Beeline dan 4G

Beeline orqali 4G yuqori tezlikdagi internet xizmatidan foydalanishingiz mumkin! 4G tarmog’i (yoki LTE) – bu mobil internet bo’lib, tezligi 37,5 Mb/son.gacha!  

Haqiqatan ham, bu yuqori tezlik bo’lib, simli internet yoki Wi-Fi internetidan qolishmaydi!

Sahifalar, fayllar, musiqa va ilovalarni qisqa vaqt ichida yuklab oling!

Qanday  ulanadi?

4G tarmog’idan foydalanish uchun so’nggi avlod SIM kartasi va Beeline 4G tarmog’ida ishlaydigan qurilma kerak bo’ladi. O’z joriy sim kartangizdan 4G SIM-kartaga almashtirish uchun Beeline ochiq ofisga murojaat qilishingiz mumkin. 

Xizmatning yoqtirilishi bepul.

Sizga qulaylik yaratish maqsadida, Kompaniya barcha foydalanuvchi 4G SIM-kartalari va yangi ulangan abonentlarga 4G tarmog’i avtomatik tarzda ulanilgan bo’ladi.

Albatta barchasini Siz Beeline ochiq ofisiga tashrif buyurib, bajarishingiz mumkin bo’ladi. Talab etiladigan hujjat, pasport kerak bo’ladi. Ofis manzilari bu yerda.    

4G tarmog’ini hududlarda rivojlantirish ishlari olib borilmoqda. Hozirgi kunda 4G tarmog’i, Toshkent, Chirchiq, G'azalkent, Angren, Bekobod, Yangibozor, Jumabozor, Guliston, Jizzax, Samarqand, Juma, Bulung'ur, Urgut, Payshanbe, Qo'qo'n, Marg'ilon, Farg'ona, Namangan, Andijon, Qarshi, Shaxrisabz, Termiz, Kitob, Koson, Muborak, Chiroqchi, Jarqo'rg'on, Angor, Buxoro, G'ijduvon, Kogon, Navoiy, Zarafshon, Karmana, Nukus, Urganch, Xiva shaharlarining abonentlari uchun mavjud.  

4G narxi qancha?

Barcha joriy internet takliflar 4G tarmog’ida mavjud.

Aktiv internet foydalanuvchilar uchun mahsus yuqori hajmda internet paketlar joriy etilgan.

4G tarmog’I yuqori tezlikdagi internet bo’lib, foydalanishda o’zingizga qulay hajmdagi internet paketni tanlasingizga taklif qilamiz.

4G tarmog’idan foydalanish uchun telefon, qanday sozlanadi?

Android

Sozlamalar → mobil tarmoqlar → tarmoq rejimi → rejimini o'rnatish LTE / WCDMA / GSM yoki 4G / 3G / 2G

Agarda 4G belgisi chiqmasa unda telefonni o’chirib yoqvorish kerak bo’ladi!

iOs

iPhone telefonida 4G aktivatsiya qilish uchun:

1. Apparatingizning dasturiy ta`minotining versiyasi 11.1 dan past bo`lmasligi kerak. Buni quyidagi usul bilan tekshirish mumkin

        

2. Agar dasturiy ta`minotining versiyasi 11.1 dan past bo`lsa, uni yangilash lozim

     

Diqqat! Dasturiy ta`minotining versiyasini yangilash Wi-Fi tarmog`i orqali amalga oshiriladi.

3. Operator sozlamalarini quyidagi usul bilan yangilash mumkin

           

4. Apparatni o`chirib qayta yoqish va «Sozlamalar»da LTE tarmog`ini tanlash lozim.

4G tarmog`idan foydalanish uchun yangi avlod SIM-kartasi bo`lishi lozim. SIM-kartangizda 4G tarmog`I mavjudligini tekshirish uchun 0611 raqamiga qo`ng`iroq qilish, saytimizda onlayn-maslahatchiga yoki Beeline ochiq ofislariga murojaat qilishingiz mumkin.

4G tarmog’i hudud bo’yicha qanday aniqlasa bo’ladi?

 Buni aniqlash uchun telefon ekraningizda yuqori qismida 4G (LTE) belgisi chiqishi kerak. O’z tumaningizda 4G tarmog’ini mavjudligini bilish uchun shu yerga kiring.

Beeline 4G tarmog’I qaysi qurilma orqali foydalanish mumkin?

Beeline tarmog’ida, 4G internet - LTE 850 (band 18 va band 5) va LTE 1800 (band 3) diapazon chastotlarda ishlaydi, va sifatli internet tezligini ta’minlaydi. Quyidagi diapazon chastotlarda telefon qurilmangiz ishlashi yuzasidan aniqlashtirishingiz lozim.

4G tarmog’ida ovozli aloqadan foydalanish mumkinmi?

4G tarmog’ida ovozli aloqa va USSD so'rovlarni amalga oshirish imkoni yoq. Lekin Siz aloqada qolasiz, sababi qo’ng’roq paytida telefon qurilmangiz 3G/2G tarmog’iga avtomatik ravishda o’tkazadi, muloqotdan so’ng,  yana 4G tarmog’iga qaytadi. Agar tarmoq sozlamalarida «Faqat 4G» ko’rsatilgan bo’lsa, abonentga kiruvchi qo’ng’iroqlarni qabul qilish imkoniyati bo’lmaydi.

4G xizmatini o’chirish uchun     *110*888#
4G xizmatini yoqish uchun   *110*889#