«Bonus 50» Bugun, ertaga va hamisha!

«Bonus 50» Bugun, ertaga va hamisha!

«Beepul» to’lov tizimi orqali har safar hisobingizni 8 420 so’m va undan ortiq miqdorda to’ldirganingizda  bonuslarga ega bo’lasiz - tarmoq ichida foydalanish uchun 50 daqiqa, O’zbekiston bo’yicha 50 SMS, hamda 50 MB trafik.

Bu bonus barcha prepaid abonentlari uchun amal qiladi.

Siz balansingizni to’ldirgan pulni barcha aloqa xizmatlariga sarflash mumkin.

Bonus daqiqalari, SMS va MB lar miqdorini *107# topshirig’ini terib tekshirish mumkin.

Siz bonusli daqiqalar SMS va MB lardan faqat faol balans chog’idagina foydalanishingiz mumkin. 7 kun o’tishi bilan sarflanmagan bonuslar nolga tenglashtiriladi.

7 kun o’tgunga qadar hisob takroran to’ldirilgan chog’da bonuslar jamlanadi.

Agar sizda bir vaqtning o’zida tekin daqiqalar, SMS yoki MV larga ega qo’shimcha xizmatlar yoki paketlar ulangan bo’lsa, unday holda dastlab boshqa xizmatlar yoki paketlar bo’yicha, so’ngra esa «Bonus 50» xizmati bo’yicha bonuslar sarflanadi. Shuningdek, yana ayrim tariflarga ham sarf «Bonus 50» xizmati bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

Bir kunda ko’pi bilan 5 martagacha bonus olish mumkin.

«Internet-paket» mavjud bo’lgan chog’da «Bonus 50» dan bonusli MB lar MB paketiga jamlanadi, jamalangan paketlar muddati esa, agar ilgari xarid qilingan internet-paket muddati tugashiga 7 kundan kam vaqt qolgan bo’lsa, bonus olingan kundan boshlab 7 kunga uzaytiriladi. Agar bonusni qo’shib yozish chog’ida ilgari xarid qilingan internet-paket muddati 7 kundan ortiq bo’lsa, unda jamlangan MB larning yashash muddati internet-paketning amal qilish muddatiga muvofiq bo’ladi.

«Beeline Club bo’yicha daqiqa yoki SMS paketlari» mavjud bo’lgan chog’da, «Bonus 50» dan bonusli daqiqalar yoki SMS lar daqiqa yoki SMS paketiga jamlanadi, jamlangan paket muddati esa, agar ilgari taqdim etilgan daqiqa yoki SMS paketi muddati tugashiga 7 kundan kam vaqt qolgan bo’lsa, bonus olingan kundan boshlab 7 kunga uzaytiriladi. Agar bonusni qo’shib yozish chog’ida ilgari taqdim etilgan daqiqa yoki SMS paketi muddati 7 kundan ortiq bo’lsa, unda jamlangan daqiqa yoki SMS larning yashash muddati daqiqa yoki SMS paketining amal qilish muddatiga muvofiq bo’ladi.

Agar «Bonus 50» dan bonuslar mavjud bo’lgan chog’da Beeline Club bo’yicha ballar SMS yoki daqiqalarga almashtirilsa, unda bonuslar jamlanadi va umri 14 kunga uzaytiriladi.

Agar «Bonus 50» dan bonuslar mavjud bo’lgan chog’da Beeline Club bo’yicha ballar internetga almashtirilsa, unda bonuslar jamlanadi va umri 7 kunga uzaytiriladi.

Agar «Bonus 50» dan bonuslar mavjud bo’lgan chog’da internet-paket xarid qilinsa, unda bonuslar jamlanadi va yashash muddati xarid qilingan internet-paketga muvofiq o’zgaradi.

 

Beepul – bu Beeline Uzbekistan mobil ilovasida – Bilaynning xususiy to’lov servisi!

Mazkur tizim telefon balansini UZCARD Online - bank kartasidan abonetning topshirig’iga ko’ra ham, shuningdek avtomatik tartibda ham vositachilik haqisiz to’ldirish imkoniyatini taqdim etadi!

Beepul orqali to’lovni amalga oshirish uchun ro’yxatdan o’tish lozim.

Ro’yxatdan o’tish uchun quyidagilar zarur:

1. Sizning UZCARD Online - bank kartangizni SMS-bildirish xizmatiga ulash. SMS-bildirish xizmatiga istalgan bankda yoki bankomatda ulanish mumkin.
2. «Beeline Uzbekistan» ilovasiga kirish zarur.

Agar sizda u o’rnatilmagan bo’lsa, unda bizning beeline.uz – saytimizdan yoki agar IOS bo’lsa *1# ni, agar Android bo’lsa *2# ni, agar Windows Phone bo’lsa *3# ni terib, javob SMS havolasi bo’yicha o’tib, tekin tortib olish mumkin

«Beeline Uzbekistan» ilovasining navigatsiyaga oid menyusida chap tarafidan «Beepul» servisini tanlang. So’ngra ro’yxatga olishning qadamba-qadam tartibiga rioya qiling. Sizning UZCARD Online – plastik kartangizning rekvizitlarini kiritishga tayyor turing.

 

Siz, shuningdek, Beepul servisini USSD *999# topshirig’i orqali ham ro’yxatdan o’tkazishingiz mumkin.

Buning uchun *999# ni terishingiz hamda raqamni va bank kartasining amal qilish muddatini kiritish chog’ida kelgusi yo’riqnomaga rioya qilishingiz zarur.

Ma’lumotlar batartib kiritilgan chog’da sizga xizmatga muvaffaqiyatli ulanganlik xususida SMS keladi. Shundan so’ng sizda Bilayn aloqa xizmatlari uchun to’lovni *999# orqali amalga oshirish imkoni paydo bo’ladi.