O‘zbekistonda IT sohasida ishlayotgan va tadbirkorlik qilayotgan qizlar uchun Tumaris.HACK onlayn xakatoni yakunlandi. O‘zbekiston IT Park tomonidan tashkil etilgan keng ko‘lamli xalqaro musobaqa Markaziy Osiyoning bir qancha davlatlaridan 85 ta jamoani birlashtirdi. Хackathonning raqamli hamkori, VEON Group tarkibiga kiruvchi Beeline Uzbekistan g‘oliblarga qimmatbaho sovg‘alarni taqdim etdi va raqamli innovatsiyalar sohasidagi tajribalarini ayol dasturchilar bilan o‘rtoqlashdi.
Ayollar xakatonida ishtirok etish uchun 550 ta ariza topshirilgan bo‘lib, ulardan 200 dan ortig‘i Qozog‘istondan. O‘zbekistonda ham deyarli bir xil natija, Qirg‘iziston esa eng faol davlatlar uchligini yopdi – 80 ga yaqin ariza. Ishtirokchilarning o'rtacha yoshi 20 yoshni tashkil etdi. Tanlov to‘rtta yo‘nalishda o‘tkazildi: FinTech, E-commerce, DeepTech va Wonder Women, ishtirokchilar ular o‘rtasida deyarli teng taqsimlandi.
Natijalarga ko'ra, hakamlar hay'ati birinchi o'rinni DNK jamoasiga uy hayvonining sog'lig'ini kuzatish imkonini beruvchi PeTag loyihaga berishdi. “From MADE to top” jamoasi tomonidan taklif etilgan tibbiyot muassasalari uchun o'quv platformasi loyihasi ikkinchi o'rinni egalladi. Uchunchi o‘rinni “Fazo” jamoasi supermarketlardagi navbatlar muammosini hal qila oluvchi ekotizim egalladi.
Xakatonning digital-hamkori g‘oliblar uchun iPad’lar taqdim etdi, shuningdek, VEON ekspertlarining hakamlar hay’ati a’zolari, mentorlar va Tumaris.HACK’ning spikerlari sifatida ishtirok etishini ta’minladi. Shunday qilib, VEON kompaniyalar guruhining digital-mahsulotlari bo‘yicha direktori George Held “Biohacking” sohasidagi tajribasi bilan o‘rtoqlashdi va xakaton ishtirokchilari odatda yo‘l qo‘yadigan tipik xatolar haqida gapirdi. Bundan tashqari, 2 va 3-o‘rinlarni egallagan jamoalar “Beeline” korporativ universitetining malaka oshirish sertifikatlarini oldilar.
Voqeani sharhlar ekan, Inson resurslarini boshqarish, tashkiliy rivojlanish va ma’muriy qo‘llab-quvvatlash departamenti direktori Sofiya Gaynutdinova shunday dedi: “Biz uchun har bir ayol katta bilim va ko‘nikmalarga ega, buyuk kashfiyotlar qilishga qodir professionaldir. Ish beruvchi sifatida “Beeline” Diversity, Equity & Inclusion madaniyatini faol rivojlantiradi va o‘z falsafasini ommaga tarqatish orqali WomenInTech harakatini qo‘llab-quvvatlaydi. Biz ayollarni rivojlantiramiz, buning yorqin misoli O‘zbekiston va MDHda qator mukofotlarga sazovor bo‘lgan korporativ Women’s Club loyihasidir. Shu sababli, Tumaris.TECH-ni qo'llab-quvvatlashimizning asosiy sababi ayollarga o'zlarining professional ambitsiyalariga erishishda yordam berish va ularni yo'lda qo'llab-quvvatlash istagi bo‘ldi”.
![]() |

“Beeline Uzbekistan “erkak” va “ayol” kasblari bor degan stereotiplarni buzadi, ayniqsa IT sohasida. Biz mutaxassislarga jinsidan qat’iy nazar teng imkoniyatlar yaratib beramiz, shuning uchun biz nafaqat O‘zbekiston, balki qo‘shni davlatlardagi qizlar va ayollarni ham qo‘llab-quvvatlamoqchimiz. O'zingizga ko'proq ishonch hosil qiling, shunda o'z salohiyatingizni ro'yobga chiqarish uchun har doim imkoniyatlar bo'ladi!” – dedi “Beeline Uzbekistan” bosh direktori Andrzej Malinowski.
***
“Unitel” MChJ 2006-yilning 12-sentabrdan boshlab “Beeline Uzbekistan” savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.
VEON 9 mamlakatda 213 milliondan ortiq obunachiga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini provayderi. Uning aktsiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.
Beeline Uzbekistan’da 1,6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006-yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,2 milliard AQSH dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Beeline SB’ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 1,8 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.
Sayt: beeline.uz
Facebook: fb.com/beeline.uz
Instagram: @beeline_uzbekistan
Telegram: t.me/beelineuzbekistan
Twitter: twitter.com/beeline_uz
LinkedIn: linkedin.com/company/beeline-uzbekistan/