«Uchinchi avlod» amaliyoti – bu III - IV kurs talabalari va bitiruvchilarning o'z bilimlarini amalda sinab ko'rishlari va eng yirik xalqaro telekommunikatsiya kompaniyasida ishga kirishishlari uchun ideal imkoniyatdir.
Agar siz maxsus O.T.M ning III – IV kurs bosqichidagi faol va maqsadga ega bo’lgan talaba bo'lsangiz; muvaffaqiyat bilan o'qiyotgan bo’lsangiz; ingliz tilini yaxshi bilsangiz (upper - intermediate darajadan past bo'lmagan holda); siz olgan ta'lim yo'nalishi bo'yicha rivojlanishni davom ettirish, shuningdek iste'dodingizni namoyon qilish uchun sizni kompaniyamizda amaliyot o'tashga taklif qilamiz, bu yerda siz global telekommunikasion korporasiya ichida qimmatli bilim va tajribaga ega bo'lasiz!
Amaliyot iyun oyida boshlanib, bir yil davom etadi va 2ta bosqichdan iborat:
1-bosqich (2020 yil iyun – 2020 yil avgust): talabalar to'la vaqtli ish bilan kompaniyaning tanlangan bo'linmasida amaliyot o'tashadi.
2-bosqich (2020 yil sentyabr - 2021 yil iyun): birinchi bosqichni muvaffaqiyatli topshirgan stajyorlar kompaniyada moslashuvchan jadvalda ishlashni davom ettirib, bu esa o'qish va ishni birlashtirishga imkon beradi.
Sizni kasbning nozik tomonlarga bag'ishlash va iste'dodlaringizni kashf etishga yordam berish uchun siz uchun maxsus amaliyot va rivojlanish rejasini, boy o'quv dasturini, amaliy mashqlarni va real loyihalarni ishlab chiqadigan shaxsiy murabbiyni, shuningdek, mahalliy va global bozorida «VEON»ning yetakchi mutaxassislari bilan uchrashuvlarni taqdim etamiz.
Amaliyot davomida siz murakkab va qiziqarli vazifalar bilan haqiqiy loyihalarda ishtirok etasiz, amalda siz O.T.M da ta’lim olgan bilimingizni sinab ko'rishingiz mumkin.
Amaliyot oxirida, eng yaxshi stajyorlar kompaniyada ishlashga taklif etiladilar!
2020 yilda sizni quyidagi yo'nalishlardan birida amaliyot o'tashga taklif qilamiz:
• Ommaviy bozor Sales direksiyasi / savdoni qo'llab-quvvatlash va uskunalar bilan ishlash bo'limi
• Ommaviy bozorda sotuvlar boshqarmasi / OMNI kanallarini rivojlantirish va abonent uskunalarini sotish bo'limi
• Ommaviy bozor Sales direksiyasi / savdolarni rivojlantirish bo'limi
• Marketing boshqarmasi
• Marketing boshqarmasi / xalqaro Rouming bo'limi
• Marketing boshqarmasi / mijozlar tajribasini boshqarish bo'limi
• Texnik direktsiya / tarmoq sifati
• Texnik direksiya / tarmoqni rivojlantirish xizmati / ob'ektlarni qurish va foydalanishga topshirish bo'limi
• Texnik direktsiya/axborot texnologiyalari boshqarmasi / it - infratuzilmani rivojlantirish xizmati
• Raqamli texnologiyalar boshqarmasi
• Markaziy mintaqaviy filial/Jizzax shahar filiali/texnik bo'lim
«Uchinchi avlod» amaliyot dasturi 2020 yil 15 aprelda boshlanadi.
Tanlovning saralash muddati: 2020 yilning 15 apreldan – 31 maygacha
Martabaga erishish yo'lida sizni bir qator sinovlar kutmoqda:
• Test sinovi
• Xodimlar bilan ishlash va tashkiliy rivojlantirish Direksiya xodimi bilan intervyu
• Bo'lajak rahbar bilan intervyu
Amaliyot o’tash uchun nima qilish kerak?
Anketa shaklini www.beeline.uz saytidan to'ldiring va siz qiziqqan amaliyotning yo'nalishini ko'rsatib, elektron pochta orqali graduate@beeline.uz elektron manziliga yuboring.
Anketani xatga alohida fayl sifatida qo'shish kerak (ya'ni (!) Xatga anketaning matnini nusxa ko'chirish mumkin emas)
Xatning mavzu qatorida (!) ko’rsatishi shart:
• FISh
• Tanlangan yo'nalish (Tijorat direksiyasi, Marketing xizmati, Axborot texnologiyalari direksiyasi va h.k.)
• O.T.M ning kursi
Agar sizning anketangiz dastur ishtirokchilarining qo'yilgan talablarga javob bersa, xodimlar bilan ishlash va tashkiliy rivojlantirish Direksiya xodimi siz bilan bog'lanib, test sinoviga taklif qiladi.