Beeline Uzbekistan Amerika Savdo Palatasining Markaziy Osiyodagi noyob mentorlik dasturini qo‘llab-quvvatladi
Xabarlar
Amerika Savdo Palatasi (AmCham) USAID bilan hamkorlikda Future Growth Initiative (FGI) loyihasi doirasida va Beeline Uzbekistan ko‘magida Markaziy Osiyodagi yosh qizlar uchun noyob mentorlik dasturini ishga tushirdi. Ushbu dastur turli universitetlarning 2-4 kurs talaba qizlarning kasbiy va shaxsiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.
Dasturda ishtirok etish uchun 10 ta universitetdan talaba qizlardan 81 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, ulardan 32 nafari saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, ishtirokchilar qatoriga kiritildi. 6 oy davomida ular AQSh, Buyuk Britaniya, Hindiston, Turkiya, BAA, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonlik C-Level boshqaruvchilari, akademik hamjamiyat va biznes vakillaridan iborat 20 nafar mentorlar murabbiylik qilishadi va ta’lim berishadi.
Dastur 5-10 ta shaxsiy sessiya, yetakchi mutaxassislar ishtirokida turli koʻnikmalarni rivojlantirish boʻyicha 6 ta guruh maʼruzalari hamda yirik xalqaro va mahalliy kompaniyalarga, jumladan, Beeline Uzbekistan’ga 6 ta tashrifni oʻz ichiga oladi. Ushbu tashriflar ishtirokchilarga ilg‘or tajribalarni ko‘rish va o‘zlarining kasbiy rivojlanishi uchun ilhom olish imkonini beradi.
Alohida e'tibor “vorkshop”larga qaratiladi, ulardan 8 tasini AmCham mehnat resurslari qo‘mitasi raisi va Beeline Uzbekistan Chief People Officer Sofiya Gaynutdinova, shuningdek kadrlarni tayyorlash va iste'dodlarni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Janna Xaydarova olib borishadi. Ularning hissasi qizlarga shaxsiy brend yaratish, taqdimotlar tayyorlash, maqsadlarni belgilash, notiqlik mahorati va muvaffaqiyatli karyera uchun zarur bo‘lgan boshqa ko‘p narsalar bo‘yicha qimmatli bilim olishga yordam beradi.
“Beeline Uzbekistan’da biz yosh avlod rivojiga kiritilgan sarmoyalar — mamlakatimiz kelajagiga kiritilgan sarmoya, deb hisoblaymiz. Shuning uchun biz qizlarga tajribali murabbiylardan ilm olish, o‘z ko‘nikmalarini rivojlantirishga imkon beruvchi mentorlik dasturini qo‘llab-quvvatlashdan juda mamnunmiz. Ishonchimiz komilki, ushbu iqtidorli ishtirokchi qizlar mamlakatimiz rivojiga salmoqli hissa qo‘sha olishadi”, — deya ulashadi Beeline Uzbekistan xodimlarni boshqarish, tashkiliy rivojlanish va ma’muriy qo‘llab-quvvatlash bo‘limi direktori Sofiya Gaynutdinova.

Shaxsiy kabinetda texnik ishlar olib borilmoqda, lekin siz bizning ilovamizdan foydalanishingiz mumkin




