Ilovada oching Beeline Uzbekistan Ochish

Welcome

Tarif tafsilotlari
O'zbekiston bo'yicha daqiqalar *
1 000 daq/oy
Internet
10 000 MB/oy
O'zbekiston bo'yicha SMS *
1 000 SMS/oy
Ushbu tarifga ulanish imkoniyati faqat O'zbekistonga kelgan xorijiy sayyohlar uchun mavjud. O'zbekiston Respublikasida doimiy yashashga ruxsatnomaga ega bo'lgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar uchun ushbu tarifga ulanish imkoniyati yo’q.
Tarif
Welcome
50 000 s'om/oy
Tarif shartlari

Daqiqa *106#
MB paketi *103#
SMS *105#
Oylik abonent to’lovining yechilish sanasini aniqlash *202#

Kiruvchi qo’ng’iroqlar 0 so’m/daq.
O’zbekiston bo’yicha qo’ng’iroqlar 100 so’m/daq.
O’zbekiston bo’yicha SMS 100 so’m/SMS
Internet 100 so’m/MB

Markaziy Osiyoga (Qozog’iston, Тojikiston, Qirg’iziston,Тurkmaniston) 2280 so’m

MDHning boshqa mamlakatlariga 3280 so’m

Yevropaga 6820 so’m

Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Singapur, Тurkiya, Malayziyaga 8840 so’m

Osiyoning boshqa mamlakatlariga 10350 so’m

Amerika va Afrikaga 7830 so’m

Avstraliyaga 11370 so’m

Bitta xalqaro SMS xabarni jo’natish 500 so’m

1 yo’ldosh – Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT (kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476) 25260 so’m

2 yo’ldosh – Inmarsat V, Thuraya (kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037, 87038, 88216) 37890 so’m

3 yo’ldosh – Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium (kodlar: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817) 92620 so’m

4 yo’ldosh – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD, Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M (kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069) 126300 so’m

* Tarif reja bo’yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanish pullik bo’ladi va mablag’ asosiy balansingizdan tarif rejada belgilangan narxda yechiladi.

–  Ulanish uchun hisobdagi minimal mablag’ miqdori- 50 250 so’m.
– Bitta xorijiy pasportga faqat uchta abonent raqamini ulash mumkin.
– Tarifga ulanish kunidan qat’iy nazar oylik abonent to’lovi yechilishi va bepul muloqot paketi taqdim etilishi to’liq holda amalga oshiriladi.
– Tarifga yangi ulanganda bepul muloqot paketining amal qilish muddati va keyingi oylik abonent to’lovining yechilishi muddati 1 oyni tashkil etadi. Navbatdagi oylik abonent to’lovi yechilishi 1 oylik vaqt oralig’ida (oyning birinchi sanasiga bog’liq bo’lmagan holda) amalga oshiriladi. Oylik abonent to’lovi yechilishi va oylik bepul muloqot paketi taqdim etilishi imkoniyati SIM karta faollashtirilgan kundan boshlab 90 kun mavjud.
– 90 kun o’tganidan so’ng oylik abonent to’lovi yechilmaydi va oylik bepul muloqot paketi taqdim etilmaydi. Shunda aloqa xizmatlaridan foydalanish tarifda belgilangan standart narxlarga asosan amalga oshiriladi.
– Bepul muloqot paketi taqdim etilishini qayta ishga tushirish uchun Kompaniyaning ofislariga murojaat qilish yoki Mijozlarni qo’llab-quvvatlash markaziga bog’lanish kerak.
– Ushbu tarifda bo’lgan abonentlar o’z hisobida puli qolmaganda ham tarmoq ichida va boshqa mobil aloqa operatorlari raqamlaridan kiruvchi qo’ng’iroqlarni qabul qilish mumkin.
– «Welcome» tarifida «Erkin muloqot» turkumidagi, «Mega hafta» va «Do It» xizmatlari amal qilmaydi.
– «Welcome» tarifida «Raqamni saqlash» xizmati ijobiy hisobga ega, lekin 14 kundan ortiq muddat davomida pullik tranzaksiyalarni amalga oshirmagan abonentlarga avtomatik ravishda ulanadi, «Raqamni saqlash» xizmatiga ulangan abonent Operatorning xizmatlaridan foydalanishda davom etishi mumkin. Pullik operatsiyalar (chiquvchi qo’ng’iroqlar, SMS, Internet va boshqa bonusli trafik) amalga oshirilganidan so’ng, xizmat avtomatik ravishda o’chadi va xizmat uchun mablag’ yechilishi to’xtatiladi.
– «Raqamni saqlash» xizmati yoqilganda, hisobda mablag’ butunlay tugatilgandan so’ng, pullik operatsiyalar amalga oshirilmaguncha xizmat avtomatik tarzda uziladi va shartnoma bir tomonlama bekor qilinadi.
– Raqam ma’muriy blok holatiga tushirilganda blok holati uchun 421 so’m kunlik abonent to’lovi yechiladi. Va shunda tarif bo’yicha abonent to’lovi yechilmaydi. Raqam blok holatidan chiqarilganidan so’ng, tarif rejaning oylik abonent to’lovi yechiladi va bepul muloqot paketi taqdim etiladi. Agar raqam blok holatidan chiqarilgan vaqtda hisobda oylik abonent to’lovi yechilishiga yetarli mablag’ bo’lmasa, oylik abonent to’lovi bir marotaba qarzga yechiladi. Hisob abonent to’lovini to’lash uchun yetmagan mablag’ miqdorida qarzga kiradi va oylik bepul muloqot paketi taqdim etiladi. Shunda avvalgi oydan qolgan sarflanmagan trafik kuyadi. Keyingi oylik abonent to’lovi yechilishi sanasi oxirgi abonent to’lovi yechilgan kundan boshlab 1 oy muddatga suriladi. SIM karta faollashtirilganiga 90 kundan oshmagan vaqtda raqam ma’muriy blok holatidan chiqarilgan bo’lsa unda oylik abonent to’lovi yechilishi va bepul muloqot paketi taqdim etilishi muddati blok holatidan chiqarilgan kundan boshlab yana 90 kunga uzaytiriladi.
– Tarifdan boshqa tarifga ketish yoki boshqa tarifdan o’tish imkoniyati mavjud emas.
– Tarif faqat O’zbekiston Respublikasi hududida amal qiladi va xalqaro roumingda amal qilmaydi.
– Хalqaro aloqa qo’ng’iroqlarining narxi xalqaro aloqa uchun belgilangan narx va shahar telefonlariga chiquvchi qo’ng’iroq narxining umumiy qiymati bo’yicha hisoblanadi
– Sputnik aloqa xizmatlari narxi shahar raqamlariga chiquvchi qo’ng’iroqlar narxini o’z ichiga olmaydi.
– Boshqa raqamga yo’naltirish xizmatini faollashtirgan abonent ushbu xizmatdan foydalanish haqqini tarifda belgilangan narxda to’laydi.
– Mahalliy boshqa raqamga yo’naltirilgan qo’ng’iroqlar deb O’zbekistondagi shahar yoki mobil operatorlar raqamlariga yo’naltirilgan qo’ng’iroqlar (jumladan, tarmoq ichidagi raqamlarga ham) tushuniladi. Boshqa raqamga yo’naltirilgan qo’ng’iroqni qabul qiluvchi abonent uchun ushbu qo’ng’iroq to’lovi uning tarif rejasida kiruvchi qo’ng’iroqlar uchun belgilangan shartlarga asosan bo’ladi.
– Internet paket xarid qilinganda / yoki tarif reja o`zgartirilganda, internet sessiyalarning noto`g`ri tariflanishini oldini olish uchun amal qilayotgan internet sessiyangizni yakunlashingiz va yangisini boshlashingiz lozim. Xizmatlar sessiya davomida jo‘natilgan/qabul qilingan ma’lumotlar hajmi bo‘yicha tariflanadi. Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 KB aniqlikda yaxlitlanadi.
– «Elektron» hisobda mablag’lar to’liq sarflanib bo’lganda Operator Abonentga aloqa xizmatlarini cheklash, jumladan tugallanmagan suhbatini uzish va uni bloklangan holatga o’tkazish huquqiga ega. Bunda, Abonent tarmoq ichidagi abonentlardan ham, boshqa mobil operatorlar abonentlaridan ham qo’ng’iroqlar va SMS qabul qilish, shuningdek 0611 raqami orqali ma’lumot xizmatiga qo’ng’iroq qilish imkoniyatiga ega.
– Aloqa telekommunikatsiya kanallarini eng optimal usulda ishlatish, shuningdek, Abonentning manfaatlarini, uning qurilmalaridan beruxsat foydalanishdan himoyalash maqsadida, Kompaniya ovozli xizmatlar uchun bir ulanishning davomiyligini 60 daqiqa etib belgilaydi.
– Kompaniya boshqa mobil aloqa operatorlarining aniqlanmagan raqamidan va noto’g’ri prefix bilan bo’lgan kiruvchi qo’ng’iroqlarning to’g’ri aniqlanishiga javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi.
– Barcha narxlar QQS bilan ko’rsatilgan.