Ko'p so'raladigan savollar

Beeline VISA virtual kartasi orqali:
– Internetda qulay va xavfsiz to’lovlar uchun. Masalan, internet-do’konlarda xaridlarni amalga oshirish uchun.
– App Store yoki Play Market dagi obunalar va ilovalarga to’lash.
Bitta raqamga bitta karta ochish mumkin. Siz «Beeline Uzbekistan» mobil ilovasida kartani ochishingiz mumkin.

– kartani chiqarish uchun bankka tashrif buyurish talab etilmaydi;
– karta bir necha daqiqada chiqariladi va uni darhol foydalanish mumkin (qo’shimcha faollashtirish talab etilmaydi);
– Kartadan foydalanish xavfsizligi VISA standartlariga muvofiq amalga oshiriladi;

Tariflar bilan Ravnaq Bank saytida yoki havola orqali tanishish mumkin: https://ravnaqbank.uz/upload/media/docs/tariffs_uz.pdf

Kartani «Beeline Uzbekistan» ilovasida olish mumkin. Buning uchun ilovani o’rnating yoki kiring, «VISA» bo’limiga o’tib, oferta bilan tanishib chiqing va rozilik bildiring, O’zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki O’zbekiston Respublikasi fuqarosining ID kartasi bo’yicha ro’yhatdan o’tib, keyin «Kartani ochish» tugmasini bosing. Tayyor!

Kartani har qanday voyaga yetgan (18 yoshga to’lgan) «Beeline» abonenti olishi mumkin. «Beeline Uzbekistan» ilovasining foydalanuvchisi bo’lishingiz va mahsulotdan foydalanish uchun Oferta shartlarini qabul qilish zarur. Shundan so’ng siz darhol kartadan foydalanishni boshlashingiz mumkin. Bitta telefon raqamga bitta karta ochish mumkin.

Virtual karta ochish uchun komissiya miqdori – 10 000 so’m.

Ha mavjud. 01.05.2023 yildan boshlab Ravnaq-bank “Beeline VISA” uchun minimal qoldiq miqdorini oʻrnatdi – 10 000 soʻm. Ushbu mablagʻdan foydalanish imkoni yoʻq va toʻlov kartasi yopilganidan keyin mijozga qaytariladi.

Amal qilish muddati – 2 yil.

Ha, xuddi jismoniy karta kabi, xavfsiz.
Internetda xaridlaringiz uchun to’lovni amalga oshirishda siz jismoniy karta o’rniga virtual kartaning ma’lumotlarini ko’rsatishingiz mumkin. Virtual kartaga faqat zarur miqdordagi mablag’ni tashlab, siz asosiy kartangiz ma’lumotlari o’g’irlanishi yoki hisobdan chiqarilish xavfidan xalos bo’lasiz. Siz 3 tagacha virtual kartalarga buyurtma berishingiz va ularni bitta to’lov uchun yetarli bo’lgan minimal qoldiq bilan ishlatishingiz mumkin. Bunday karta yordamida katta miqdordagi pulni o’g’irlash mumkin bo’lmaydi.

To’lovlar monitoringi – Bepul.

Xizmatni taqdim etish – Bepul. Ulanish uchun ilovadagi «Tahrirlash» bo’limiga o’tib «3D Secure dan foydalanish» xizmatini ulash kerak.

Beeline Uzbekistan ilovasi orqali virtual Beeline VISA kartasini har qanday bankning Uzcard/HUMO so’mlik bank kartalaridan mablag’ o’tkazish orqali to’ldirishingiz mumkin.
O’tkazma uchun komissiya miqdori 0,5 % ni tashkil qiladi.
Hozirda kartani naqd pul bilan to’ldirish mumkin emas.

Kartaga mablag’ darhol o’tkaziladi.

Kartani to’ldirish tarixini ilovadagi «Tranzaksiya tarixi» bo’limida ko’rishingiz mumkin.

Ha, virtual Visa kartasidan pul mablag’larini istalgan bankning HUMO/Uzcard kartalariga o’tkazib olish mumkin.

Ha, Ravnaq Bankining bosh ofisiga, pasportingiz bilan kelib, virtual kartadan mablag’ yechib olish uchun ariza to’ldirishingiz kerak.

Ha, bu xizmat mavjud.

Pul o’tkazmalarini amalga oshirishingiz mumkin bo’lgan mamlakatlarning ro’yxati bu yerda

Beeline VISA kartasidan kunlik mablag’ sarflanish limiti – 30.000.000 so’m
Virtual karta bo’yicha oylik harajatlar limiti – 50 000 000 so’m.

Virtual karta hisobidagi minimal qoldiq miqdori – 0 so’m.

To’lov operatsiya vaqtida Bankning amaldagi kursi bo’yicha amalga oshiriladi. Shu sababli, valyuta kursining o’zgarishiga qarab, tovar yoki xizmatlarning so’mdagi narxi har xil bo’lishi mumkin.

Ha olinadi. Narxi 50 dollargacha bo‘lgan tovar va xizmatlar uchun to‘lov amalga oshirilganda komissiya miqdori 2500 so‘mni tashkil qiladi. 50 AQSh dollari va undan ortiq bo‘lgan boshqa barcha tovar va xizmatlar uchun to‘lovlar qo‘shimcha komissiyasiz amalga oshiriladi. Ushbu komissiya faqat online xalqaro o‘tkazmalarga nisbatan qo‘llaniladi.

Mijoz e’tirozlarini ko’rib chiqish narxi (Chargeback) – 40 000 so’m.

Virtual kartaga pulni qaytarish jismoniy VISA karta singari amalga oshiriladi.

Ha. Kartangizni vaqtincha bloklash uchun «Beeline Uzbekistan» ilovasidagi «VISA» bo’limida – «Bloklash» tugmasini bosish kerak.

Virtual kartani yopish uchun Ravnaq bankiga murojaat qilgan holda ariza berishingiz mumkin.

Virtual karta yopilganda, Siz kartadagi barcha mablag’ni qaytarib olishingiz mumkin.