Har qanday vaqtda, siz qo'shimcha internet paketni sotib olib, internet xizmatidan foydalanishni davom etishingiz mumkin!
Diqqat! Sizda boshqa internet paket va aksiyalar bo’yicha internet trafik qoldiqlari mavjud emasligiga ishonch hosil qiling . Har bir navbatdagi internet paketga ulanish chog’ida amaldagi paketning amal qilish muddati oxirgi xarid qilingan paketning amal qilish muddatiga muvofiq o’rnatiladi, megabaytlar esa jamlanadi («Klik» va «Click+» tarif rejalaridagi tungi megabaytlardan tashqari).
Agar abonentda internet paket mavjud bo’lsa va internet paketda sessiya uchun MB yetarli bo’lmasa (2 Mb dan kam), unday holda qo’shib hisoblash asosiy balansdan amalga oshiriladi (unda pul mablag’i mavjud bo’lgan hollarda).
Zaxira sifatida olib qo’yilgan pul summasi foydalanilayotgan internet trafik miqdoriga bog’liq bo’ladi. Internet sessiya tugashi bilan, uning hisobidan qo’shib yozish ham sodir bo’ladi, abonent hisobida qolgan pul mablag’i sarflash uchun ochiq bo’ladi.
- Shuni ma’lum qilamizki, internet trafik qoldig'i, paketlar va tariflar uchun daqiqalar va SMS-xabarlar, shuningdek boshqa qo'shimcha xizmatlar uchun ma'lumot berish 06:00 dan 00:00 gacha qabul qilinadi.
- Internet-paket barcha oldindan to'lov tizimi abonentlariga amal qiladi.
- «Hafta+» paketining amal qilish muddat, ulangan kundan boshlab 7 kun ni tashkil etadi.
- Paket faollashtirilgan kundan boshlab 7 kun o’tmasdan yangisini faollashtirish amalga oshirilmasa, ishlatilmasdan qolgan trafik kuyib ketadi.
- Ulangan trafik tugashi bilan yoki paketning muddati o’tishi bilan, trafik narxnomaga muvofiq tarifikatsiyalanadi.
- «Kun» va «Hafta» paketlar qatoridan internet-paket xarid qilinganda «Klik» va «Click+» tarif rejalarida tungi bonuslar taqdim etilmaydi.
- Hisobingiz 210 so'm 50 tiyindan kam bo'lgan holatda Internet хizmatining ishlashiga kafolat berilmaydi
- Xizmatlar sessiya davomida jo‘natilgan/qabul qilingan ma’lumotlar hajmi bo‘yicha tariflanadi. Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 KB aniqlikda yaxlitlanadi.
- Tarif rejasini yoki raqamni o’zgartirish chog’ida paketlar taqdim etish shartlari o’zgarmaydi.
- Paketlar faqat O'zbekiston hududida amal qiladi.
- Barcha narxlar QQS bilan keltirilgan