«Dada, telefonimga pul tashlab bering»: tejamkor Rustam aka butun oilani kishi boshiga 60 000 so’mga aloqa bilan qanday ta’minlaydi
Xabarlar
Bir nechta raqam, har xil tarif, paket tugaganda qo’shimcha to’lovlar — rejalashtirilmagan xarajatlar oila byudjetini izdan chiqaradi. Katta oila boshlig’i uchun 10 000 so’m ham ahamiyatli. Shu bois oila byudjetini sinchiklab yuritadigan Beeline mijozlari hisob-kitob qilib, oilasini Oila tarifiga ulash ular uchun eng samarali yechim degan xulosaga kelishdi.
Qahramonimiz Rustam aka — uch farzandning otasi. U uzoq vaqt oltita raqam uchun alohida-alohida to’lab kelgan: har birining o’z tarifi, o’z abonent to’lovi, paket tugaganda esa o’z qo’shimcha to’lovi bor edi.
«Har qanday ota kabi men uchun ham oilam doim aloqada bo’lishi muhim. Qizlarim qo’shimcha darslarga, o’g’lim mashg’ulotlarga qatnaydi, onam ham yoshlari ulug’ insonlar. Bugun biriga pul tashlayman, bir haftadan keyin boshqasiga, keyin onamga. Hisoblab ko’rsam, o’rtacha har bir kishiga 80 000 so’mdan to’lar ekanman — olti kishiga oyiga 480 000 so’mga yaqin».
Kalkulyator bilan hisobladi
Oila tarifi haqida Rustam aka oilasini allaqachon shu tarifga ulagan hamkasbidan eshitgan. «U menga: endi hamma uchun oyiga bir marta to’layman, avvalgidan ancha arzonga tushyapti, dedi. Shundan keyin eng yaqin Beeline ofisiga kirib, tarif haqida batafsil bilishga qaror qildim».
Konsultant Oila tariflari haqida batafsil gapirib berdi. Rustam akaning olti kishilik oilasiga Oila 7 mos keldi: yettitagacha raqam va hammaga umumiy 700 GB internet. Endi u balansni oyiga bir marta — 350 000 so’mga to’ldiradi.
«Rostdan ham kalkulyatorni olib hisobladim. Hozir hamma uchun 350 000 to’layman: bu avvalgidan 130 000 kam, kishi boshiga 58 000 atrofida, har biriga esa o’rtacha oyiga 100 gigabaytdan ortiq internet to’g’ri keladi. Bu bir yilda 4 200 000 bo’ladi — oldin aloqaga deyarli 5 800 000 ketardi. Ustiga-ustak, ulangandan keyingi dastlabki uch oyda 50% chegirma amal qiladi, shuning uchun hozircha 175 000 to’layapman — kishi boshiga 30 000 so’mdan ham kam. Natijada birinchi yilning o’zida 2 milliondan ortiq tejayman. Eng muhimi — bolalar aloqasiz qolib ketadi, deb endi xavotir olmayman».
Hisob-kitob qilgan faqat Rustam aka emas. 10 yildan beri Beeline’dan foydalanib kelayotgan yana bir Oila mijozi shunday deydi:
«Oila tarifini tanladim, chunki har bir raqam uchun alohida to’lagandan ko’ra hammasi uchun bir marta balans to’ldirish qulayroq. Matematik jihatdan ham foydali — o’zim hammasini hisoblab chiqdim. 350 ming so’mga oila shuncha internet oladiki, hammaga yetib ortadi. Baribir hamma uchun o’zim to’layman, hisoblab ko’rib tushundim: oila uchun eng yaxshi variant shu».
Ba’zilar ofisga tayyor qaror bilan kelishadi. 18 yildan beri Beeline’dan foydalanib kelayotgan mijozimiz aynan shu tarif uchun beshta yangi SIM-karta sotib oldi:
«Butun oilamiz bilan Oila 7 ga o’tish uchun keldik. Beshta yangi SIM-karta oldik — butun oilani shu tarifga o’tkazyapmiz. Bu tarif foydaliroq».
Buvijon uchun videoqo’ng’iroqlar, bolalar uchun kino va musiqa
Oila 7 ni bir yil va undan uzoq muddatga ulaganlarga smartfon beriladi. Yangi ZTE Blade A56 ni Rustam aka onasiga berdi. Onasi tugmali telefonini sensorliga almashtirdi va endi nevaralari bilan video orqali gaplasha oladi.
Tarif bilan birga oila Beeline servislariga obuna ham oldi: KINOM’da filmlar va riitm’da musiqa.
«Qizim ingliz tilidan milliy sertifikat — CEFR imtihoniga tayyorlanyapti. Sun’iy intellekt bilan mashq qiladi: u bilan gaplashadi, u esa xatolarini tuzatib, so’zlarni qanday to’g’ri talaffuz qilishni aytib beradi. Menimcha, endi 100 GB maktabda ham, repetitorda ham shug’ullanishga bemalol yetadi».
Komissiyasiz o’tkazmalar
Rustam aka endi har kuni foydalanadigan yana bir imkoniyat — hambi orqali komissiyasiz pul o’tkazish. Tarifda buni 100 mln so’mgacha, guruh egasi esa 10 mln so’mgacha qilishi mumkin. Faqat o’tkazmalarning o’zida Rustam aka taxminan 100 000 so’m tejaydi.
«Ilgari komissiyasiz pul o’tkazish uchun turli ilovalardan aksiya qidirardim, har biridan ro’yxatdan o’tardim. Adashib ketish oson edi. Aksiyalar goh bor, goh yo’q, shartlari esa o’nlab. Hozir osonroq: hammasi bir joyda, hambi ilovasida», — deydi Rustam aka.
Shu ilovaning o’zida Hamyon dasturi ham ishlaydi: har bir to’ldirishdan 10% keshbek qaytadi.
«Balansni 350 000 ga to’ldiraman, 35 000 darhol keshbek bo’lib qaytadi. Yig’ilganini keyingi abonent to’loviga yoki boshqa xizmatlarga sarflayman. Aslida aloqa yanada arzonga tushadi».
Avval aloqaga ketadigan oyiga 130 000 so’m endi Rustam aka oilasining byudjetida qolyapti. Birinchi yilda bu 2 mln so’mdan ortiq. Oila tarifi oilaning barcha moliyaviy masalalarini hal qilmaydi, lekin hammaning aloqasi arzonroq tushadi va oyiga bitta to’lovga jamlanadi. Tejalgan pulni esa eng asosiy narsaga — oilaga sarflash mumkin.
Oila tariflari qanday ishlaydi
* Yangi ulanishda.
** Tarif kamida bir yil muddatga ulanganda.
Barcha tariflarda: cheksiz qo’ng’iroqlar, 1 000 SMS, cheksiz tungi internet, 100 000 000 so’mgacha o’tkazmalar uchun 0% komissiya.
Batafsil shartlar — beeline.uz saytida va Beeline ofislarida.