Rouming

Rouming

Rouming xizmati orqali dunyoning ko'plab mamlakatlarida, yoki boshqa shaharlarda mobil telefoningizdan foydalanishingiz mumkin!

Hisobingizni sayohat paytida «Beeline» to'lov kartasi yordamida odatdagidek to'ldirishingiz mumkin.

Xorijiy safarlarda qo'ng'iroq amalga oshirish va qo'ng'iroqlarni qabul qilish uchun hisobingizda 210 500 so'mdan ortiq mablag' bo’lishi kerak. Rouming xizmatidan hisobda 84 200 so'mdan ortiq mablag' mavjud bo’lgunga qadar foydalanish mumkin. Chet el sayohatiga chiqishdan avval hisobni to'ldirishni unutmang, sababi sayohatda hisobni to’ldirish qiyin bo'lishi mumkin. Agar siz kredit hisoblash tizimini tanlagan bo'lsangiz, xalqaro rouming xizmatini ulash uchun Beeline Savdo va xizmat ko'rsatish ofislariga yozma ariza bilan murojaat qilishingiz va kafolat to’lovi  842 000 so'm miqdorida hisobingizni to’ldirishingiz kerak bo’ladi.*


** Xalqaro roumingni ulash uchun 421 000 so'm va xalqaro aloqa xizmatini ulash uchun 421 000 so'm.