VEON Andrey Pyataxinni Beeline Uzbekistan’ning yangi bosh direktori etib tayinladi
14 Oktyabr
Xabarlar
Amsterdam va Toshkent, 2024-yil 14-oktabr: Global raqamli operator VEON Ltd. (Nasdaq: VEON, Euronext Amsterdam: VEON), digital-operatorning amaldagi rahbari Andrzej Malinowski 2024 yil noyabr oyi oxiriga qadar iste’foga chiqish qaroriga muvofiq, Andrey Pyataxin Beeline Uzbekistan kompaniyasining yangi bosh direktori etib tayinlanganini e’lon qiladi.
Beeline Uzbekistan’ning yangi bosh direktori Andrey Pyataxin VEON Group’ga 2001 yilda qo‘shilgan. U VEON Group’da 20 yildan ortiq vaqt davomida turli rahbarlik lavozimlarida, jumladan, Gruziya, Armanistondagi operatsion kompaniyalar bosh direktori sifatida ishlagan va yangi tayinlovga qadar Beeline Kyrgyzstan'ni boshqargan. Andrey Harvard Business School’da global kompaniyalar rahbarlari uchun Advanced Management dasturidan o‘tgan, iqtisod fanlari nomzodi.
Andrzej Malinowski 2021 yil mart oyida Beeline Uzbekistan bosh direktori etib tayinlangan va kompaniyani mobil aloqa va 4G internet xizmatlari, shuningdek, turli raqamli xizmatlar va servislarning digital-operatoriga aylantirishga rahbarlik qilgan. Andrzej 2017 yildan beri VEON Group kompaniyasida ishlaydi, u Beeline Georgia bosh direktori lavozimidan boshlagan. Yevropa va Markaziy Osiyodagi xalqaro kompaniyalarda o‘n besh yil faoliyat ko‘rsatgan, shu jumladan so‘nggi yetti yilda VEON kompaniyasida ishlagan Andrzej ona vatani Polshada oilasi bilan ko‘proq vaqtini o‘tkazishga qaror qildi.
"Men Andrzej Malinowski Beeline Uzbekistan’ni jadal rivojlanayotgan kompaniyaga aylantirishda ko‘rsatgan ajoyib natijalari uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Uning rahbarligida Beeline daromadi milliy valyutada ikki xonali raqamlarda barqaror o‘sib bordi, shu bilan birga u 4G tarmog‘ini kengaytirdi va modernizatsiya qildi, hamda fintex va ko‘ngilochar texnologiyalardan tortib, biznes uchun reklama texnologiyalarigacha bo‘lgan ko‘p tarmoqli raqamli xizmatlar portfelini yaratdi. Andrey Pyataxinni yangi lavozimi bilan chin dildan qutlayman. Uning tayinlanishi VEON Group’da yuqori darajadagi boshqaruv zaxirasi to‘planganini namoyish etadi va ishonamanki, Andreyning tuzilmalarimizdagi 20 yillik ish tajribasi bizning raqamli operator strategiyamizga muvofiq Beeline Uzbekistan’ni rivojlantirishga yangi turtki beradi," — dedi VEON Group bosh direktori Kaan Terzioglu.

Andrzej Malinowski boshchiligida Beeline Uzbekistan daromadi ketma-ket 12 chorak davomida ikki xonali raqamlarda o‘sish sur’atini namoyish etdi. Mehnat bozoridagi global o‘zgarishlar sharoitida Markaziy Osiyodagi yagona texnologik kompaniya — Beeline Uzbekistan 2024 yilda Top Employer sertifikatlashtirishidan muvaffaqiyatli o‘tdi, bu korporativ madaniyat juda yuqori darajada ekanligini tasdiqlaydi.