1-qadam
Telefon raqamni tering:
O’zbekiston bo’yicha terish raqami | 78 140-08-88 |
«Beeline» mobil raqamlaridan | 0888* |
*qo’ng’iroqlar tarmoq ichidagi qo’ng’iroqlar sifatida narxlanadi
2-qadam
Telefoningizni tovushli tizimga o’tkazing. Tizimning javob berishini kuting.
3-qadam
Keyin ko’rsatmalar tilini tanlang, buning uchun tegishli raqam tugmalarini terish kerak bo’ladi:
1 – o’zbek tili
2 – rus tili
3 – ingliz tili
4-qadam
Telefon kartangiz raqamini tering.
Kartangizning raqamini bilish uchun, «Bu yerda o’chirish» yozuvi yonida kartaning orqa qismidagi himoya chizig’ini o’chirishingiz kerak. Himoya chizig’ini o’chirishda tanga orqali foydalaning.
Raqamni qanday terish kerak
Agar, Siz Rossiya yoki Qozog’istonga xalqaro qo’ng’iroqni amalga oshirsangiz, Siz quyidagi ketma-ketlikda terishingiz kerak:
7 [shahar kodi] [ abonent raqami] #
Agar, Siz boshqa davlatlarga xalqaro qo’ng’iroqni amalga oshirayotgan bo’lsangiz, quyidagi ketma-ketlikda terishingiz kerak:
[davlat kodi] [shahar kodi] [abonent raqami] #