«4G KUN» internet-paketi ulanish vaqtidan boshlab 1 kun davomida amal qiladi (keyingi kunni oxirigacha).
«4G Kun» va «4G Oy» paketlari faqat 4G tarmog'ida amal qiladi va 2G/3G tarmoqlarida sarflanmaydi.
4G tarmog'iga ulanganda birinchi navbatda 4G internet-paketlarining trafiki sarflanadi.
4G tarmog'idan 3G yoki 2G tarmog'iga o'tilganda, trafik sarflanishi tarifga kiritilgan megabaytlardan, boshqa qo'shimcha internet-paketlarning barcha yo'nalishlarga mo'ljallangan megabaytlaridan yoki qo'shimcha paket bo'lmaganda, asosiy balansdan sarflanadi. 3G yoki 2G tarmog'iga ulanish 4G tarmog'i qoplanmagan hududlarda va ovozli qo'ng'iroq vaqtida amalga oshadi.
«4G Kun» va «4G Oy» internet-paketlari bo'yicha taqdim etilgan megabaytlarni wi-fi orqali tarqatish imkoni mavjud.
«4G Kun» va «4G Oy» internet-paketlari avtomatik tarzda uzaytirilmaydi. Amal qilish muddati tugagach, paketni qaytadan yoqtirish lozim.
«4G Kun» va «4G Oy» internet-paketlari bo'yicha megabaytlar qoldig'i amal qilish muddati tugagach kuyadi. Va keyingi 4G tarmog'ida internetdan foydalanish tarifga kiritilgan megabaytlardan, boshqa qo'shimcha internet-paketlarning trafikidan yoki qo'shimcha paket bo'lmaganda, asosiy balansdan sarflanadi.
«4G Kun» va «4G Oy» internet-paketlarining amal qilish muddati tugamasidan avval yana «4G Kun» va «4G Oy» paketlari xarid qilinsa avvalgi 4G paketidan qolgan megabaytlar qoldig'i yangi xarid qilingan 4G paketning trafikiga qo'shiladi. Amal qilish muddati esa eski va yangi paketning ichida muddati eng kattasi bo'lganiga o'zgaradi.
«4G Unlim Kun» va «4G Unlim Oy» cheksiz internet paketlariga ulanganda «4G Kun» va «4G Oy» paketlarining ishlatilmagan qoldig'i kuyadi.
«4G Unlim Kun» va «4G Unlim Oy» cheksiz internet paketlaridan foydalanganda «4G Kun» va «4G Oy» paketlarini xarid qilib bo'lmaydi.
Tarif reja yoki abonent raqami o'zgarganda 4G paketlarining qoldig'i kuymaydi
Abonent raqami faol bo'lmasligi yoki blok holatida bo'lishi 4G paketlarining amal qilish muddatiga ta'sir etmaydi.
«4G Kun» va «4G Oy» paketlari oldindan to'lov tizimi abonentlari, jismoniy shaxslar uchun O'zbekiston Respublikasi hududida amal qiladi. Paketlar «ProInternet», «Bolajon» va «Shifokor» tariflaridagi abonentlar uchun amal qilmaydi.
Sizning qurilmangiz 4G tarmog'ini qo'llab-quvvatlashini tekshirish uchun *24# kodini tering. Ushbu havola bo'yicha esa https://beeline.uz/uz/coverage-and-offices 4G tarmog'i qoplagan hududlarni tekshirishingiz mumkin.
Shuni ma’lum qilamizki, internet trafik qoldig’i, daqiqa, SMS paketlar, tarif bo’yicha va boshqa qo’shimcha xizmatlar ma’lumoti 06:00 dan 00:00 gacha yuboriladi
Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 KB aniqlikda yaxlitlanadi.
Internet sessiyasi ochilganda, Kompaniya tizimi balansdagi pul mablag'larini zaxiraga olib qo'yadi, ya'ni balansdagi pul mablag'lari boshqa pullik xizmatlardan foydalanish uchun yopilishi mumkin va balans tekshirilganda tizim hisobni to'ldirish zarurligi haqida xabar beradi.
Agar abonentda internet-paket mavjud bo'lsa va sessiya uchun internet-paketda yetarli MB bo'lmasa (2 MBdan kam), bu holda keyingi hisoblashlar asosiy balansdan amalga oshiriladi (asosiy balansda mablag’ mavjud bo'lsa). Zaxiralangan pul mablag'lari summasi ishlatiladigan internet trafigi miqdoriga bog'liq bo'ladi.
Internet sessiyasi tugashi bilan va ushbu sessiya uchun pul to'langach, abonent hisobidagi qolgan pul mablag'lari ishlatish uchun ochiladi.
Internet tarmog'iga ulanish xizmati «Unitel» MChJning ommaviy oferta shartnomasiga asosan amalga oshiriladi.