Работа в Beeline

Просмотрите, какие вакансии открыты в нашей Компании сегодня.

«Unitel» kompaniyasi 1996 yilda asos topgan. Kompaniyaning tijorat faoliyati 1997 yilning 25 sentyabr kuni boshlangan. 2006 yilning 12 sentyabr kunidan «Unitel» MChJ «Beeline» savdo belgisi ostida xizmat ko‘rsatib kelmoqda. 

Bugungi kunda «Beeline» O‘zbekistondagi eng yirik aloqa operatori. 2017 yilning natijalariga ko‘ra kompaniyaning abonent bazasi 10 millionga yaqin kishini tashkil etdi. 

10 yil avval, 2008 yilning 2 dekabr kuni «Unitel» kompaniyasi O’zbekistonda birinchi bo’lib 3G tarmog‘i ishga tushirilishi haqida e’lon qildi. 2014 yilning 4 sentyabr kuni «Beeline» O‘zbekistonda ilk bor 4G LTE tarmog‘ini ishga tushirdi.  Uch yil mobaynida kompaniya 4G tarmog‘ini O‘zbekistonning 20dan ziyod shaharlarida kengaytirdi. 

«Unitel» MChJ va «Buzton» QK MChJ va «Beelab» MChJ kompaniyalari «VEON» Kompaniyalar guruhi tarkibiga kiradi.

VEON Ltd. (VEON Ltd. Aksiyalari NASDAQ va  Euronext Amsterdam birjalarida ro‘yhatdan o‘tgan) bugungi kunda 235 milliondan ziyod abonentlar uchun shaxsiy internet-xizmatlarda birinchi bo'lish istagida bo‘lgan global aloqa operatoridir.

2017 yilda bizning Kompaniya O’rta Osiyoda «Korporativ madaniyat» loyihasi bilan 1 o’ringa ega bo’ldi.

Bizning vazifamiz - odamlarga muloqotdan zavq olish, vaqt va joydan qat`iy nazar erkin bo'lishga yordam berishdir.

Biz kelajak va oldimizda ochilayotgan  imkoniyatlar ilhomlantiradi. Biz har doim yangi g'oyalarni qo'llab-quvvatlaymiz. Biz ijod va tashabuskorlik muhitida ishlaymiz. Biz o'z korporativ madaniyatimiz, xodimlarning o'sishi va malakasini oshirish uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan faxrlanishimiz mumkin. Biz hamkasblarimizning kompaniyaning muvaffaqiyatiga qo'shgan hissasini yuksak qadrlaymiz va eng yaxshi xodimlarga  yuksak yutuqlar va masalalarni hal qilishdagi innovatsion yondashuvlari uchun korporativ mukofotlarni taqdim etamiz.

Agar siz maqsadga intiluvchan, shijoatli, ijodiy va proaktiv, xalqaro kompaniyalarda rivojlanish va o'sishni maqsad qilib olgan bo'lsangiz, jamoamizga qo'shiling!

Bizning Rezyume namunasini bu yerdan yuklab olishingiz mumkin.