Rouming

Safarga jo‘nab ketishdan avval

Jo‘nab ketishdan avval sizda «Rouming» xizmati ulanganligiga ishonch hosil qiling.

Hisobingizga mablag‘ kiritishni yoddan chiqarmang, boshqa mamlakatda hisobni to‘ldirish qiyin bo‘lishi mumkin.

E'tibor bering: roumingda barcha so‘zlashuvlar pullik, hatto sizga «Beeline» mijozlari qo‘ng‘iroq qilayotgan bo‘lsalar ham.

Oldindan to'lov tizimi uchun

Oldindan to'lov tizimidagi foydalanuvchi Beeline abonentlari uchun dunyodagi eng ko'p tashrif buyuriladigan mamlakatlarida, Online rouming (yoki Camel-rouming) xizmati mavjud bo’lib, xalqaro roumingda mobil aloqadan foydalanishda istalgan ijobiy balansda, ya'ni 210 500 so'm kafolatli to'lovisiz va balansingiz nolga teng bo‘lib qolmagunga qadar Beeline aloqasidan foydalanish imkonini beradi.

Foydalanilgan daqiqalar, SMS, mobil internet va videoqo‘ng‘iroq bo‘yicha sarflangan mablag’ harajatlarining yechilishi, Sizning hisobingizdan real vaqt (onlayn) amalga oshiriladi.

Тarmoqda ro‘yxatdan o‘tish

Yetib kelganingizdan so‘ng telefon mahalliy mobil operator tarmog‘ida ro‘yxatga kiritilganligiga ishonch hosil qiling. Agar aloqa bo'lmasa, telefonni o‘chiring va yana ishga soling – u avtomatik tarzda «Beeline» abonentlariga rouming xizmatini ko‘rsatuvchi tarmoqlardan birida qayd etiladi. Telefon ekranida mahalliy operator kodi yoki tarmoqning nomi paydo bo‘ladi.

Agar avtomatik tarzda tarmoq tanlanmasa, tarmoqni telefon menyusi orqali tanlang (apparatdan foydalanish bo‘yicha qo‘llanmaga qarang).

Qo‘ng‘iroq qilish

Jo‘nab ketishdan avval do‘stlaringiz va yaqinlaringizga boshqa mamlakatlar va shaharlarda sizning mobil raqamingiz avvalgidek qolishini va o‘z shahringizda bo‘lgani kabi qo‘ng‘iroq qilish kerakligini tushuntiring.

Safarda esa telefon raqamlarini xalqaro formatda terish kerak: + [mamlakat kodi] [shahar kodi] [telefon raqami]

Masalan, O‘zbekistonga qo‘ng‘iroq qilish uchun raqamni quyidagicha terish kerak: +998 [shahar kodi] [telefon raqami]