlar va internet manbalarda joylashtirilgan rasmlar, videolar, o'yinlar va boshqa media kontentlar ko'rib chiqilayotganda.
- Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarga tegishli bo'lmagan manbalardan foydalanilgan trafik hajmi Sizning tarif rejangizda belgilangan narxda baholanadi yoki internet paket ulangan bo'lsa shu paket hisobidan sarflanadi.
- Barcha narxlar QQS bilan keltirilgan.