Bosh sahifa/Xabarlar/Beeline Uzbekistan va Ipoteka Bank OTP Group strategik hamkorlik memorandumini imzoladi

Beeline Uzbekistan va Ipoteka Bank OTP Group strategik hamkorlik memorandumini imzoladi

Xabarlar
8 May
2 min.
Main Event Image

Ipoteka Bank OTP Group va Beeline Uzbekistan O'zbekistondagi mijozlar uchun birgalikdagi raqamli va moliyaviy yechimlarni rivojlantirish maqsadida strategik hamkorlik memorandumini imzoladi.

Hamkorlik doirasida operatorning raqamli kanallarida yangi moliyaviy mahsulotlarni ishlab chiqish, hamkorlik tarmog‘i orqali oflayn yechimlarni rivojlantirish, shuningdek, bo‘lib to‘lash, sodiqlik dasturlari va kobrend mahsulotlari bo‘yicha qo‘shma dasturlarni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

Hamkorlik pilot loyihalardan boshlanib, keyinchalik kengaytirib borishgacha bo‘lgan bosqichlarda amalga oshiriladi. Bunda kredit va regulyatorlik risklari bank zimmasida bo‘ladi, yechimlarni ishga tushirish esa texnik jihatdan va foydalanuvchilarning tayyorgarligini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.

«Biz uchun iqtisodiyot va odamlar hayot sifati uchun uzoq muddatli ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash muhimdir. Moliya va telekommunikatsiya infratuzilmalarining rivojlanishi mamlakatning raqamli transformatsiyasi, zamonaviy xizmatlarning ommalashuvi hamda ishbilarmonlik faolligining o‘sishi bilan bevosita bog‘liq. Biz qo‘shma strategik tashabbuslarni amalga oshirishda Beeline Uzbekistan’ning hamkori ekanimizdan mamnunmiz», — deb ta’kidladi Ipoteka Bank OTP Group Boshqaruvi raisi Sandro Rtveladze.

«Ipoteka Bank OTP Group bilan hamkorlik Beeline Uzbekistan’ga raqamli xizmatlar ekotizimini kengaytirishga hamda mijozlarga o‘zlari uchun qulay kanallarda yangi moliyaviy vositalarni taklif etishga imkon beradi. Biz «O‘zbekiston–2030» strategiyasiga muvofiq, foydalanuvchilar uchun qiymatni oshirish va hududlarda raqamli xizmatlarni rivojlantirish yo‘lida telekom va fintex-yechimlarni integratsiya qilishda katta salohiyatni ko‘rmoqdamiz», — dedi Beeline Uzbekistan bosh direktori Yevgeniy Nastradin.

Imzolangan memorandum kelgusida qo‘shma loyihalarni yanada puxta ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Hamkorlikning yakuniy shartlari alohida yuridik majburiyat yuklaydigan kelishuvlar doirasida belgilanadi.

***
Ipoteka Bank OTP Group haqida

Ipoteka Bank 2023-yildan buyon OTP Group xalqaro bank guruhining tarkibiga kiradi. Guruhga qo‘shilgach, bank ixtisoslashtirilgan ipoteka muassasasidan rivojlangan raqamli va korporativ infratuzilmaga ega universal bankka aylanib, keng ko‘lamli transformatsiyani boshdan kechirmoqda.
Ipoteka Bank OTP Group 2026-yilning birinchi choragida barqaror o‘sishni namoyon etdi: sof foyda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 32,9% ga oshib, 579,2 mlrd so‘mni tashkil qildi. Jami aktivlar 55,79 trln so‘mga, kapital 9,37 trln so‘mga yetdi, kapital rentabelligi esa 25,9% ni tashkil etdi. Bankning oylik faol raqamli foydalanuvchilari soni 584,7 mingtaga yetdi.