21-may kuni Toshkentda “MAKON Marketing Forum 2022” xalqaro marketing biznes forumi boʻlib oʻtadi. Forum doirasida Oʻzbekiston, Italiya, Qozogʻiston va Rossiyadan mutaxassislar ishtirok etishadi. Taniqli marketologlar va yirik kompaniyalarning top-menejerlari hamkasblari bilan menejment, marketing va savdo bo‘yicha tajribalari bilan bo’lishadilar, strategik rejalashtirishning muvaffaqiyatli keyslari va sirlari haqida suhbatlashadilar. “Beeline Uzbekistan” digital-hamkor sifatida barcha forum tadbirlarini jonli translyatsiya qilish imkoniyatini taqdim etadi.
Markaziy Osiyodagi eng yirik professional forum to‘rtinchi bor o‘tkazilmoqda va ilk bor uch tilda: ingliz, o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi. MAKON Marketing Forum dasturida panel muhokamalari, mahorat darslari, reklama, brending va marketing sohasidagi eng muhim tendensiyalar va yangiliklar muhokamasi, shuningdek, “Yil brendi-2021” mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘rin olgan. Forum O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi qo‘mitasi va O‘zbekiston marketing assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan.
Forum tadbirlarida nafaqat shaxsan, balki onlayn tarzda ham qatnashish mumkin bo‘ladi. Gibrid ishtirok formati ikkinchi yildirki Beeline TV xizmatidan foydalangan holda jonli efirni tashkil etayotgan “Beeline Uzbekistan” tufayli mumkin bo‘ldi.
“MAKON marketing forumi koʻplab mamlakatlar mutaxassislarini qiziqtirgan tadbirdir. Shu sababli, dunyoning istalgan nuqtasidan turib forumda virtual ishtirok etish imkonini taqdim etuvchi onlayn translyatsiyani taqdim etish juda muhimdir. Tashkilotchilar o‘tgan yilgi hamkorligimiz tajribasini yuqori baholashgani va kompaniyaga forumning digital-hamkori bo‘lishni yana taklif qilishgani quvonarli. Forum xalqaro miqyosda, nafaqat oflayn, balki onlayn rejimda ham o‘tishi uchun qo‘limizdan kelganini qilishga tayyormiz!” – dedi “Beeline Uzbekistan” bosh direktori Andrzej Malinowski.
***
“Unitel” MChJ 2006-yilning 12-sentabrdan boshlab “Beeline Uzbekistan” savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.
VEON 9 mamlakatda 217 milliondan ortiq obunachiga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini provayderi. Uning aktsiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.
Beeline Uzbekistan’da 1,6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006-yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,2 milliard AQSH dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Beeline SB’ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 1,8 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.
Sayt: beeline.uz
Facebook: fb.com/beeline.uz
Instagram: @beeline_uzbekistan
Telegram: t.me/beelineuzbekistan
Twitter: twitter.com/beeline_uz
LinkedIn: linkedin.com/company/beeline-uzbekistan/