Куда отправитесь путешествовать?

Roumingda tariflar, aksiyalar, chegirmalar va xizmatlar

Ingliz tilidan tarjima qilinganda Rouming “sayyorlik”, “sayr qilish” yoki “sayohat qilish” degan ma’noni anglatadi.

Oddiy so‘z bilan aytganda, rouming xizmati – bu SIM-karta va telefon raqamingizni o‘zgartirmasdan chet elda mobil aloqadan foydalanish imkoniyatidir.

Bu juda qulay, chunki siz dunyoning deyarli istalgan nuqtasida o‘z raqamingiz orqali aloqada bo‘lasiz va yaqinlaringiz va do‘stlaringiz doimo siz bilan bog‘lanishlari mumkin.

Boshqa davlatga kelganingizda, siz hech narsa qilishingiz shart emas, sizning raqamingiz avtomatik ravishda mahalliy uyali aloqa operatorining mehmonlar uchun ajratilgan tarmog‘ida ro‘yxatga olinadi. Bunda telefonning o‘zi qamrov sifati yaxshiroq bo‘lgan aloqa operatorini mustaqil tanlaydi. Muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, telefon ekranida mahalliy operatorning kodi yoki tarmoq nomi yoki R harfi paydo bo‘ladi. Tarmoqda ro‘yxatdan o‘tganingizdan so‘ng sizga “Xush kelibsiz” matni bilan SMS xabar keladi.

Agar manzilga yetib kelganingizda tarmoqqa ulana olmasangiz,  Tarmoqda ro‘yxatdan o‘tmaganda nima qilish kerak? bo‘limiga o‘ting.

«VEON» hududi o’z ichiga VEON guruhining operatorlari tarmoqlarida ro’yxatdan o’tgan quyidagi hududlarda: Rossiya (Beeline), Qozog’iston (Beeline), Qirg’iziston (Beeline), Armaniston (VEON), Gruziya (VEON), Ukraina (Kyivstar), Italiya (WindTre), Jazoir (Djezzy), Bangladesh (Banglalink), Pokiston (Jazz) amal qiladi.
«Mashhur davlatlar» hududi Avstriya, Bolgariya, Xitoy, Janubiy Koreya, Malayziya, Tailand, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Singapur, Gonkong, Indoneziya, Isroil, Kambodja, Vyetnam, Fransiya, Germaniya, Chexiya, Belgiya, Ispaniya, Kipr, Buyuk Britaniya, Daniya, Finlyandiya, Filippin, Vengriya, Latviya, Norvegiya, Niderlandiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Slovakiya, Shveytsariya, Shri-Lanka, Amerika Qo’shma Shtatlari, Kanada, Misrni o’z ichiga oladi.

Barcha narxlar QQS bilan ko’rsatilgan. Qo’ng’iroqning narxi va SMS xizmatlarining to’liq qiymati QQS bo’yicha yechiladi. Kiruvchi SMS xabarlari, roumingda sarflanmaydi.

Barcha qo‘ng‘iroqlar davomiyligi katta tomonga to‘liq daqiqagacha yaxlitlanadi.

Abonent roumingda bo‘lganda, «Unitel» MChJ mijozlariga xizmat ko’rsatish markaziga qo’ng’iroq (+998901850055) pullik bo’lib, qo’ng’iroqlarning narxi «O‘zbekistonga chiqish qo‘ng‘irog‘i»** sifatida narxlanadi. 112 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish – bepul.

Roumingda qo’ng’iroqni boshqa raqamga yo’naltirilgan hollarda, yo’naltirilgan qo’ng’iroqning qiymati kirish qo’ng’iroqning narxi va tegishli turdagi chiqish qo’ng’irog’i narxi bilan qo’shilib hisoblanadi.

Yo’ldoshli tarmoqlar abonentlariga va pullik xizmatlar raqamlariga qo‘ng‘iroqlar qo‘shimcha tarif bo‘yicha (zonadan tashqari tariflash) tariflanadi.

Ushbu tariflar asosiy hisoblanadi. Alohida tarif rejalari uchun chegirmalar bo’lishi mumkin. Roumingda «Xabardor bo‘l» xizmatidan foydalanish imkoniyati mavjud. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiquvchi barcha mijozlarni xalqaro rouming xizmatlaridan foydalanishdan avval, ortiqcha mablag’ sarflanmaslikni oldini olish maqsadida, «Xabardor bo’l» xizmatini o’chirib qo’yishni iltimos qilamiz.

Kontent provayderlarning ovozli xizmatlari (misol uchun: 0800, 8888 va hokazo), hamda axborot IVR qisqa raqamlari xizmatlari (misol uchun: 0644, 0674, 0697, 0696, 0698 va hokazo) Beeline (O’zbekiston) mijozlariga Xalqaro roumingda:Camel, Offline rouming davomida cheklangan bo’ladi, ya’ni ushbu raqamlarga chiqish qo’ng’iroqlari, rouming tarifiga asoslangan holda mahalliy chiqish qo’ng’iroqlari sifatida narxlanadi.
Janubiy Koreya, Avstraliya, Singapur, Tayvan, AQSh, Yaponiya davlatlarning uyali aloqa operatorlarida GSM 900/1800 (2G) tarmoqlari qo’llanilmaydi. Yuqoridagi davlatlarga borishdan oldin telefoningiz 3G ni qo’llanilishida ishonch hosil qiling. Faqat GSM 900/1800 (2G) tarmog’ini qo’llaydigan qurilmalar yuqorida ko’rsatilgan davlatlarda rouming-hamkorlar tarmog’idan ro’yxatdan o’tish imkoniyati bo’lmaydi.

* Xizmat «Unitel» MChJ ning rasmiy saytida ko’rsatilgan aviakompaniyalarda Aeromobile va OnAir tarmog’ida mavjud.

** Rouming hamkorlar-tarmog’ida xizmatning mavjud bo’lishiga qarab.

1.    Yevropa, Osiyo, Boshqa mamlakatlar va BAA hududlarida 1 MB mobil internet jadvalda ko’rsatilgan narx bo’yicha tariflanadi.
2.    VEON, MDH, Mashhur mamlakatlar hududlarida mobil internet quyidagi tartibda tariflanadi: joriy sutka davomida birinchi megabaytning narxi jadvalda ko’rsatilgan bazaviy narxda bo’ladi (VEON va MDH hududlarida birinchi megabayt narxi QQS bilan 10 000 so’m, Mashhur mamlakatlar hududida (Saudiya Arabistonidan tashqari) QQS bilan 20 000 so’mni tashkil etadi). Abonent 1 MB internet sarflashi bilan unga Toshkent vaqti bo’yicha sutkaning oxirigacha 100 MB trafik beriladi. 100 MB paket tugaganda Toshkent vaqti bilan joriy sutkaning oxirigacha VEON va MDH hududlarida 1 MB mobil internet narxi QQS bilan 100 so’m, Mashhur mamlakatlar hududida esa QQS bilan 200 so’mni tashkil etadi. Keyingi kundan boshlab narxlanish yuqorida ko’rsatilgan tartibda qaytadan amalga oshiriladi. Mobil internet sessiyasi 1 kilobaytgacha yaxlitlanadi.
3.    Yevropa, Osiyo, Boshqa mamlakatlar, BAA rouming hududlarida va Samolyot bortidagi roumingda Mobil internet sessiyasining hajmi 10 KBgacha katta tomonga yaxlitlanadi.
4.     Agar abonent bir sutka davomida VEON va MDH hududlarida internetdan foydalanishni boshlab, keyin Mashhur mamlakatlar hududiga o’tsa, narxlanish ushbu hududda belgilangan tartibda qaytadan amalga oshiriladi (2 bo’limga qarang). Aksincha, Mashhur mamlakatlar hududidan VEON va MDH hududlariga o’tilganda ham, joriy kun bo’yicha narxlanish qaytadan amalga oshiriladi.
5.    Paketdagi trafikdan VEON va MDH hududlarida foydalanish uchun hisobda 100 so’mdan yuqori mablag’ bo’lishi lozim, Mashhur mamlakatlar hududida esa hisobda kamida 200 so’m mablag’ bo’lishi lozim.
6.    VEON va MDH hududiga berilgan sutkalik internet-paket qoldig’ini tekshirish: *110*2*13#, Mashhur mamlakatlarga berilgan trafik qoldig’ini tekshirish: *110*2*14#.
7.    Agar abonent roumingda qo’shimcha internet-paket yoqtirsa yoki tarif bo’yicha roumingda paket kiritilgan bo’lsa, u holda quyidagi tartibda sarflanadi: avval tarifga kiritilgan trafik, keyin qo’shimcha yoqtirilgan internet-paket bo’yicha, so’ng mobil internet 4-bo’limda ko’rsatilgan tartibda narxlana boshlaydi.

«VEON» hududi o’z ichiga VEON guruhining operatorlari tarmoqlarida ro’yxatdan o’tgan quyidagi hududlarda: Rossiya (Beeline), Qozog’iston (Beeline), Qirg’iziston (Beeline), Armaniston (VEON), Gruziya (VEON), Ukraina (Kyivstar), Italiya (WindTre), Jazoir (Djezzy), Bangladesh (Banglalink), Pokiston (Jazz) amal qiladi.

MDH hududlari uchun narxlar Qozog’iston, Qirg’iziston, Armaniston, Gruziya, Ukraina, Belorussiya, Ozarbayjon, Moldaviya, Rossiya, Tojikiston davlatlarida ro’yxatdan o’tganda amal qiladi.

«Mashhur davlatlar» hududi Avstriya, Bolgariya, Xitoy, Janubiy Koreya, Malayziya, Tailand, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Singapur, Gonkong, Indoneziya, Isroil, Kambodja, Vyetnam, Fransiya, Germaniya, Chexiya, Belgiya, Ispaniya, Kipr, Buyuk Britaniya, Daniya, Finlyandiya, Filippin, Vengriya, Latviya, Norvegiya, Niderlandiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Slovakiya, Shveytsariya, Shri-Lanka, Amerika Qo’shma Shtatlari, Kanada, Misrni o’z ichiga oladi.

Beeline rouming xizmati endi samolyot bortida!

Siz hatto samolyot bortida muloqot qilishingiz mumkin.

Ko’proq bilib oling

Ko’p so’raladigan savollar

Dunyoning ko‘plab tashrif buyuriladigan mamlakatlarida Beelinening oldindan to’lov tizimidagi abonentlari uchun Camel-rouming tizimi amal qiladi. U har qanday ijobiy balansda, hisobingiz nolga teng bo‘lib qolmagunga qadar Beeline aloqasidan foydalanish imkonini beradi.

Foydalanilgan daqiqalar, SMS va mobil internet uchun sarflangan mablag’ hisobingizdan real vaqtda (onlayn) yechiladi.

Camel-rouming amal qilmaydigan tarmoqlarda hisobingizda 210 500 so’mdan ortiq mablag’ bo’lishi kerak. Rouming xizmatidan hisobda 84 200 so’mdan ortiq mablag’ mavjud bo’lgunga qadar foydalanish mumkin.

Foydalanilgan kirish daqiqalar, SMS va mobil internet uchun sarflangan mablag’ hisobingizdan real vaqtda (onlayn) yechiladi.

Chet el sayohatiga chiqishdan avval hisobni to’ldirishni unutmang, sababi, sayohatda hisobni to’ldirish qiyinroq bo’lishi mumkin.

Postpaid tizimidagi korporativ mijozlar xalqaro rouming xizmatini yoqishi uchun Sotuv va xizmat ko’rsatish ofislariga yoki 0611@beeline.uz pochtasiga ariza xati bilan murojaat qilib, 842 000 so’m miqdordagi kafolat to’lovini amalga oshirishi lozim (421 000 so’m xalqaro rouming xizmatini yoqish uchun va 421 000 so’m xalqaro aloqa xizmati uchun).

Mening hisobimni to’ldir so’rovi
Roumingda ham do’stlaringiz va yaqinlaringiz hisobingizni to’ldirishi uchun bepul so’rov yuborishingiz mumkin.
Buyruqni tering: *143*murojaat qilinayotgan raqam #qo’ng’iroq
So’rovni O’zbekistondagi barcha uyali aloqa operatorlariga yuborish mumkin
Masalan: *143*998 90 ХХХ ХХ ХХ#
«Mening hisobimni to’ldir» xizmati haqida batafsil ma’lumot

Saytimiz orqali hisobingizni to’ldiring
Ushbu havola orqali o’tib, telefon raqamingiz va to’lov summasini kiriting

Ishonchli to’lov
«Ishonchli to’lov» – bu sizning hisobingizda pul tugaganda hamda o’z vaqtida hisobni to’ldirishning imkoni bo’lmaganda, hamisha aloqada qolishning yana bir imkoniyati.
«Ishonchli to’lov» xizmati haqida batafsil ma’lumot

Beepul to’lov xizmati
«Beepul» – bu smartfoningiz uchun qulay to’lov tizimidir!
Hisobni roumingda qo’shimcha xarajatlarsiz to’ldirish mumkin. Shuningdek, bir nechta plastik kartalarni ro’yxatdan o’tkazib, to’lov natijalari haqida SMS-xabarlar qabul qilishingiz mumkin.
«Beepul» xizmati haqida batafsil ma’lumot.

Xorijiy to’lov
«Xorijiy to’lov» xizmati yordamida siz «Beeline» O’zbekiston istalgan abonentining hisobini Rossiya yoki Qozog’istonda to’ldirishingiz mumkin!
«Xorijiy to’lov» xizmati haqida batafsil ma’lumot

To’lov kartalari yordamida
Siz hisobingizni to’lov kartalari yordamida to’ldirishingiz mumkin. Buni quyidagi so’rov orqali amalga oshirishingiz mumkin:
*104* [kartaning maxfiy kodi] # qo’ng’iroq.

Manzilga yetib kelganingizdan so‘ng, telefon mahalliy uyali aloqa operatori tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tganligiga ishonch hosil qiling.

Agar bu amalga oshmasa, telefonni o‘chirib qaytadan yoqing. Muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tilgandan so‘ng, telefon ekranida mahalliy operatorning kodi yoki tarmoq nomi yoki R harfi paydo bo‘ladi. Agar bu sodir bo‘lmasa, telefon menyusi orqali tarmoqni “qo‘lda” tanlashga harakat qiling. Sozlamalarda aloqa operatorini mustaqil tanlashingiz imkoniyati mavjud. Menyu telefon modeliga qarab farq qilishi mumkin.

Android uchun
Sozlamalar bo’limi: Меню -> Настройки -> Другие сети -> Мобильные сети -> Операторы сети -> Поиск сетей

IOS uchun
Sozlamalar bo’limi: Меню -> Настройки -> Сотовая связь -> Выбрать сеть -> выключить Автоматически -> Выбрать оператора

Buning bir qancha yo’llari mavjud:

•   Bizga Telegram orqali yozing.
•   Bizga Instagram orqali yozing
•   Bizga Facebook orqali yozing
•  0611@beeline.uz elektron pochtasiga xat yuboring, qisqa vaqt ichida biz siz bilan bog’lanamiz.
•  (+998 90) 185 00 55 raqamiga qo’ng’iroq qilib bizning call-center bilan bog’laning. MChJ «Unitel» mijozlarni qo’llab-quvvatlash markaziga qo’ng’iroqlar «O’zbekistonga chiquvchi qo’ng’iroq» narxi bo’yicha baholanadi

Safarda telefon raqamlarini xalqaro formatda terish kerak: + [mamlakat kodi] [shahar kodi] [telefon raqami]
Masalan, O‘zbekistonga qo‘ng‘iroq qilish uchun raqamni quyidagicha terish kerak: +998 [shahar kodi] [telefon raqami]
Mobil telefonga qo’ng’iroq qilish yoki SMS yuborish uchun quyidagicha terish kerak: +998 [operator kodi] [telefon raqami]

Agarda siz Qozog’iston, Tojikiston, Afg’oniston, Qirg’iziston chegaralariga yaqin hududlarda istiqomat qilsangiz, sizning telefoningiz avtomatik tarzda ushbu davlatlarning operator tarmoqlariga ulanib qolishi mumkin.

Telefoningiz xorijiy operator tarmog’ida avtomatik tarzda ro’yxatdan o’tishini kamaytirish maqsadida, sozlamalar bo’limida  Beeline Uz tarmog’ini tanlab qo’yib, telefon ekranida ko’rsatilayotgan operator nomiga ahamiyat berishingizni so’raymiz

Chegara hududlarida rouming uchun ortiqcha xarajatlarni oldini olish uchun Camel rouming xizmatini *110*091# kodini terib o’chirib qo’ying. Camel rouming xizmatini qayta yoqish uchun *110*090# kodini tering