Welcome


Sayyohlar uchun manfaatli tarif rejasi!
Ushbu tarifga ulanish imkoniyati faqat O'zbekistonga kelgan xorijiy sayyohlar uchun amal qiladi.
Qoldiqni qanday tekshirish mumkin?
Daqiqa*106#
MB paketi*103#
Telegram, WhatsApp va Viber uchun MB*109#
Xalqaro aloqa
Markaziy Osiyoga (Qozog’iston, Тojikiston, Qirg’iziston,Тurkmaniston) 2280 so'm
MDHning boshqa mamlakatlariga 3280 so'm
Yevropaga 6820 so'm
Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Singapur, Тurkiya, Malayziyaga 8840 so'm
Osiyoning boshqa mamlakatlariga 10350 so'm
Amerika va Afrikaga 7830 so'm
Avstraliyaga 11370 so'm
Bitta xalqaro SMS xabarni jo’natish 500 so'm
Sputnik aloqa
1 yo’ldosh – Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT (kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476) 25260 so'm
2 yo’ldosh – Inmarsat V, Thuraya (kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037, 87038, 88216) 37890 so'm
3 yo’ldosh – Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium (kodlar: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817) 92620 so'm
4 yo’ldosh – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD, Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M (kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069) 126300 so'm
Standart ravishda amalda bo‘lgan xizmatlar
SMS qabul qilish va yuborish batafsil...
Ma'lumotlar qabul qilish va yuborish batafsil...
Raqamni aniqlagich batafsil...
Chaqiriqni kutish batafsil...
Chaqiriqni boshqa manzilga yo'llash batafsil...
Qo'shimcha ma'lumot
Ushbu tarifga ulanish imkoniyati faqat O'zbekistonga kelgan xorijiy sayyohlar uchun mavjud. O'zbekiston Respublikasida doimiy yashashga ruxsatnomaga ega bo'lgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar uchun ushbu tarifga ulanish imkoniyati yo’q.
- Bitta xorijiy pasportga faqat uchta abonent raqamini ulash mumkin.
- Tarifga ulanganingizdan so'ng oylik abonent to'lovi yechilishi va bepul muloqot paketi taqdim etilishi to'liq holda amalga oshiriladi.
- Kiritilgan daqiqalar to'plami va MB 32 kun muddatga taqdim etiladi. To’plamni qayta ulash uchun, Kompaniyaning ofislarida operatorga murojaat etish yoki Mijozlarni qo'llab-quvvatlash markazi bilan bog'lanish kerak.
- Ushbu tarifga ega bo'lgan abonentlar, tarmoq ichidagi va boshqa uyali aloqa operatorlari raqamlaridan kiruvchi qo'ng'iroqlarini hisob hatto nol va salbiy bo’lganda ham qabul qilish mumkin.
- «Welcome» tarifida «Erkin muloqot» turkumi, «Mega hafta» va «Do It» xizmatlari amal qilmaydi.
- «Welcome» tarifida «Raqamni saqlash» xizmati ijobiy hisobga ega, lekin 7 kundan ortiq muddat davomida pullik tranzaksiyalarni amalga oshirmagan abonentlarga avtomatik ravishda ulanadi, «Raqamni saqlash» xizmatiga ulangan abonent Operatorning xizmatlaridan foydalanishda davom etishi mumkin. Pullik operatsiyalar (chiquvchi qo'ng'iroqlar, SMS, Internet va boshqa bonusli trafik) amalga oshirilganda, xizmat avtomatik ravishda o'chiriladi va xizmat uchun mablag' yechilishi to’xtatiladi.
- «Raqamni saqlash» xizmati yoqilganda, hisobda mablag’ butunlay tugatilgandan so'ng, pullik operatsiyalar amalga oshirilmaguncha xizmat avtomatik tarzda uziladi va shartnoma bir tomonlama bekor qilinadi.
Tarifdan/ga o'tish amal qilmaydi.
- Tarif faqat O'zbekiston Respublikasi hududida amal qiladi va xalqaro roumingda amal qilmaydi.
- Хalqaro aloqa qiymati hisob-kitobi xalqaro aloqa qiymati va shahar telefonlariga chiquvchi qo’ng’iroq qiymatini umumlashtirish yo’li bilan aniqlanadi
- Sputnik aloqa xarajatlarni hisoblashda, shahar raqamlariga chiquvchi qo'ng'iroqlar narxini o'z ichiga olmaydi.
- Mahalliy manzilga yuborilgan chaqiriqlar deb uy mintaqasidagi shahar yoki boshqa mobil operatorlar raqamlari (jumladan, uy mintaqasidagi tarmoq ichidagi raqamlar)ga qayta yo‘llangan chaqiriqlar tushuniladi. Boshqa manzilga qayta yo‘llangan chaqiriqni qabul qiluvchi abonent suhbat uchun tarif rejasidan kelib chiqib, dastlabki chaqiriq unga boshqa raqam orqali emas, bevosita chiqqandek haq to‘laydi.
- Internet paket xarid qilinganda / yoki tarif reja o`zgartirilganda, internet sessiyalarning noto`g`ri tariflanishining oldini olish uchun, amal qilayotgan internet sessiyangizni, yakunlashingiz va yangisini boshlashingiz lozim. Xizmatlar sessiya davomida jo‘natilgan/qabul qilingan ma’lumotlar hajmi bo‘yicha tariflanadi. Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 KB aniqlikda yaxlitlanadi.
- «Elektron» hisobda mablag’lar to’liq sarflanib bo’lganda Operator Abonentga aloqa xizmatlarini cheklash, jumladan tugallanmagan suhbatini uzish va uni bloklangan holatga o’tkazish huquqiga ega. Bunda, Abonent ham tarmoq abonentlaridan, ham boshqa mobil operatorlari abonentlaridan qo’ng’iroqlar va SMS qabul qilish, shuningdek 0611 raqamiga ma’lumot xizmatiga qo’ng’iroq qilish imkoniyatiga ega.
- Aloqa telekommunikatsiya kanallarini eng optimal usulda ishlatish, shuningdek, Abonentning manfaatlarini ularning qurilmalaridan beruxsat foydalanishidan himoyalash maqsadida, Kompaniya ovozli xizmatlar uchun bir ulanishning davomiyligini 40 daqiqa etib belgilaydi.
- Kompaniya boshqa mobil operatorlarning aniqlanmagan raqamidan va noto’g’ri prefiksdan kelgan kiruvchi qo’ng’iroqlar tariflanishining to’g’riligi yuzasidan javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi. Tariflash shahar raqamlari va boshqa mobil operatorlarining raqamlarini xalqaro formatda terishda to’g’ri bo’ladi (+99893, +99894xxx-xxxx Ucell; +99897xxx-xxxx Mobiuz; +99899xxx-xxxx UzMobile GSM; +99895xxx-xxxx UzMobile CDMA; +99898xxx-xxxx Perfectum Mobile).
- Narxlar QQS bilan ko’rsatilgan.