Qidiruv so'zini kiriting
Ommabop so'rovlar
Foydali havolalar
Beeplarni Beepul sodiqlik dasturi yordamida to’plang!

To’plangan Beepni quyidagilarga almashtirish mumkin:
1) Internet-paketlarga:
– 45 Beep uchun 250 MB
– 80 Beep uchun 500 MB
– 150 Beep uchun 1000 MB
– 300 Beep uchun 2000 Mb
– 450 Beep uchun 3000 Mb
– 750 Beep uchun 5000 Mb
2) Daqiqa-paketlarga:
– 45 Beep uchun 250 daqiqa O’zbekiston bo’yicha
– 80 Beep uchun 500 daqiqa O’zbekiston bo’yicha
3) SMS-paketlarga:
– O’zbekiston bo’ylab 45 Beep uchun 250 SMS
– O’zbekiston bo’ylab 80 Beep uchun 500 SMS
Beepul dasturini o’rnatish uchun telefondan *2# tering yoki quyidagi elektron manzilga kiring:
Android uchun apk ni yuklash elektron manzil orqali amalga oshirilishi mumkin.
Web: https://beepul.beeline.uz/
USSD menyusi: *999#
Beepul sodiqlik dasturining shartlari:
– Beeline O’zbekiston xizmatlari uchun to’lov amalga oshirilganda har 1000 so’m uchun 1ta Beep taqdim etiladi;
– boshqa xizmat ko’rsatuvchilarning xizmatlari uchun to’lov amalga oshirilganda har 2000 so’m uchun 1ta Beep taqdim etiladi;
– kartadan kartaga mablag ‘ o’tkazilganda har 30000 so’m pul o’tkazmasi uchun 1ta Beep taqdim etiladi;
– Beep barcha Beepul foydalanuvchilariga taqdim etiladi.
– Beeline oldindan to’lov tizimidagi abonentlariga Beep uchun internet, daqiqa va SMS paketlari mavjud.
Izoh:
– Beepul sodiqlik dasturida internet-paketlar barcha yo’nalishlarga, tarmoq ichidagi daqiqalar va O’zbekiston bo’ylab SMS-xabarlar amal qiladi. Paketlarning amal qilish muddati taqdim qilingan kundan boshlab 7 kun. Keyingi paket taqdim etilganda 7 kun o’tgunga qadar, avvalgi taqdim etilgan paketdagi trafik qoldig’i bilan qo’shiladi va uning amal qilish muddati 7 kunga uzaytiriladi;
– Beep qoldig’ini tekshirish uchun Beepul ilovasi yoki https://beepul.beeline.uz/ web sayti yoki *999# USSD menyu orqali tekshirish mumkin;
– agar abonent bir vaqtning o’zida boshqa qo’shimcha xizmatlar yoki internet, daqiqa yoki SMS paketlariga ulangan bo’lsa, unda sarflanish avval qo’shimcha xizmatlar yoki paketlar, so’ngra Beepul sodiqlik dasturi bo’yicha taqdim etilgan paketlardan sarflanadi;
– «Bonus 50» aksiyasi yoki oylik paketlari bo’yicha internet-paket mavjud bo’lgan taqdirda, qabul qilingan Beepul sodiqlik dasturi bo’yicha internet paketi ushbu paketlarning qoldig’iga qo’shiladi. Agar internet paketining amal qilish muddati 7 kundan kam bo’lsa, umumlashtirilgan trafik Beepul sodiqlik dasturi bo’yicha internet-paket olingan kundan boshlab 7 kunga davom etadi. Agar internet paketning amal qilish muddati 7 kundan ortiq bo’lsa, umumlashtirilgan trafikning amal qilish muddati erta muddatga to’g’ri keladi;
– Beepni pul miqdori sifatida aylantirish yoki boshqa abonentga o’tkazish imkoniyati mavjud emas;
– Beepul sodiqlik dasturi bo’yicha olingan internet, daqiqalar va SMS qoldig’ini tekshirish uchun *107# USSD buyrug’i teriladi;
– Abonent to’plagan Beep 90 kun davomida foydalanmasa yoki to’planadigan hisoblagich faol holatda bo’lmasa, Kompaniya Beeplarni bekor qilish huquqini o’zida saqlab qoladi;
– Beepulda akkaunt o’chirilganda, to’plangan Beep bekor bo’ladi;
– Beepul ilovasi orqali to’plangan Beeplarni almashtirish uchun, sizning bank kartangiz ilovaga ulangan va karta orqali oxirgi 30 kun ichida to’lov amalga oshirilgan bo’lishi kerak.