Qidiruv so'zini kiriting
Ommabop so'rovlar
Foydali havolalar
Erkin muloqot
Tarif rejaga ulanish va o’tish yopilgan.
«Perezagruzka» xizmatini yoqtirish orqali siz tarif rejangiz bo’yicha taqdim etiladigan daqiqa, SMS va MB paketlarini muddatidan avval olishingiz mumkin.
«Perezagruzka» xizmatining narxi har bir so’rov uchun – 2000 so’m.
Xizmatni ulash uchun hisobda tarifga ulanish summasining minimal miqdori va «Perezagruzka» xizmatning narxi – 2000 so’m bo’lishi kerak.
«Perezagruzka» xizmati ulanganda hisobdan xizmat narxi – 2000 so’m va tarif reja bo’yicha abonent to’lovi yechiladi. So’ng tarifga kiritilgan daqiqa, MB va SMS paketlarining miqdori to’liq hajmda beriladi.
«Perezagruzka» xizmati yoqilganidan so’ng, tarif bo’yicha avval taqdim etilgan MB, daqiqalar va SMS paketlarning qoldig’i kuyadi.
Yangi taqdim etilgan trafikning amal qilish muddati va abonent to’lovi yechilishining navbatdagi sanasi abonent to’lovining oxirgi yechilishi sanasidan boshlab 15 kun muddat qilib belgilanadi.
Xizmatga ulanish kodi : *5#
Barcha kirish qo‘ng‘iroqlari, daq. 0 so’m
Tarmoq ichida chiqish qo‘ng‘iroqlari, daq. 95 so’m
Boshqa yo’nalishga chiqish qo’ng’iroqlari, daq. 125 so’m
O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMS 85 so’m
Internet, 1 MB 420 so’m
Qozog’iston, Tojikiston, Qirg’iziston, Turkmaniston 2275 so’m
Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Moldova, Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon 3275 so’m
Yevropa va Boltiq bo’yi davlatlari (Litva, Latviya, Estoniya) 6775 so’m
Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Singapur, Turkiya, Malayziya 8775 so’m
Boshqa Osiyo mamlakatlari 10275 so’m
Amerika va Afrika 7775 so’m
Avstraliya 11275 so’m
SMS-xabarni yuborish 500 so’m
Sputnik 1 – Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT (kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476) 25200 so’m
Sputnik 2 – Inmarsat В, Thuraya (kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037, 87038, 88216) 37800 so’m
Sputnik 3 – Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium (kodlar: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817) 92600 so’m
Sputnik 4 – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD, Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M (kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069) 126300 so’m
Tarif rejaga o’tish yopilgan. Ushbu tarifdan «OSON 10», «Kunlik» tariflariga o’tish – 2 000 so’m; «Hammasi ZO’R 1» tarifiga o’tish – 10 000 so’m; boshqa tariflarga o’tish – 0 so’m.
* Qo’shimcha xizmatlar bo’yicha taqdim etilgan daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanish pullik bo’ladi va mablag’ asosiy balansingizdan tarif rejada belgilangan narxda yechiladi.
Shuni ma’lum qilamizki, internet-trafik, tariflar uchun daqiqalar va SMS-xabarlar, shuningdek boshqa qo’shimcha xizmatlar qoldig’i haqida ma’lumot berish 06:00 dan 00:00 gacha qabul qilinadi.
– To`lovning yechilishi va trafikning taqdim etilishi, ulanish sanasidan qat’iy nazar to`liq hajmda amal qiladi.
– Abonent to`lovi yechilishi uchun hisobingizda mablag` yetarlicha bo`lmasa, yakka tartibda salbiy tarafga abonent to`lovi yechiladi va daqiqa, SMS, MB taqdim etiladi. Hisobingizning salbiy holatida abonent to`lovi yechilmaydi va trafik taqdim etilmaydi.
– Tarif reja doirasida taqdim etilgan daqiqa, SMS va MB paketlar, faqat abonent raqamining faol holatida amal qiladi.
– Telefon raqamining ma’muriy bloklanishi holatida abonent to`lovi yechilmaydi. Blokdan chiqarilgandan so`ng 15 kunlik abonent to`lovi to`liq yechiladi va trafik taqdim etiladi. Bu holda keyingi abonent to`lovining yechilish sanasi blokdan chiqish kunidan boshlab 15 kunga suriladi.
– Ijtimoiy tarmoqlar, IMO va messenjer uchun mo`ljallangan megabaytlar ma`lum IP manzillar to`plami (ushbu xizmatlarning ilovalarini o’ziga oladi) doirasida sarflanadi. Ijtimoiy tarmoq egalari tomonidan IP manzillar o`zgartirilgan holda, hamda Ijtimoiy tarmoqlar, IMO va messenjerga (bunga smartfon operatsion tizimi tomonidan ilovalar ishlatilganda sarf qilingan trafik kiradi) kirmagan trafik sarflanganda u asosiy internet paketi hisobiga yoki tarif rejangizga binoan sarflanadi.
– Ijtimoiy tarmoqlar, IMO, va messenjer uchun taqdim etiladigan megabaytlar, proksi serverlari orqali ishlaydigan ilovalardan (shu qatorda VPN ham) foydalanilganda sarflanmaydi.
– Ushbu tarifda «Erkin muloqot», «Mega hafta» va «Do It» xizmatlari amal qilmaydi.
– Tarif reja bo’yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanish pullik bo’ladi va mablag’ asosiy balansingizdan tarif rejada belgilangan narxda yechiladi.
– Хalqaro aloqa qiymati hisob-kitobi xalqaro aloqa qiymati va shahar telefonlariga chiquvchi qo’ng’iroq qiymatini umumlashtirish yo’li bilan aniqlanadi
– Sputnik aloqa xarajatlarni hisoblashda, shahar raqamlariga chiquvchi qo’ng’iroqlar narxini o’z ichiga olmaydi.
– Mahalliy manzilga yo’naltirilgan chaqiriqlar deb uy mintaqasidagi shahar yoki boshqa mobil operatorlar raqamlari (jumladan, uy mintaqasidagi tarmoq ichidagi raqamlar)ga qayta yo‘llangan chaqiriqlar tushuniladi. Boshqa manzilga qayta yo‘llangan chaqiriqni qabul qiluvchi abonent suhbat uchun tarif rejasidan kelib chiqib, dastlabki chaqiriq unga boshqa raqam orqali emas, bevosita chiqqandek haq to‘laydi.
– Internet paket xarid qilinganda yoki tarif reja o`zgartirilganda, internet sessiyalarning noto`g`ri tariflanishining oldini olish uchun, amal qilayotgan internet sessiyangizni, yakunlashingiz va yangisini boshlashingiz lozim. Xizmatlar sessiya davomida jo‘natilgan/qabul qilingan ma’lumotlar hajmi bo‘yicha tariflanadi. Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 KB aniqlikda yaxlitlanadi.
– «Elektron» hisobda mablag’lar to’liq sarflanib bo’lganda Operator Abonentga aloqa xizmatlarini cheklash, jumladan tugallanmagan suhbatini uzish va uni bloklangan holatga o’tkazish huquqiga ega. Bunda, Abonent ham tarmoq abonentlaridan, ham boshqa mobil operatorlari abonentlaridan qo’ng’iroqlar va SMS qabul qilish, shuningdek 0611 raqamiga ma’lumot xizmatiga qo’ng’iroq qilish imkoniyatiga ega.
– Bloklangan holatdan chiqish uchun (ya’ni pullik tranzaksiyalar – qo’ng’iroqlar, SMS yuborish, Internetdan foydalanish va b.) «elektron» hisobni ijobiy ko’rsatkichgacha to’ldirish kifoya. Agar ketma-ket 90 kun ichida Abonent «elektron» hisobidagi mablag’ nol yoki noldan past bo’lsa, Operator uchun bu abonentning aloqa xizmatlaridan foydalanishdan voz kechganligini anglatadi.
– Aloqa telekommunikatsiya kanallarini eng optimal usulda ishlatish, shuningdek, Abonentning manfaatlarini ularning qurilmalaridan beruxsat foydalanishidan himoyalash maqsadida, Kompaniya ovozli xizmatlar uchun bir ulanishning davomiyligini 60 daqiqa etib belgilaydi.
– Kompaniya boshqa mobil operatorlarning aniqlanmagan raqamidan va noto’g’ri prefiksdan kelgan kiruvchi qo’ng’iroqlar tariflanishining to’g’riligi yuzasidan javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi. Tariflash shahar raqamlari va boshqa mobil operatorlarining raqamlarini xalqaro formatda terishda to’g’ri bo’ladi (+99893, +99894xxx-xxxx Ucell; +99897xxx-xxxx Mobiuz; +99899xxx-xxxx UzMobile GSM; +99895xxx-xxxx UzMobile CDMA; +99898xxx-xxxx Perfectum Mobile).
– Tarif reja o`zgartirilganida unga kiruvchi trafik (daqiqa/MB/SMS) kuyib ketadi. Xarid qilingan internet va SMS paketlari bo`yicha trafik saqlanadi.
– Narxlar QQS bilan ko’rsatilgan.