Qidiruv so'zini kiriting
Ommabop so'rovlar
Foydali havolalar
VEON MWC koʻrgazmasida Oʻzbekiston hukumati bilan qoʻshma raqamli loyihalarga sarmoya kiritishni rejalashtirayotganini maʼlum qildi

VEON Group xalqaro telekommunikatsiya xoldingi va uning sho‘ba korxonasi Beeline Uzbekistan Barselonada bo‘lib o‘tgan Jahon Mobil Kongressida (MWC) ishtirok etdi. Tashrifning asosiy maqsadlari jahondagi soʻnggi voqealarni oʻrganish va Oʻzbekiston fuqarolari manfaatlarini koʻzlab yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha kelishuvlarga erishishdan iborat edi.
Har yili oʻtkaziladigan forum 2023-yilda butun dunyodan 2000 dan ortiq kompaniyalarni birlashtirdi. Dasturda konferensiyalar, davra suhbatlari, uchrashuvlari, shuningdek, dunyodagi eng yirik innovatsion texnologiyalar ko‘rgazmalaridan biri o‘rin olgan.
“Jahon tendensiyalari, eng yangi texnologiyalardan foydalanish istiqbollarini muhokama qilishda ishtirok etish biz uchun juda muhim. “Beeline” raqamli yetakchi maqomini mustahkamlashga intiladi va MWC kabi forumlar strategik rejalaringizni to‘g‘rilash, bozorda yetakchi bo‘lish uchun qanday raqamli innovatsiyalarni ishga tushirish kerakligini tushunish imkonini beradi. Undan biroz oldinda bo‘lgan ma’qul”, — deya sharhlaydi Beeline Uzbekistan bosh direktori Andjey Malinovski.
MWCda global va milliy operatorlar, uskunalar ishlab chiqaruvchilari va telekommunikatsiya bozori ekspertlari bilan bir qatorda davlat organlari vakillari ham ishtirok etmoqda. Xususan, VEON Group delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Jamol Maxsudov bilan uchrashdi.
“VEON guruhi tomonidan O‘zbekistonni raqamlashtirish bo‘yicha davlat kursining qo‘llab-quvvatlanishi nafaqat respublikamizda raqamli xizmatlar sifatini oshirishga yordam beradi. Keyingi muhim natija O‘zbekistonning jahon telekommunikatsiya reytingidagi o‘rni yaxshilanishi bo‘ladi. Bu esa mamlakat iqtisodiga, xususan, kommunikatsiya sohasiga yangi sarmoya kiritish uchun yo‘l ochadi”, — dedi Andjey Malinovski.
VEON delegatsiyasi aʼzolarining soʻzlariga koʻra, mablagʻlarning bir qismi mamlakatning kadrlar salohiyatini rivojlantirishga, birinchi navbatda, IT-mutaxassislarining milliy jamgʻarmasini yaratishga yoʻnaltiriladi. Yaqin kelajakda ular uchun O‘zbekistondagi VEON bo‘linmalarida 50 dan ortiq ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.
Barselonada oʻtkazilayotgan MWC23 konferensiyasida “Best Mobile Operator Service for Connected Consumers” nominatsiyasida nufuzli Global Mobile Award mukofoti DO1440 strategiyasi joriy etilganligi uchun VEON guruhiga taqdim etildi. Bu mukofotda “Beeline Uzbekistan” jamoasining hissasi katta.
***
“Unitel” MChJ 2006-yilning 12-sentabridan boshlab “Beeline Uzbekistan” savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam shahrida (Niderlandiya) joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi
VEON 7 mamlakatda 200 milliondan ortiq foydalanuvchilarga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarining provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashtirilgan.
Beeline Uzbekistan’da 1.6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006-yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1.4 milliard AQSH dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Beeline SB’ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 1.9 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.
Sayt: beeline.uz
Facebook: fb.com/beeline.uz
Instagram: @beeline_uzbekistan
Telegram: t.me/beelineuzbekistan
Twitter: twitter.com/beeline_uz
LinkedIn: linkedin.com/company/beeline-uzbekistan/