Ilovada oching Beeline Uzbekistan Ochish
Daqiqalar *106#
GB *103#
SMS *105#
Oylik abonent to’lovining yechilish sanasini aniqlash *202#
Kiruvchi qo’ng’iroqlar 0 UZS / daq
O’zbekiston bo’yicha chiqish qo’ng’iroqlari 100 UZS / daq
O’zbekiston bo’yicha SMS 100 UZS / SMS
Internet 100 UZS / MB

Internet paket xariq qilganingizdan so’ng mavjud internet sessiyasini tugatib yangidan internetga ulanishingizni tavsiya qilamiz.
Shu bilan internet trafik noto’g’ri tariflanishi mumkin bo’lgan holatlarni oldini olish imkoni bor.

Internet paketlar Amal qilish muddati Narxi, UZS USSD
4 GB 1 kun 10 000 *1*0*4#
7 GB 7 kun 25 000 *1*0*7#
3 GB 7 kun 17 000 *1*0*6#
1.5 GB 7 kun 10 000 *1*0*5#
150 Gb 30 kun 150 000 *1*150#
100 GB 30 kun 130 000 *1*100#
75 GB 30 kun 120 000 *1*75#
50 GB 30 kun 90 000 *1*50#
30 GB 30 kun 75 000 *1*30#
20 GB 30 kun 65 000 *1*20#
10 GB 30 kun 50 000 *1*10#
Qo’ng’iroq yonalishi UZS / daq
Markaziy Osiyoga (Qozog`iston, Tojikiston, Qirg`iziston, Turkmaniston) 2 280
Boshqa MDH mamlakatlariga 3 280
Yevropaga 6 820
Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Singapur, Turkiya, Malayziyaga 8 840
Boshqa Osiyo mamlakatlariga 10 350
Amerika and Afrikaga 7 830
Avstraliyaga  11 370
Bitta xalqaro SMS xabar yo`llash 500

 

Tarif reja bo‘yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanish pullik bo‘ladi va mablag‘ asosiy balansingizdan tarif rejada belgilangan narxda yechiladi.
«Welcome» tarif rejalariga O’zbekiston Respublikasida doimiy ro’yxatda bo’lmagan chet el fuqarolari ulanishi mumkin.
Bitta chet el pasportiga 3 raqam ulanishi mumkin.
«Welcome» tarif rejalari faqat O’zbekiston Respublikasi hududida amal qiladi. Xalqaro roumingda tariflardan foydalanish imkoni yo’q.
Yangi ulanganda yoki tarifga o‘tganda oylik abonent to‘lovi to‘liq yechiladi va tarif bo‘yicha trafik ham to‘liq taqdim etiladi.
Tarif bo’yicha taqdim etilgan limitlar hamda navbatdagi abonent to’lovi yechilishi muddati 1 oyni tashkil etadi (oyning 1 sanasiga bog’lanmagan holda). SIM karta ulangan kundan boshlab 90 kun davomida oylik abonent to’lovi yechilishi va tarif bo’yicha limitlar taqdim etilishi amal qiladi.
SIM karta ulanganidan so’ng 90 kun o’tganidan keyin oylik abonent to’lovi yechilishi hamda tarif bo’yicha limitlar taqdim etilishi to’xtaydi. Aloqa xizmatlaridan foydalanish tarifda belgilangan limitdan tashqari narxlarda amalga oshiriladi.
Tarifda abonent to’lovi yechilishi va limitlar taqdim etilishini qayta boshlash uchun abonent Kompaniya ofislariga yoki Mijozlarga xizmat ko’rsatish bo’limiga (0611, +99890 185 00 55) murojaat qilishi kerak bo’ladi.
Hisobida mablag’I bor, lekin raqamdan 14 kun davomida uzluksiz foydalanmagan abonent raqamida «Raqamni saqlash» xizmati avtomatik tarzda yoqiladi. Ushbu xizmat ulangan bo’lsa ham abonent Kompaniya xizmatlaridan foydalanishni davom etishi mumkin. Raqamda pullik tranzaksiyalardan foydalanish (chiqish qo’g’iroqlari, SMS yuborish, mobil internetdan foydalanish kabi) amalga oshishi bilan qilinishi bilan «Raqamni saqlash» xizmati avtomatik tarzda o’chadi va xizmat uchun to’lov olinishi to’xtatiladi.
Raqamni saqlash» xizmati ulanganida abonent hisobidan kuniga 421 so’m yechiladi. Abonent hisobida mablag’ tugaganidan so’ng va raqamda pullik tranzaksiyalardan foydalanilmagan bo’lsa ushbu raqam bo’yicha shartnomani Kompaniya bir tomonlama bekor qiladi.
Raqam ma’muriy blok holatiga tushirilganda blok holati uchun 421 so‘m kunlik abonent to‘lovi yechiladi. Bunday holatda tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovi yechilmaydi. Raqam blok holatidan chiqarilganidan so‘ng, agar abonent hisobida yetarli mablag‘ mavjud bo‘lsa, tarif rejaning oylik abonent to‘lovi yechiladi va tarif bo‘yicha yangi oylik paketlar taqdim etiladi. Agar oylik abonent to‘lovi yechilishiga yetarli mablag‘ bo‘lmasa, u holda abonent to’lovi bir marotaba qarzga yechiladi va tarif bo’yicha yangi oylik paketlar taqdim etiladi. Sarflanmay qolgan avvalgi paketlar kuyadi. Keyingi abonent to‘lovi yechilishi sanasi oxirgi oylik abonent to‘lovi yechilgan kundan boshlab 1 oy muddatga suriladi. SIM karta ulanganiga 90 kun o’tib ketmagan bo’lsa u holatda raqam blok holatidan chiqarilgan kundan boshlab yangidan 90 kunlik muddat belgilanadi.
«Welcome» tarifidan boshqa «Welcome» tarifiga o’tish mumkin. Tarif o’zgartirish uchun xizmat haqi olinmaydi. Tarif o’zgatirishdan avval hisobingizda yangi tarifning abonent to’lovini to’lash uchun yetarli mablag’ bo’lishi kerak. Tarif o’zgarganidan so’ng avvalgi tarifning sarflanmay qolgan limit qoldiqlari kuyadi va yangi o’tilgan tarif bo’yicha limitlar beriladi.
«Welcome» tariflaridan boshqa tariflarga va o’z o’rnida boshqa tariflardan «Welcome» tariflariga o’tish imkoniyati yo’q.
Хalqaro aloqa uchun hisob-kitob xalqaro aloqa narxi va shahar telefonlariga chiquvchi qo‘ng‘iroq narxini qo‘shgan holda amalga oshiriladi.
Sputnik aloqasining narxi o’z ichiga shahar telefonlariga chiquvchi qo‘ng‘iroq narxini olmaydi.
Abonent raqamining hisobi qarz yoki to‘liq nol (0) holatida kiruvchi SMS va qo‘ng‘iroqlar qabul qilish imkoniyati bo‘ladi.
Barcha tariflarda ovozli xizmatlar uchun bir ulanishning davomiyligi 60 daqiqani tashkil etadi.
Barcha narxlar QQS bilan ko’rsatilgan.