Tilek Axmatov

Tilek Axmatov

Digital texnologiyalar bo’yicha direktor

Tilek 2021-yilning sentabr oyida “UNITEL” MChJga qo‘shildi. O’zbekistonda “Beeline”ning raqamli va yangi biznes-loyihalarni ishlab chiqish uning mas’uliyatiga kiradi.

Kompaniyaga kelishidan avval Tilek turli mamlakatlarning (Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Nepal) kompaniyalarida investitsiya sohasida, shuningdek, tijorat va telekommunikatsiya sanoati marketingida boshqaruv lavozimlarida ishlagan.

2015-2019 yillarda “VEON” kompaniyalar guruhiga qo’shilib, Qirg’izistondagi “Beeline” ning tijorat va Digital bloklariga mas’ul bo’lgan.

Markaziy Osiyodagi Amerika Universitetining “Biznes boshqaruvi” yo‘nalishini tamomlagan.