Beeline

TOSHKENTDA BEELINE MOBIL INTERNETI YANADA TEZ VA BARQAROR BO‘LDI

Beeline Uzbekistan Toshkentdagi tarmoqni modernizatsiya qilish bo‘yicha eng yirik loyihalardan birini yakunladi.
Mobil internet hatto eng yuqori yuklama vaqtlarida ham tez va barqaror ishlashi uchun shahardagi barcha baza stansiyalari yangilandi.
Modernizatsiya natijasida yuklab olishning o‘rtacha tezligi 51% ga oshdi, mobil internetdan foydalanish esa yanada qulayroq bo‘ldi.

Siz uchun qanday afzalliklar?
Endi mobil internetdan foydalanishingiz yanada qulay bo'ldi:
- videolar tezroq yuklanib ravon namoyish etiladi;
- saytlar, ilovalar va onlayn xizmatlar tezroq ishlaydi;
- messenjerlar va videoqo‘ng‘iroqlar orqali muloqot yanada sifatli bo'ldi;
- hatto kechki payt, tarmoqda bir vaqtning o‘zida ko‘p foydalanuvchilar  bo'lganda ham internet tez va barqaror ishlaydi.

Tarmoq qanday yaxshilandi?
Biz tarmoqni modernizatsiya qilib, uning imkoniyatlarini kengaytirdik. Bu tarmoqning tobora ortib borayotgan mobil internet yuklamasini yanada samarali boshqarishiga imkon berdi.
Natijada mobil internet yanada tezlashdi, ulanish sifati esa yanada barqaror bo‘ldi.

Biz tarmoqni rivojlantirishda davom etamiz
Mobil internetdan foydalanish tobora ortib bormoqda. Shu bois Beeline tarmog‘ini muntazam rivojlantirib bormoqdamiz.
Poytaxt aholisi va mehmonlari tez, barqaror va sifatli mobil internetdan foydalanishda davom etishlari uchun tarmoq modernizatsiyasini va yangi texnologiyalarni joriy etishni davom ettiramiz.

Ko‘p beriladigan savollar