Biz haqimizda

«Unitel» kompaniyasi 1996 yilda asos topgan. Kompaniyaning tijorat faoliyati 1997 yilning 25 sentyabr kuni boshlangan. 2006 yilning 12 sentyabr kunidan «Unitel» MChJ «Beeline» savdo belgisi ostida xizmat ko‘rsatib kelmoqda. 
 
Bugungi kunda «Beeline» O‘zbekistondagi eng yirik aloqa operatori. 2017 yilning natijalariga ko‘ra kompaniyaning abonent bazasi 10 millionga yaqin kishini tashkil etdi. 
 
10 yil avval, 2008 yilning 2 dekabr kuni «Unitel» kompaniyasi O’zbekistonda birinchi bo’lib 3G tarmog‘i ishga tushirilishi haqida e’lon qildi. 2014 yilning 4 sentyabr kuni «Beeline» O‘zbekistonda ilk bor 4G LTE tarmog‘ini ishga tushirdi.  Uch yil mobaynida kompaniya 4G tarmog‘ini O‘zbekistonning 20dan ziyod shaharlarida kengaytirdi. 
 
«Unitel» MChJ va «Buzton» QK MChJ kompaniyalari «VEON» Kompaniyalar guruhi tarkibiga kiradi.

VEON Ltd. (VEON Ltd. Aksiyalari NASDAQ va  Euronext Amsterdam birjalarida ro‘yhatdan o‘tgan va bugungi kunda 235 milliondan ziyod abonentlar uchun shaxsiy internet-xizmatlarda birinchi bo'lish istagida bo‘lgan global aloqa operatoridir.